Bundesliga karvoni bugun yo'lga chiqadi

Aslanov Jasurbek
26 avg 2016, 17:12
Bugun Germaniya Bundesligasiga start beriladi va ilk turda “Bavariya” o'z uyida “Verder”ni qabul qiladi.

Germaniya Bundesligasiga 1963 yil 24 avgust kuni asos solingan. Ushbu chempionatda 18 ta jamoa ishtirok etishidan xabaringiz bor. 1963/1964 yilgi mavsumda chempionatda 16 ta jamoa ishtirok etgan bo'lib jami uchrashuvlar 240 tani tashkil etgan. Ilk chempionatda 45 ochko bilan “Kyoln” klubi chempionlikni tantana qilgan. Ikkinchi pog'onani 39 ochko bilan “Duysburg” jamoasi qo'lga kiritgan. To'purarlik bahsida “Gamburg” klubi futbolchisi Zeeler raqiblar darvozasini 30 marotaba ishg'ol qilgan va “oltin butsa”ni qo'lga kiritgan. O'shanda stadionga muxlislar tashrifi o'rtacha 27 610 nafarni tashkil qilgan. Hozirgacha Bundesligada 53 ta mavsum yakunlangan.



Bundesligada sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritgan jamoalar
Shu kungacha “Bavariya” 26 bor chempionlikni tantana qilgan bo'lsa 10 marotaba vice-chempion maqomiga ega bo'lgan. Nyurnberg jamoasi 9, Dortmundning “Borussiya” klubi 8, “Shalke-04” 7, “Gamburg” 6, “Shtutgard” va Borussiya (Myonxengladbax) 5 tadan, “Verder” va “Kayzerslautern” 4 marotaba, “Keln”, “Leyptsig” va “Groyter Fyurt” 3 marotaba, “Gerta”, “Viktoriya 1889”, “Gannover 96”, “Drezdner” 2 marotabadan,  “Karlsrue”, “Myunxen 1860”, “Karlsrue”, “Ayntraxt” (Frankfurt), “Volfsburg”, “Blau-Vayss”, “Frayburger”, “Xolshtayn”, “Fortuna Dyusseldorf”, ”Mangeym”, “Rot-Vayss-Essen” va “Ayntraxt” (Braunshveyg) jamoalari 1 marotabadan Bundesliga bosh sovrinini qo'lga kiritishgan.




Bundesliga to'purarlari
1.  365 - Gerd Myuller (Bavariya, 1964-1979)
2.  268 - Klaus Fisher (Myunxen 1860, Shalke 04, Kyoln, Boxum, 1968-1988)
3.  220 - Yupp Xaynkes (Gannover 96, Borussiya (Myonxengladbax), 1965-1978)
4.  213 - Manfred Burgsmyuller (Rot-Vayss (Oberxauzen), Yurdingen 05, Borussiya (Dortmund), Verder, 1969-1990)
5.  185 - Klaudio Pisarro (Verder, Bavariya, 1999)
6.  181 - Ulf Kirsten (Bayer 04, 1990-2003)
7.  179 - Shtefan Kunc (Boxum, Yurdingen 05, Kayzerslautern, Arminiya (Bilefeld), 1983-1996)
8.  177 - Diter Myuller (Kikkers (Offenbax), Kyoln, Shtutgart, Saarbryukken, 1973-1986)
9.  177 - Klaus Allofs (Fortuna (Dyusseldorf), Kyoln, 1975-1993)
10.  166 - Yoxannes Lyor (Kyoln, 1964-1977), Shtefan Kissling (Nyurnberg, Bayer 04, 2002)




JamoaStadionSig'imi
AugsburgWWK ARENA30.660
BayerBayArena30.210
BavariyaAlyans Arena75.000
Borussiya DSignal Iduna Park81.359
Borussiya MShtadion im Borussiya Park54.010
DarmshtatdMerk-Shtadion Bollenfaltor17.000
AyntraxtKommersbank Arena51.500
FrayburgShvarcvald Shtadion24.000
GamburgVolksparkshtadion57.000
GertaOlimpiashtadion74.475
XoffenxaymVirsol Reyn-Nekkar-Arena30.150
IngolshtatdAudi Sportpark15.000
KyolnReyn Energi Shtadion
50.374
LeycpigRed Bull Arena42.959
MayncOpel Arena34.000
Shalke-04Veltins-Arena62.271
VerderVezershtadion42.100
VolfsburgVolksvagen Arena30.000



1-tur

26 avgust

23:30. “Bavariya” – “Verder”

27 avgust

18:30. "Ayntraxt" - "Shalke-04"

18:30. "Augsburg" - "Volfsburg"

18:30. "Gamburg" - "Ingolshatd"

18:30. "Kyoln" - "Darmshtatd"

18:30. "Borussiya" D - "Maync"

21:30. "Borussiya" M - "Bayer"

28 avgust

18:30. "Gerta" - "Frayburg"

20:30. "Xoffenxaym" - "Leycpig"

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia