Bundesliga peshqadami "Barselona" tarbiyalanuvchisi bilan shartnoma imzoladi
23 jan 2020 01:15
Yangiliklar


Bundesliga peshqadami "Barselona" tarbiyalanuvchisi bilan shartnoma imzoladi
Germaniya chempionatida karvonboshilik qilayotgan "Leypcig" klubi 21 yoshli darvozabon Xosep Martines bilan shartnoma imzoladi.
Martines "Leypcig" safiga yozda kelib qo'shiladi. Tomonlar orasidagi hamkorlik 4 yilga mo'ljallangan.
Malumot uchun, "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadigan Martines bugungi kunda "Las-Palmas" darvozasini qo'riqlamoqda. Mazkur klub safida 55 o'yinda maydonga tushgan golkiper o'z darvozasidan 52 marotaba to'p olib chiqqan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar