Bundesligada finish: "Bavariya" yoki "Borussiya"?
18 may 2019 13:25
Yangiliklar


Bundesligada finish: "Bavariya" yoki "Borussiya"?
Ha, avvaldan taxmin qilishni xush ko'radigan va "Bavariya"ni mavsum boshlanmasidanoq bahorga kelib chempion bo'lishiga ishonadiganlar bu safar ham oxirgi tur o'yinlarini kutishga majbur bo'lishdi.
O'tgan yilgi mavsumda ham Bundesligada chempion nomi oxirgi tur oldidan rasman hal etilgandi. Joriy mavsum esa finish oldidan bir savol aktualligicha turibdi: "Bavariya" yoki "Borussiya"?
Mazkur chempionlik poygasida dastlab "Bavariya" chaqqonlik qildi va startni muvaffaqiyatli olgandi. So'ngra Niko Kovach jamoasining ishlari orqaga ketdi va "Bavariya" qishga qadar o'z o'rnini to'liqligicha "Borussiya"ga bo'shatib qo'ydi. Lyusen Favr boshqaruvidagi "Borussiya" o'zaro to'qnashuvning ilk qismida "Bavariya"ni taslim etib, turnir jadvali karvonboshiga aylanib olishgandi. O'rtada "Bavariya" "Borussiya"dan 10 ochkoga qadar ilgarilab ketgan vaqt bo'ldi. So'ngra "Bavariya" birinchi davra yakunlanishi oldidan vaziyatni biroz o'ngladi. Qishdagi tanaffusdan keyin esa o'rtadagi farq yana yo'qqa chiqarildi.
Bahorda esa malum vaqt "Borussiya" "Bavariya"ni quvishga va bazan turnir jadvalida ulardan o'zib ketishga muvaffaq bo'lishdi. Butun mavsum davomida turnir jadvalida quvlashmachoq o'ynagan bu ikki jamoaning aprel oyidagi o'zaro to'qnashuvining ikkinchi qismida barcha masala butkul hal etilgandek tuyuldi. Sababi, "Bavariya" "Borussiya" darvozasiga javobsiz 5ta gol yo'llagach, barcha chempionlik poygasi poyoniga etganini takidladi. Ammo Niko Kovach boshchiligidagi "Bavariya" turnir jadvalidagi peshqadamlik o'rniga qaytgan bo'lsada, barqaror o'yin ko'rsatmadi va ora-orada ochko yo'qotishi natijasida ortidan kelayotgan "Borussiya"ni doim o'zidan o'tkazib yuborish xavfini yo'qotmadi. Dortmund jamoasi ham beqaror o'yini va natijalari orqali qoqilib turgan "Bavariya"dan allaqachon o'tib ketish imkoniyatini qo'ldan chiqardi. Biroq bugungi so'nggi tur oldidan ikkinchi o'rinda borayotgan "Borussiya"da chempionlik imkoniyati mavjud.
Bundesligada so'nggi tur nafaqat chempionlik intrigasi etibori bilan, balki Germaniyaga ECHL yo'llanmasini beradigan to'rtinchi o'rindagi o'zaro kurash bilan ham barchaning diqqat-etibori markazida bo'lib turibdi.
CHempionlik uchun quvlashmachoq o'ynayotgan "Bavariya" va "Borussiya" Dortmund bugun ECHL yo'llanmasi uchun kurashayotgan "Ayntraxt" va "Borussiya" Myonxengladbax bilan o'zaro jiqqa musht bo'ladi. Dahshatli o'yinlar, chempionlik taqdiri va ECHLning to'rtinchi yo'llanmasi kurashi.
APLda bo'lgani kabi Germaniya chempionatida ham chempion nomi so'nggi turgacha ochiq qoldi. Biroq Angliya premer ligasida oxirgi turda mo'jiza ruy bermadi. Germaniyadagi finish esa dramatik tarzda yakunlanishi mumkin. Buning uchun chempionlikka taraddud ko'rayotgan "Bavariya" ECHL yo'llanmasi uchun kurashayotgan "Ayntraxt"ga yutqazishi va "Borussiya" Dortmund Myonxengladbaxda ECHL yo'llanmasiga ega chiqishni juda istayotgan adashini taslim etishi talab etiladi.
CHempionlik poygasi ishtirokchilari ECHL ishqida yonayotgan jamoalar qarshisida. Bundesligadagi finish dramatik tarzda yakunlanadimi yoki yo'q, buni sal kechroq bilib olamiz.
Bayern Munich Kingsley Coman - 4', David Alaba - 53', Renato Sanches - 58', Franck Ribery - 72', Arjen Robben - 78' |
1. Bundesliga . 34-tur 18/05/2019, 19:30 1
:
5
Tugadi
|
Eintracht Frankfurt Sebastien Haller - 50' |
Stadion: Allianz Arena, 75000 tomoshabin
Bosh hakam: Sascha Stegemann
Borussia Moenchengladbach |
1. Bundesliga . 34-tur 18/05/2019, 19:30 2
:
0
Tugadi
|
Borussia Dortmund Jadon Sancho - 45', Marco Reus - 54' |
Stadion: Borussia-Park, 54022 tomoshabin
Bosh hakam: Manuel Graefe
Agarda "Bavariya" g'alaba qozongudek bo'lsa, unda myunxenliklar ketma-ket 7 yil chempionlik shohsupasiga ko'tarilishadi hamda o'z tarixida 29 bor Bundesliga "lagani"ni ko'tarishadi. Agarda Myunxenda "Ayntraxt" muvaffaqiyat qozonib, "Borussiya" Dortmund Myonxengladbaxda g'alabani tantana qilsa, unda "Borussiya" "Bavariya"ning 6 yillik gegemonligiga chek qo'yib, o'z tarixidagi 9-chempionlikni nishonlaydi.
