Bundesligada mavsumning eng yomon o'yinchisi aniqlandi

Alisher
20 iyul 2020, 18:50
Futbolchilarning o'zlari chempionatda eng yomon o'ynagan futbolchilarga ovoz berishdi.

Bundesligada mavsum yakunlariga ko'ra ananaviy ovoz berish o'tkazildi. Futbolchilar anonim tarzda nafaqat eng yaxshi futbolchiga, balki eng yomonlariga ham ovoz berishdi.

Eng yaxshi futbolchilar: Levandovski, Sancho va Kimmix. Katta yetakchilik bilan Mario Gyotce eng yomon o'yinchi deb topildi. "Borussiya" (Dortmund) yarim himoyachisi uchun 30% futbolchi ovoz berdi.

Uchlikdan shuningdek "Shalke" darvozaboni Aleksandr Nyubel va "Gerta" hujumchisi Salomon Kalu o'rin egalladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: football24.ru