Bundesliga: Yangi turda yangi rekordlar qayd etilarmikan...
21 noy 2013 09:41
Yangiliklar

Bundesliga: Yangi turda yangi rekordlar qayd etilarmikan...
Germaniya bundesligasining navbatdagi turida bir qator rekordlar yangilanishi mumkin.
“Bavariya” mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirish imkoniga ega. Bernd Leno esa yuzinchi o'yinni o'tkazishi kutilmoqda. SHu sababdan sizni bazi bir qiziqarli malumotlar bilan tanishtirib o'tmoqchimiz.
Yangi turga yangi rekord bilan
“SHtuttgart” so'nngi besh uchrashuvning barchasida o'yinning dastlabki choragini 1:0 hisobida yakunlab, “Bayer” ning 2002 yildagi natijasini takrorlay oldi. Ammo bunday seriyani oltita o'yinga etkazish hozirga qaadar hech bir jamoaga inasib etgan emas...
“Bavavriya” – engilmas?!
“Bavariya” ning 37 o'yindan buën mag'lubiyatga uchramay kelaëtganidan xabaringiz bor. Agar myunxenliklar navbatdagi turda “Borussiya” Dortmundni mag'lub etishni ëki yuutqazmaslikni uddalashsa ular o'z rekordlarini yanada yaxshilab olish imkoniga ega bo'ladilar.
“Bavariya” “Borussiya”ni qachon yutadi?!
Olti o'yindan beri myunxen super-klubi “Borussiya” Dortmundni dog'da qoldirolmay kelmoqda. SHu paytgacha “Bavariya” uzoq vaqt davomida mag'lub etolmagan jamoa Bremenning “Verder” klubi sanalardi. “Mashshoqlar” 1988-1993 yillarda “Bavariya” ga qarshi o'yinlarda 12 ta bahsni mag'lubiyatsiz tugatishgan. Bu natijani dortmundnliklar yaqin orada yangilash imkoniga egalar. Faqat ular buning uchun navbatdagi turda yutqazmasliklari lozim.
Engilmas ispan
Pep Gvardiola bo'lsa bundesliga doirasida dastlabki o'n ikki o'yinni mag'lubiyatsiz o'tkazgan Karl – Xanc Feldkampdan keyingi ikkinchi murabbiyga aylandi. Pepning jamoasi 12 ta bahsda 32 ochko yig'gan. Bu esa – yangi rekorddir.
Oltintop turk futbolchilari ichida eng zo'ri!
“Augsburg” o'yinchisi Halil Oltintop bundesligadagi 249 o'yin arafasida turibdi. Agar u 13 turda ham maydonga chiqsa Yildiray Bashturkning natijasini takrorlash imkoniga ega bo'ladi. Turk futbolchilari orasidagi eng yaxshi to'purar ham Oltintop sanaladi. Uning hisobida hozirgacha 49 ta gol mavjud.
Yangi yubilyar

Leverkuzenning “Bayer” klubi darvozaboni Bernd Leno nemis bundesligasida naqd 99 ta o'yin o'tkazdi. Navbatdagi uchrashuv Leno uchun yubiley 100 o'yin bo'ladi. Ushbu kiperning yuzlik dovonidan yaxshi o'tib olishiga tilakdoshmiz.
Zoxirjon Akramxonov tayërladi
Fikrlar