Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi va mavsum kashfiyoti bo'lgan futbolchilar nomi elon qilindi
04 iyu 2019 23:35
Yangiliklar


Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi va mavsum kashfiyoti bo'lgan futbolchilar nomi elon qilindi
Germaniya chempionatida harakat qiluvchi futbolchilar o'rtasida mavsumning eng yaxshilari uchun ovoz berish jarayoni o'tkazildi.
Unga ko'ra, «Borussiya D» forvardi Marko Roys mavsumning eng yaxshi futbolchisi (31,4 foiz ovoz bilan) sifatida etirof etildi. U «arilar» safida 27ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol urgandi.
Mavsum kashfiyoti esa 19 yoshli Jeydon Sancho (51 %) bo'ldi. Sancho borussiyaliklar tarkibida 34 bahsda qatnashib, raqiblar darvozasini 12 bora ishg'ol etgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar