Bundesliga: Nihoyat 13-tur ham keldi yoxud "Borussiya D" - "Bavariya"
23 noy 2013 18:42
Yangiliklar

Bundesliga: Nihoyat 13-tur ham keldi yoxud "Borussiya D" - "Bavariya"
Futbol muxlislarining etiborini yana Germaniya bundesligasiga qaratamiz.
Hafta yakuniga kelib bundesligada navbatdagi 13-tur o'yinlari o'tkazilmoqda. Kecha turning dastlabki uchrashuvida “SHtuttgart” va “Borussiya” Myonxengladbax jamoalari to'qnash kelishdi. Ushbu bahs kutilmaganda mexmonlarning 2-0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Bugun va ertaga turning qolgan o'yinlari o'tkaziladi. Bugungi kun dasturidan o'rin olgan bahslarga qisqacha to'xtalib o'tishni lozim topdik.
“Ayntraxt” Frankfurt - “SHalke 04” (19:30)
“Ayntraxt” Frankfurt . Bugun birinchi bo'lib start beriladigan uchrashuvda kim favorit sanalayotganiga to'xtalib o'tish shart emasdek, nazarimizda… “SHalke” Frankfurtda o'tkazilgan o'zaro uchrashuvlarning so'nggi o'n beshtasida faqat ikki bora mag'lubiyat alamini totib ko'rishga majbur bo'lgan, xolos. Aynan shu sababdan “Ayntraxt” futbolchilari bu o'yinga o'zgacha ruxda tayyorgarlik ko'rdilar. Frankfurtliklar ustozi Armin Veyning takidlashicha, agar “Ayntraxt” uchrashuvda birinchi bo'lib hisobni ochishni uddalasa g'alaba uchun harakat qilish mumkin bo'lar ekan. “Men uchun statistikaning hech qanday ahamiyati yo'q. Zero barchasi maydonda namoyish etiladigan o'yinga bog'liq. “SHalke” – yaxshi shakllangan jamoa. Ammo biz ham uchrashuvda g'alaba uchun maydonga chiqamiz”, - deb aytib o'tdi Vey. Frankfurtliklarga umid bag'ishlayotgan yana bir jihat shuki, Pirmin SHvegler va Mark SHtendera kabi etakchilar jarohatdan qutulib maydonga chiqishga shay holatdalar.
“SHalke 04”. 20 ochko to'plagan holda turnir jadvalida oltinchi pog'onada borayotgan “SHalke” da esa ishlar bir muncha joyida. Gelzenkirxenliklar o'tgan turda “Verder” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng ajoib kayfiyatdalar. Qolaversa “ko'klar” ning bir necha safdan chiqqan o'yinchilari jarohatdan keyingi tiklanish jarayonini o'tashni boshlab yubordilar. Bular Leon Gorecka, Adam Salayi va Maks Mayerlardir. “SHalke” ustozi Yens Keller uchrashuvda faqat g'alaba qozonish haqida o'ylayotganini yashirmayapti. “Bizni nimalar kutayotganini juda yaxshi tushunib turibmiz. SHu boisdan Frankfurtga optimal formada bo'lgan futbolchilar bilan boramiz va albatta, g'alaba qozonamiz.”, - dedi Keller.
“SA” taxmini: “Ayntraxt” Frankfurt 40%-60% “SHalke 04”
Ko'ramiz, qaysi jamoaga omad kulib boqar ekan… Frankfurtliklar orziqib kutilgan g'alabani qo'lga kirita olisharmikan yoki hardoimgidek “SHalke” uch ochko bilan ortga qaytarmikan?!
“Gerta “ - “Bayer” Leverkuzen (19:30)
“Gerta “. “Gerta” muxlislari jamoaning so'nggi turlardagi muvaffaqiyatlari yana davom etishiga ishonishmoqda. 7 pog'onani band etib turgan berlinliklar o'tgan turda “Xoffenxaym” ni mag'lub etgandilar. Ishtaxa tanovul payti keladi deganlaridek, kimsan “Bayer” ga qarshi kechadigan uchrashuvda ham g'olib bo'lishni maqsad qilgan Yo's Luhukay shogirdlari bu bahsga ancha jiddiy tayyorgarlik olib bordilar. Qolaversa “Gerta” tarkibida jarohatlanganlar yo'q. SHu jihatlarni inobatga olgan holda, uch ochko uchun harakat qilish mumkin deb hisoblamoqdalar berlinlik futbolchilar.
“Bayer” Leverkuzen . “Dorishunoslar” ning oxirgi marta Berlinda g'alaba qozonganlariga ham mana olti yil bo'libdi. Bu esa “Bayer” dek jamoa uchun ancha jiddiy masaladir. “Berlinliklar mavsumni yaxshi o'tkazishmoqda. Ularga qarshi o'tadigan o'yin oson kechmaydi. Ammo biz oson taslim bo'ladiganlardan emasmiz. Terma jamoa safida o'yin o'tkazgan futbolchilarning safizmizga qaytganlari ham bizga ancha naf beradi deb umid qilaman.”, - dedi Sami Xyupiya. Xyupia shogirdlaridan Lars Bender va Omar Toprak terma jamoalari tarkibida ancha qiyin o'yinlarni o'tkazgan bo'lishsa-da, bugun bo'lib o'tadigan bahsda “Bayer” ga yordam berishga shay ekanliklarini takidlab o'tishdi.
“SA” taxmini: “Gerta “45%-55% “Bayer” Leverkuzen
Bu bahsda kim favorit ekanini aytish biroz mushkul masala. Sababi “Gerta” bu mavsumda ancha barqaror o'yin namoyish etmoqda va raqiblariga katta qiyinchilik tug'dirmoqda. Lekin “Bayer” har bir uchrashuvda uch ochko uchun maydonga tushushini hisobga olsak, bu uchrashuv ancha qizg'in o'tishiga ishonish mumkin.
“Ayntraxt” Brauenshvayg - “Frayburg”(19:30)
“Ayntraxt” Brauenshvayg . Brauenshvayg shahri sharafini himoya qiluvchi “Ayntraxt” jamoasi azolarining “Frayburg” ga qarshi kechadigan uy uchrashuvidan umidlari katta. Boisi ochko yig'ish borasida katta qiyinchilikka duch kelayotgan “Ayntraxt” xuddi o'ziga o'xshash holatda bo'lgan “Faryburg” ga qarshi o'yinda muhim ochkolarni qo'lga kirita olmasa, mavsum yakuniga ancha vaqt bo'lsa-da, bundesligadan chiqib ketishga asosiy davogarlardan biriga aylanib qoladi. “Agar shu bahsda ham ochko yig'a olmasak, ahvolimiz ancha mushkullashadi.”, - dedi tashvishli ohangda Torsten Liberknext. Uning shogirdlari ko'rsatayotgan o'yindan muhlislar ham unchalik shod emaslar. SHu sabab “Ayntraxt” ning g'alaba uchun harakat qilishdan boshqa ilojisi yo'q. Biroq jamoaning Karim Bellarabidek etakchi o'yinchisi maydonga tushishi so'roq ostida turibdi.
“Frayburg”. Bu jamoaning holiga ham havas qilib bo'lmaydi. 12 uchrashuvda bor-yo'g'i 8 ochko yig'a olgan frayburgliklarni jarohatlar epidemiyasi “taqib” etmoqda. Bir yo'la bir necha etakchi futbolchilar jarohatlari bois jamoasiga yordam bera olishmayapti. Yulian SHuster, Jonatan SHmid, Mensur Muyidza va Marko Terreacino kabi futbolchilar bugun ham jamoasi safida maydonga tusha olmaydilar. “Faoliyatim mobaynida bunday holatga hech ham duch kelmagandim. Eng asosiy futbolchilar kerakli paytda jamoaga yordam bera olishmaydi. Afsus…”, - deydi “Frayburg” ustozi Kristian SHtrayx.
“SA” taxmini: “Ayntraxt” Brauenshvayg 50%-50% “Frayburg”
Ikki autsayder o'rtasidagi bahs ko'pchilikda qiziqish uyg'otayotgani yo'q. Ammo bu jamoalarga ochko suv va havodek zarur ekanligini hisobga olsak, ancha murosasiz uchrashuv bizni kutib turibdi.
“Nyurnberg” - “Volfsburg” (19:30)
“Nyurnberg”. Bundesligada birorta ham o'yinda g'alaba qozona olmagan yagona klub – “Nyurnberg” dir. Jamoaning buqadar muvaffaqiyatsiz mavsum o'tkazayotgani tufayli jamoa murabbiylar shtabi noroziliklar “yomg'iri” ostida qolgan. “Bo'rilar” jamoasi ancha yaxshi shakllangan. To'p bilan ajoib tarzda harakat qilishadi. SHu bois biz asosan, pressing uyushtirishga urinamiz.”, - deb takidladi jamoa bosh murabbiyi Gertyan Verbek. Bu uchrashuv Yaponiyalik futbolchi Makoto Xasebe uchun ahamiyatli. Xasebe o'zining sobiq jamoasiga qarshi o'ynaydi. “Volfsburg”da mening ko'plab do'stlarim qolgan va ularga qarshi o'ynash men uchun juda ham qiziq bo'ladi.”, - dedi qitadoshimiz.
“Volfsburg”. “Bo'rilar” da muammolar borligi ko'zga tashlanayotgani yo'q. Ular oxirgi to'rt uchrashuvni o'z foydalariga hal etdilar va Nyurnbergga ham o'zlariga ishongan holda tashrif buyurishmoqda. Jamoaning yangi ustozi Dieter Hekking uchun ham bu bahs ancha ahamiyatli. Boisi Hekking “Volfsburg” ni qabul qilib olishidan avval bir muddat “Nyurnberg” ga ustozlik qilgan. “Avvalgidek turnir jadvali pastidan yuqoriga emas, balki yuqoridan pastdagi jamoalarga nazar solish – juda ham ajoib taassurot qoldirmoqda.”, - deb hozirgi jamoasida baxtli ekanini bildirdi Hekking. “Bo'rilar” ga bugungi uchrashuvda Ku Ja CHeol va Kristian Tresh kabi futbolchilar yordam bera olishmaydi.
“SA” taxmini: “Nyurnberg” 40%-60% “Volfsburg”
“Nyurnberg” – “Volfsburg” bahsi qiziq o'tishi kutilmoqda. Sobiq jamoasiga qarshi o'ynaydigan Xasebe, eski jamoasining o'yiniga baho bermoqchi bo'lgan Hekkingning bahs davomidagi reakciyalari qanday kechishi ko'pchilik uchun qiziqarli bo'lsa kerak. Biz esa sizga bahsni tomosha qilishni maslahat beramiz.
“Borussiya” Dortmund - “Bavariya” (22:30)
“Borussiya” Dortmund . “Sariq-qoralar” jamoasi bugun nima bo'lmasin g'alaba qozonishi shart. Yo'qsa myunxenliklar ancha ilgarilab ketish imkoniga ega bo'ladilar. SHu bois Klopp shogirdlari bugungi bahsga qattiq tayyorgarlik ko'rdilar. “Borussiya” “Bavariya” ni yutishi mumkin bo'lgan yagona jamoadir.“, - deya takidlab o'tdi futbol faxriysi Lotar Matteus. Haqiqatdan ham shundaymi? Bunga ishonish mumkindir, ammo Subotich va Xummels kabi etakchilarning yo'qligi dortmundliklarga pand berishi mumkin.
“Bavariya”. Myunxen super-klubi esa navbatdagi uch ochko ishqida “yonmoqda”. Ular navbatdagi g'alaba chempionlik yo'lida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lishini juda yaxshi tushunib turibdilar. “Subotich, Xummels, SHmelcer kabi futbolchilarning maydonga tusha olmasliklariga juda achinaman. Ammo bu futbol. Biz hech qanday qo'rquvsiz harakat qilishimiz lozim, yo'qsa “Borussiya” uch ochkoni ilib ketadi.”, - deb o'z fikrlarini bildirib o'tdi Pep Gvardiola. Bugungi bahsda Mario Gyocening sobiq jamoasiga qarshi qanday harakat qilishi muhlislarning qiziqishlariga sabab bo'lmoqda. Ko'ramiz, Mario Dortmundda niamalarni namoyish etar ekan…
“SA” tahmini: “Borussiya” Dortmund 45%-55% “Bavariya”
SHubxasiz, turning markaziy uchrashuvi Dortmundda bo'lib o'tadi. Bu safargi “nemis klassiko”sida kim g'olib chiqadi degan savolga yaqin bir necha soat davomida javob olish imkoniga egamiz. Xo'sh, bu safar kimning qo'li baland kelar ekan?! Kutamiz…
Natijalar bilan esa keyinroq tanishtirib o'tamiz.
Zoxirjon Akramxonov tayyorladi

Fikrlar