So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

Bundesliganing yosh “yulduzchalari“ Yangiliklar

Bundesliganing yosh “yulduzchalari“

Mana Germaniya bundesligasining 12 turi ham ortda qoldi.
SHu kunga qadar jamoalar tarkibida bir qator yosh futbolchilar o'zlarini ko'rsatishga ulgurishdi. 
Bundesligada porlay boshlagan yosh “yulduzchalar“ ichida allaqachon top-klublar “nishoni” da turgan istedodlar ham yo'q emas. Ular bilan tanishish siz uchun ham qiziq bo'ladi deb o'ylaymiz. Zero, yaqin vaqtlar ichida bu yosh iqtidorlar ichidan bir qanchasi jahon miqiyosidagi futbolchilarga aylanishlari ehtimol.

Aleksandru Maksim “SHtuttgart”
Aleksandru so'nggi paytlarda “SHtuttgart“ ning asosiy hujum quroliga aylanib bormoqda. Jamoasining hujumlarini tashkil etish va uni gol bilan yakunlash borasida Ruminyalik pleymeykerning natijalari turdan-turga yaxshilanib bormoqda. CHempionat boshlangandan buyon 23 yoshli futbolchi 4 bora raqiblar darvozasini ishg'ol etishga va 6 ta to'pga assistentlik qilishga ulgurdi. Assistentlik qilish bo'yicha u bundesligada etakchilikni qo'lga olgan. Ayniqsa, standart vaziyatlardan foydalanish borasida Aleksandru Maksim bundesligadagi eng xavfli futbolchilardan biriga aylanib borayotgani ham diqqatga sazovordir. U tepgan etti burchak to'pidan beshtasi gol bilan yakunlangani ham Ruminiyalik yosh istedod soxibining iqtidoridan darak berib turibdi.

Andre Haan “Augsburg“

23 yoshli Andre Haan “Augsburg“ tarkibiga kelib qo'shilganiga hali uncha ko'p vaqt bo'lgani yo'q. Ammo u o'tgan yanvardan buyon bundesliga doirasida o'tkazilgan 29 o'yindan 28 tasida maydonga tushishga ulgurdi. Jamoasi safiga tezda qo'shilib keta olgan ushbu futbolchi asosiy tarkibdan muqim joy egalladi deb aytishimiz mumkin. Bu mavsumda ham Andrening ishlari chakki emas. O'tgan 12 turning 11 tasida to'liq 90 daqiqa harakat qilgan futbolchi faqatgina “Borussiya” Dortmundaga qarshi kechgan uchrashuvda o'yin yakunlanishiga etti daqiqa qolganida alishtirildi. “Maync” bilan bo'lgan bahsda dubl qayd etgan Haan jami to'rtta to'p kirirtgan holda “Augsburg” ning to'purari bo'lib turibdi. Jamoasining o'ng qanot quroliga aylanib borayotgan yosh futbolchining ustunlik taraflaridan biri – bu uning tezligidir. Balki shu boisdan u bu mavsumda bundesligadagi maydonda eng ko'p masofa bosib o'tgan o'yinchidir. Andre 12 turga kelib 149,3 km masofani yugurib o'tishga ulgurgan.

Maksimilian Arnold “Volfsburg“
Arnold haqida juda ko'p va ho'p gapirish mumkin. Yosh bo'lsada jamoasining yuragi hisoblangan Diegoga raqobatni vujudga keltira olgan Maks ko'plab muxlislar qalbidan joy olishga ulgurdi. U „Volfsburg“ tarkibida bundesligada debyut qilgan eng yosh o'yinchi sanaladi. 2011 yilning 26 noyabrida ilk bora professional futbolchi sifatida maydonga chiqqan Maksimilian Arnold o'shnada endigina o'n etti yoshni qarshi olgandi.
U yarim himoyaning hamma poziciyalarida birday harakatlanadi va hujumkorlikni yoqtiradi. 2013 yilning 13 aprelida bo'lib o'tgan “Volfsburg” - “Xoffenxaym” bahsida to'p kiritgan Arnold ikkita rekord natijani qayd etdi. 18 yoshu 321 kunlik payti gol urishni uddasidan chiqqan xabvek “Volfsburg” tarkibida to'p kiritgan eng yosh futbolchi nomiga ham sazovor bo'ldi. Etiborga sazovor jixati shundaki, Maksning kiritgan o'sha goli – “Volfsburg” ning bundesliga doirsidagi yubiley 800-goliga aylandi.
Maks allaqachon top klublar etiborini o'ziga jalb etishga ulgurdi. Ammo “bo'rilar” Arnoldni haliberi sotish niyatida emaslar. Jamoasining kelajagi deb baholanayotgan futbolchi o'ziga bildirlayotgan ishonchni oqlay olarmikan?! Buni vaqt ko'rsatadi…

Pier-Mishel Lazogga “Gamburg“
Lazogga “Gamburg“ tarkibiga shunchalik tez qo'shilib keta oldi-ki, birin-ketin gollar ura boshladi. Uning ko'rsatayotgan o'yinidan jamoadoshlari ham ilxomlanishmoqda va bu “Gamburg“ ning o'yiniga ijobiy tasir ko'rsatmoqda. Gamburgliklar o'yinida yana rang-baranglik kuzatila boshlandi. Bunda esa jamoa to'purari bo'lib turgan yosh iqtidor - Pier-Mishel Lazogganing xizmati beqiyos. Etti bor asosiy tarkibdan joy olgan Pier sakkizta to'p kiritgan holda jamoasining to'purari bo'lib turibdi. 8 turda “Nyurnberg“ darvozasiga sakkiz daqiqa ichida uchta to'p kiritib, Lazogga bundesliganing eng tez amalga oshirilgan to'rtinchi xettrik sohibiga aylandi. Qolaversa, “Gamburg“ tarkibida Ivica Olichdan so'ng xettrik muallifiga aylangan ilk futbolchi ham endi Lazoggadir.

bundesliga.de saytidan Zoxirjon Akramxonov tarjimasi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика