So’nggi yangiliklar

17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  0 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  1 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  11 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1

Bundesliga: "Gerta" "Bavariya" bilan bog'liq 9 yillik noxush ananaga chek qo'yadimi? (prevyu) Yangiliklar

Bundesliga: "Gerta" "Bavariya" bilan bog'liq 9 yillik noxush ananaga chek qo'yadimi? (prevyu)

Bundesligada navbatdagi turni bugungi "Gerta" hamda "Bavariya" o'rtasidagi bahs ochib beradi.

Mavsumni ajoyib start bilan boshlagan va o'tgan turda ochko yo'qotgan jamoalar bahsi - "Gerta" - "Bavariya".

Hertha Berlin

Vedad Ibisevic - 23', Ondrej Duda - 44'

1. Bundesliga . 6-tur

29/09/2018, 00:30

0
:
2
Tugadi

Bayern Munich

Stadion: Olympiastadion, 74669 tomoshabin

Bosh hakam: Marco Fritz

45'
90'
23'  Vedad Ibisevic
40'  Vedad Ibisevic
44'  Ondrej Duda
44'  Valentino Lazaro
53'  Vedad Ibisevic (Davie Selke)
71'  Salomon Kalou (Matthew Leckie)
90'  Javairo Dilrosun
90'  Javairo Dilrosun (Dennis Jastrzembski)
90'  Ondrej Duda
48'  Joshua Kimmich
52'  Arjen Robben (Thomas Mueller)
63'  Renato Sanches (Serge Gnabry)
72'  James Rodriguez (Sandro Wagner)

Turnir jadvali etakchilarining o'zaro to'qnashuvida jamoalar o'tgan natija tasodif bo'lganini isbotlash uchun ham o'zgacha yondoshuvda maydonga chiqishadi. Bu ikkala jamoaga taqvimning juda zich va tig'izligi biroz tasir ko'rsatdi.

Ammo "Gerta"ning "Verder"dan uchragan mag'lubiyati, "Bavariya"ning o'z uyida ochko yo'qotgani ularning turnir jadvalidagi holatiga jiddiy tasir ko'rsatgani yo'q.

"Gerta"ni bezovta qilayotgan jihat shuki, jamoa darvozasiga ketma-ket 5 o'yindan buyon penalti qo'yishmoqda. Bugungi bahsda Pol Dardai himoyachilaridan o'z jarima maydonchalari ichida ancha etiborliroq, ehtiyotkor va tartibli o'ynashni talab qilishi aniq. "Gerta" o'tgan o'yinda asosiy darvozaboni Rune Yarstenni yo'qotdi. Endilikda jamoa darvozasini sobiq "bavariyachi" Tomas Kraft egallaydi.

Niko Kovach esa tarkib borasida ortiqcha muammolardan holi. To'g'ri, jamoa lazareti bo'sh emas. Ammo "Bavariya"da jarohatlangan futbolchilar Koman, Rafinya, Tolisso va Goreckani o'rnini bosadigan ijrochilar etarlicha topiladi. SHu boisdan ham kadrlar muammochi Kovachni ko'p ham bezovta qilmaydi.

Kovachni bezovta qilayotgan jihat shuki, jamoa ketma-ket g'alabali seriyalarni durang tufayli buzib qo'ydi. Bugungi poytaxtda o'tadigan bahs orqali Kovach "Bavariya"ning o'tgan turdagi muvaffaqiyatsizligi shunchaki tasodifligini isbotlash. Mavsumni yaxshi boshlagan va ayni paytda jahldor kayfiyatda bo'lgan "Gerta" mehmoni bo'lish esa nisbatan ancha xavfli.

Qiziq tarafi, "Bavariya"ning "Gerta" bilan o'tkazgan oxirgi to'rt uchrashuvida myunxenliklarni 4 xil murabbiy boshlab tushgan: Anchelotti, Sanol va Xaynkes. O'tgan uchala bahs xar hil hisobdagi duranglar bilan yakun topgan. Endi esa jamoa rulida Niko Kovach. Xorvatiyalik mutaxassis duranglar seriyasini g'alabaga o'zgartira oladimi, degan savol hozirda kun tartibida turibdi.

Qayd etish kerakki, "Bavariya" 2009 yildan buyon "Gerta"ga yutqazmay kelmoqda. Pol Dardai ko'p yillardan buyon davom etayotgan noxush ananaga chek qo'ya oladimi


O'zaro o'yinlar tarixi:

Ushbu jamoalar Bundesliga doirasida jami 66 marotaba to'qnash kelishgan. "Bavariya" hisobida 38 g'alaba mavjud, "Gerta" esa 9 bor g'alabani tantana qilgan. Jamoalar 19 marta durang natijasini qayd etishgan. To'plar nisbati: 152-71.


Turning qolgan o'yinlari ertaga va yakshanba kunlari bo'lib o'tadi.


"Gerta" futbolchisi - Ondrey Duda 4ta gol bilan Bundesliga to'purari bo'lib turibdi


"Bavariya" forvardi Robert Levandovski to'purarlar poygasida Ondrey Dudani quvish bilan band. Leva hisobida 3ta gol mavjud

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика