bundesliga.de: "Bavariya" Boateng bilan yangi shartnoma imzoladi
11 dek 2013 18:56
Yangiliklar


bundesliga.de: "Bavariya" Boateng bilan yangi shartnoma imzoladi
Olingan so'nggi malumotlarga qaraganda, “Bavariya” Jerom Boateng bilan shartnomani uzaytirdi. “Gollivud FK” rahbariyati jamoa uchun foyda keltirayotgan futbolchi bilan hamkorlikni davom ettirishga qaror qildi.
“Jerom jamoamizga kelganidan so'ng katta o'sishga
erishdi. Hozirda u
eng muhim o'yinchilarimizdan biriga aylangan. SHu boisdan ham u bilan shartnomani uzaytirishga harakat qilayotgan
edik. SHukurki, bugun Jeromning roziligini olishga erishdik. Bundan juda ham xursandmiz.” - deya futbolchi bilan hamkorlikni davom ettirilishidan xursand ekanini
bildirdi jamoa raisi Karl Xaync Rumyeninge.
SHartnomaning uzaytirilganidan Boatengning o'zi ham juda xursand: “Bavariya” uchun o'ynash men uchun sharaf. “Bavariya” bilan ko'plab unvonlarni qo'lga kiritish niyatidaman.” - dedi futbolchining o'zi.
Eslatib o'tamiz, Jerom Boatengning yangi shartnomasi 2018 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Fikrlar