Bundesligada finishi oldidagi intrigalar:
CHempionlik kurashi: ("Bavariya" va "Borussiya" Dortmund)
ECHL yo'llanmasi: ("Borussiya" Myonxengladbax, "Bayer", "Ayntraxt" va "Volfsburg")
Evropa ligasi yo'llanmasi: "Xoffenxaym" va "Verder"
Evropa chempionlar ligasiga to'g'ridan-to'g'ri to'rtinchi yo'llanmani beruvchi 4-o'rin uchun kurash ayni qizg'in pallada. So'nggi tur oldidan mazkur yo'llanmaga bir vaqtning o'zida to'rtta jamoada imkoniyat mavjud. Eng yaxshi imkoniyat albatta "Borussiya" Myonxengladbax qo'lida. Agarda jamoa chempionlik uchun nazariy taraflama imkoniyatini saqlab qolgan "Borussiya" ustidan g'alaba qozonishsa, unda katta ehtimol kelasi mavsumni ECHLda o'tkazish huquqini beruvchi chiptaga egalik qilishadi. CHunki ayni paytda bir xil ochkoga ega "Bayer" bilan to'plar nisbati tafovutida ikkita golga oldinda borishmoqda.
Leverkuzenliklar agarda Myonxengladbax muvaffaqiyat qozonadigan bo'lsa, unda ular kamida "Borussiya" qayd etadigan hisobdan ko'ra yirikroq g'alaba qozonishlari talab etiladi. SHuningdek, "Ayntraxt" "Borussiya" va "Bayer"ning ochko yo'qotishidan manfaatdor. CHunki Myunxendagi g'alaba va ikki raqobatchisining ochko yo'qotishi natijasida ular kelasi mavsumni ECHLda o'tkazishlari mumkin. Mazkur jamoalardan tashqari 7-o'rinda borayotgan "Volfsburg"da ham ECHL yo'llanmasiga ega chiqish imkoniyati mavjud. Agarda ECHLga kurashayotgan mazkur uchala jamoa mag'lubiyatga uchraydigan bo'lsa va "Volfsburg" bugun "Augsburg"ni mag'lub etsa, unda "bo'rilar" ECHLda o'ynash huquqini qo'lga kiritishadi.
ECHL yo'llanmasiga nazariy taraflama imkoniyatini saqlab turgan "Volfsburg" Evropa ligasi yo'llanmasidan ham quruq qolish xavfida. Agarda "bo'rilar" bugun muvaffaqiyat qozonishmasa, unda Evropa ligasi yo'llanmasini "Xoffenxaym" yoki "Verder" ilib ketishi mumkin.
Hertha Berlin Valentino Lazaro - 34' |
1. Bundesliga . 34-tur 18/05/2019, 19:30 5
:
1
Tugadi
|
Bayer Leverkusen Kai Havertz - 28', Lucas Alario - 38', Julian Brandt - 54', Lucas Alario - 72', Lucas Alario - 88' |
Stadion: Olympiastadion, 59287 tomoshabin
Bosh hakam: Marco Fritz
Wolfsburg Wout Weghorst - 21', Wout Weghorst - 37', Robin Knoche - 41', Wout Weghorst - 55', Daniel Ginczek - 57', Elvis Rexhbecaj - 60', Josip Brekalo - 85', Kevin Danso - 89' |
1. Bundesliga . 34-tur 18/05/2019, 19:30 1
:
8
Tugadi
|
Augsburg Julian Schieber - 81' |
Stadion: Volkswagen Arena, 24486 tomoshabin
Bosh hakam: Felix Zwayer
Mainz 05 Daniel Brosinski - 66', Jean-Paul Boetius - 83', Jean-Paul Boetius - 90', Jean-Philippe Mateta - 90' |
1. Bundesliga . 34-tur 18/05/2019, 19:30 2
:
4
Tugadi
|
Hoffenheim Ishak Belfodil - 12', Andrej Kramaric - 34' |
Stadion: Opel Arena, 28305 tomoshabin
Bosh hakam: Deniz Aytekin
Bundesliganing quyidagi holat esa allaqachon hal etilgan. "Nyurnberg" va "Gannover" elitadagi o'rinlarini saqlab qolishmadi. "SHtutgart" esa 16-o'rinni rasmiylashtirib ulgurgan va Niko Villig jamoasi pley-offdagi o'tish o'yinida Ikkinchi Bundesligada uchinchi bo'lgan "Berlin Ittifoqi"ga qarshi maydonga tushib, Bundesligada qolish masalasini hal etishga urinib ko'rishadi.
Bundesligada mavsum yakuni oldidan shunday intrigalar mavjud va bugun ko'plab savollarga javob beriladigan kun. Germaniyadagi finish katta sensaciya va dramaga aylanib ketish ehtimoli mavjud. O'tkazib yubormang!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar