So’nggi yangiliklar

20:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  0 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  6 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  3 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  18 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   14 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  4 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2

Bundesliga. Dramatik kechgan o'yinda "Bavariya" irodali g'alabaga erishdi Yangiliklar

Bundesliga. Dramatik kechgan o'yinda "Bavariya" irodali g'alabaga erishdi

Germaniya chempionatining 17-turidan o'rin olgan ilk uchrashuv bo'lib o'tdi.


Frayburgda kechgan bellashuvning dastlabki daqiqalari kutilmaganda Kristian SHtrayx shogirdlarining tezkor va tajovuzkor hujumlari bilan boshlandi. Buning samarasi o'laroq uchrashuvning 4-daqiqasida Xaberer Noyer qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol etdi.

Birinchi bo'limning dastlabki qismida "Frayburg" to'liq ustunlikka erishdi va "Bavariya" darvozasi oldida bir qator xavfli vaziyatlarni yaratdi. "Bavariya" esa asosan birinchi bo'limning ikkinchi qismida o'z o'yinini ko'rsatdi.

O'yinning 35-daqiqasida Robert Levandovski burchak zarbasidan so'ng chiroyli tarzda darvozani aniq nishonga oldi va muvozanatni tikladi

Jamoalar tanaffusga 1:1 hisobi bilan yo'l olishdi.

Ikkinchi taymni ham mezbonlar faollik bilan boshlashdi. Ammo ular tomonidan tashkil etilgan hujumlarni "Bavariya" himoyachilari va darvozabon Noyer bartaraf etishni uddasidan chiqdi. Uchrashuv ancha qiziqarli va keskin kurashlarga boy tarzda kechdi.

Bahs yakunlanishiga tobora oz vaqt qolayotgan bo'lsada, g'olib jamoa nomi aniqlanmay turgandi. Uchrashuvning oxirgi daqiqalarida har ikkala jamoa vakillarida ham gol urish uchun imkoniyat va vaziyatlar yuzaga keldi. "Frayburg" asosan himoyaga etibor qaratgan holda, o'z omadini qarshi hujumda izlashga urindi.

Hakam tomonidan uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi. Qo'shib berilgan 2-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Frank Riberi jamoasi hujumini maydon markazidan boshladi va bir qator himoyachilarni ortda qoldirib, to'pni jarima maydonchasi ichida turgan Robert Levandovski tomonga oshirdi. Polshalik mahoratli hujumchi to'pni gavdasi bilan qabul qilishda qanday o'ynash kerakligini ko'rsatdi va to'pni juda ajoyib tarzda o'ziga bo'ysundirgan holda nozik did bilan yo'llagan zarbasi orqali o'yin taqdirini hal etgan gol muallifiga aylandi.

Ajoyib, shiddatkor va tomoshabop kechgan bellashuvda "Bavariya" irodali g'alabani qo'lga kiritdi va turnir jadvalida peshqadamlikni mustahkamlab oldi.

Robert Levandovski esa yilning ilk o'yinida dubl qayd etdi va jamoasiga muhim g'alabani sovg'a qildi.


Bundesliga, 17-tur. Turnir jadvali

Frayburg – Bavariya 1:2 (1:1, 0:1)

SHvarcvald-SHtadion

Gollar
: 1:0 – 4 Xaberer, 1:1 – 35 Levandovski, 1:2 – 90 Levandovski.

Frayburg
– SHvolov, Torrexon, Gyunter, SHtencel (Kyubler, 83), Gulde, Frantc, Xefler, Xaberer (Bulut, 80), Filipp, Grifo, Niderlexner (Petersen, 70).

Bavariya
– Noyer, Martines, Xummels, Alaba (Bernat, 71), Robben, Lam, Vidal (Kimmix, 55), Xabi Alonso, Duglas Kosta (Riberi, 71), Myuller, Levandovski.

Ogohlantirishlar
: Xabi Alonso (31), Duglas Kosta (48), Xaberer (74), SHvolov (84).

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi
: Robert Levandovski 9,1*  (Darvoza tomon zarba: 4, aniq zarba: 2, To'p uzatmalari: 33, aniq uzatma: 27)

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика