Bundesliga, 3-tur prevyusi
12 sen 2014 17:21
Yangiliklar
Leverkuzenning "Bayer" jamoasi o'z maydonida Bremenning "Verder" klubi bilan kuch sinashadi. Ayni paytda turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab turgan Roger SHmidt shogirdlari o'zlarining muvaffaqiyatli yurishlarini davom ettirishlari uchun Robin Dutt boshchiligidagi "qo'shin" ustidan g'alaba qozonishlari talab etiladi.
"Bayer" ushbu mavsumni ko'tarinki ruhda boshladi. Mavsum starti oldidan Roger SHmidt shogirdlarini ikkinchi turdan so'ng 100 foizlik natija qayd etib turishlariga hech kim ishonmasdi. Sababi, taqvim "aspirinliklar" uchun u qadar oson tushmagandi. Dastlabki turda Dortmundda "Borussiya"ni taslim etgan "Bayer" ushbu mavsumda o'z oldiga yuksak maqsadlar qo'yganini hammaga eslatib qo'ydi.
Ularning asosiy raqiblari "Borussiya D" va "Bavariya" jamoalari hozirga kelib ochko yo'qotishga ulgurishgan. Bu narsa ham "Bayer" klubini yanada dadilroq o'ynashlariga to'rtki bo'lishi mumkin.
Bu turda jamoa "Verder" to'sig'idan eson-omon o'tib olishlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Mavsum oldidan o'z tarkibiga o'tgan yilda "Gamburg" safida shov-shuv ko'targan Hakan CHalxanogluni qo'shib oldi. Bu futbolchi bilan birgalikda Karim Bellarabi ushbu mavsumda "Bayer"ning etakchi futbolchilari bo'lishi kutilmoqda va dastlabki turlarda aynan shu ikki futbolchilar "Bayer"ning g'alabalariga o'zlarining salmoqli hissalarini qo'shishga muvaffaq bo'lishdi.
"Verder" esa bugungi bahsda ochko yo'qotmaslik uchun maydonga tushishi aniq. Bremenliklar bundan oldingi turlarda faqat durang o'ynashdi va hozircha g'alaba nimaligini bilmay kelishmoqda. SHuningdek, ular hali mag'lubiyatga ham uchrashmagan. "Verder" kamiga aynan shu ananani saqlab qolish maqsadida ham Leverkuzendan ochko bilan qaytishni rejalashtirgan bo'lishlari tabiiy.
Bugungi o'yin keskin kurashlarga boy bo'lishi aniq. Bu jamoalar o'rtasidagi bahs har doim qiziqarli va gollarga boy bo'lgan. O'yin favoriti albatta mezbonlar hisoblanishadi. Hozircha mag'lubiyatga uchramagan jamoalar to'qnashuvida kim g'olib bo'lishini taxmin qilish qiyin.
Ertaga bundesliganing yana oltita o'yini bo'lib o'tadi.
Germaniyaning amaldagi chempioni "Bavariya" jamoasi "Alyanc-Arena"da "SHtutgart" bilan bahslashadi. Marko Royssiz qolgan "Borussiya D" "Frayburg"ni sinovdan o'tkazadi. Firmino etakchilidagi "Xoffenxaym" "bo'rilar" laqabi ostidagi "Volfsburg" bilan bellashadi.
Berlinning "Gerta" klubi bu turda yaponiyalik "snayper" Okazaki to'p suradigan "Maync" bilan to'qnash keladi.
O'tgan mavsumni bundesliga-2da o'tkazgan ikkala debyutant "Paderborn" va "Kyoln" jamoalari ushbu turda o'zaro kuch sinashishadi. Myonxengladbaxning "Borussiya"si esa o'tgan turda Gvardiola shogirdlaridan ochkolarni tortib olgan "SHalke"ga qarshilik qilishadi.
Yakshanba kuni esa bundesliganing uchinchi turidan o'rin olgan so'nggi ikkita uchrashuv o'tkaziladi.
Frankfurtning "Ayntraxt" klubi o'z maydonida "Augsburg"ni qabul qilsa, "Gannover" - "Gamburg" uchrashuvi bilan turga yakun yasaladi.
Myunxenning "Bavariya" jamoasi ushbu turda o'tgan uchrashuvdagi kamchiliklar o'rnini qoplash maqsadida, chempionlar ligasidagi "Manchester Siti"ga qarshi bahsga ham jiddiy tayyorlanib oladi. Bu o'yinda myunxenliklar tarkibida Aren Robbenning ko'rinish berishi hozircha nomalum. O'tgan turda "SHalke"ga qarshi bahsni jarohati sabab o'tkazib yuborgan gollandiyalik vinger bu uchrashuvda maydonga tushishi so'roq ostida. SHuningdek, katta ehtimol bilan yaqindagina xarid qilingan Mexdi Benatiya "SHtutgart"ga qarshi bellashuvda o'zining yangi jamoasidagi debyutini nishonlashi mumkin. Jarohati sabab mundialni TV qarshisida tomosha qilgan franciyalik futbol yulduzi Fran Riberi nihoyat yashil maydonga qaytish ehtimoli yuqori. Frank Riberi jarohatidan butkul sog'aygan va bu belashuvda jamoasiga yordam berishi kutilmoqda.
CHempionatni o'z maydonidagi mag'lubiyat bilan boshlagan "Borussiya D" ikkinchi turda mehmonda "Augsburg"ni qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi. Dortmundliklar himoya chizig'ida ayni paytda muammolar mavjud. Mats Xummelsning yo'qligi jamoaning orqa chizig'ida katta bo'shliq paydo qilmoqda. Uchinchi tur oldidan esa Marko Roys terma jamoa yig'inidan jarohat bilan qaytgani esa Yurgen Klopp ortiqcha bosh og'riqlar taqdim etdi. "Borussiya D" jamoasi hozircha faqat SHinji Kagavaning qaytganidan xursand bo'lib, "Frayburg"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rishmoqda. Adrian Ramos "Augsburg"ga qarshi o'yinda yangi jamoasidagi gollar sonini ochib oldi va muxlislar bu turdagi bahsda ham Adrian Ramosdan muvaffaqiyatli o'yin kutib qolishlari aniq.
O'tgan turda katta sensaciyaga qo'l urgan ikki debyutantlar "Kyoln" va "Paderborn" klublari mehmonda ishonchli va yirik g'alabalarni qo'lga kiritishgandi. Endi esa ushbu jamoalar bir-birlari bilan bahs olib borishadi. Hozircha o'z darvozasidan to'p olib chiqmayotgan "Kyoln" jamoasi mehmonda "Paderborn" bilan kuch sinashadi. Ushbu bellashuv ham muxlis va mutaxassislarda katta qiziqish uyg'otmoqda.
Bundesliganing har bir uchrashuvlari noodatiy holatlar va qiziqarli vaziyatlarga boy o'tishi tabiiy. Haqiqiy futbol zavqini his etish uchun Germaniya futbolini havosidan TV orqali bo'lsada nafas olib turish zarar qilmaydi.
Kuchlilar futbolini tomosha qilish hech kimni zeriktirib qo'ymaydi.
Bundesliga, 3-tur.
12 sentyabr, juma.
"Bayer" - "Verder" (23:30)
Yo'qotishlar -
"Bayer" : Yulian Brandt, Simon Rolfes.
"Verder": Raif Xusich, Cander, Teodor Gebre-Selassi, Ozkan Yildirim, Yulian fon Xake, Filipp Bargfrede, Sedrik Makiadi.
13 sentyabr, shanba.
"Bavariya" - "SHtutgart" (18:30)
Yo'qotishlar -
"Bavariya": Rafinya, Vayzer, Bastian SHvaynshtayger, Tiago Alkantara, Xavi Martinez. "SHtutgart": Daniel Ginchek, Tim Lyaybold, Serjan Sararer, Robin Yalcher, Moxammed Abdellauz.
"Borussiya D" - "Frayburg" (18:30)
Yo'qotishlar -
"Borussiya D": Zlatan Alomerovich, Mats Xummels, Marko Roys, Yakub Blashchikovski, Nuri SHaxin, Oliver Kirx, Ilkay Gyundogan, Ji Don Von.
"Frayburg": Daniel Bac, Sasha Riter, Denis Perger, Kristofer Jyuyen, Karim Gyode.
"Xoffenxaym" - "Volfsburg" (18:30)
Yo'qotishlar -
"Xoffenxaym": Kun Kastels, Aleksandr SHtols, Kim Jin Su, Kevin Akpoguma, Pirmin SHveglur.Nadim Amiri.
"Volfsburg": Kristian Tresh, Felipe Lopes, Ivan Perishich, Oskar Zavada.
"Gerta" - "Maync" (18:30)
Yo'qotishlar - "Gerta": Marius Gersbek, Sebastyan Langkamp, Aleksandr Baumyoxann.
"Maync": Pak Ju CHo, Nikolche Noveski, Rakavica, Devante Parker.
"Paderborn" - "Kyoln" (18:30)
Yo'qotishlar - "Paderborn": Martin Amedik, Tim Velker, Rafa Lopes, Alban Mexa, Moxir SHaglik, Viktor Mayer. "Kyoln": Marsel SHuen, Roman Golobart, Kazuki Nagasava, Patrik Xelmes, Tomas Breker.
"Borussiya M" - "SHalke" (21:30)
Yo'qotishlar -
"Borussiya M": Yulian Korb.
"SHalke": Fabian Gifer, Yan Kirgxoff, Felipe Santana, Sead Kolashinac, Jefferson Farfan, Leon Goretcka.
14 sentyabr, yakshanba.
"Ayntraxt F" - "Augsburg" (18:30)
Yo'qotishlar - "Ayntraxt F": Martin Lanig, Sonni Kittel, Yan Rozental, Nelson Valdes, Luka Valdshmidt. "Augsburg": Yannis Gelios, Tom Rider, Aleksandr Essvayn, Yan Moravek, Arif Ekin, Maks Rayntaler, Mayk Ude, SHon Parker.
"Gannover" - "Gamburg" (20:30)
Yo'qotishlar - "Gannover": Markus Miller, Andre Xoffmann, SHtefan Tasker, Florian Ballas, Niklas Tayxgreber, Vladimir Rankovich, Lars SHtindl, Yannik SHulce, Tim Dirssen, Sebastyan Ernst, Salif Sane, Edrag Prib, Valmir Suleymani.
"Gamburg": Aleksandr Bruns-Collner, Slobodan Raykovich, Marsel Yansen, Ivo Ilevich, Ville-Matti SHtaynmann, Filipp Myuller, Gideon Yung, Valmir Nafiu, Eshton-Filipp Getc, Goyko Kachar, Masimilian Bayster.
# | Jamoa | O' | YU | D | M | UG - O'G | T-N | O |
1 | Bayer Leverkusen | 2 | 2 | 0 | 0 | 6 - 2 | 4 | 6 |
2 | Paderborn | 2 | 1 | 1 | 0 | 5 - 2 | 3 | 4 |
3 | Hoffenheim | 2 | 1 | 1 | 0 | 3 - 1 | 2 | 4 |
4 | FC Cologne | 2 | 1 | 1 | 0 | 2 - 0 | 2 | 4 |
5 | Bayern Munich | 2 | 1 | 1 | 0 | 3 - 2 | 1 | 4 |
6 | Eintracht Frankfurt | 2 | 1 | 1 | 0 | 3 - 2 | 1 | 4 |
7 | Hannover 96 | 2 | 1 | 1 | 0 | 2 - 1 | 1 | 4 |
8 | Borussia Dortmund | 2 | 1 | 0 | 1 | 3 - 4 | -1 | 3 |
9 | Werder Bremen | 2 | 0 | 2 | 0 | 3 - 3 | 0 | 2 |
10 | Mainz 05 | 2 | 0 | 2 | 0 | 2 - 2 | 0 | 2 |
11 | Borussia Monchengladbach | 2 | 0 | 2 | 0 | 1 - 1 | 0 | 2 |
12 | Wolfsburg | 2 | 0 | 1 | 1 | 3 - 4 | -1 | 1 |
13 | Schalke 04 | 2 | 0 | 1 | 1 | 2 - 3 | -1 | 1 |
14 | Freiburg | 2 | 0 | 1 | 1 | 0 - 1 | -1 | 1 |
15 | Hertha Berlin | 2 | 0 | 1 | 1 | 4 - 6 | -2 | 1 |
16 | VfB Stuttgart | 2 | 0 | 1 | 1 | 1 - 3 | -2 | 1 |
17 | Hamburger SV | 2 | 0 | 1 | 1 | 0 - 3 | -3 | 1 |
18 | Augsburg | 2 | 0 | 0 | 2 | 2 - 5 | -3 | 0 |
SHahboz Beg'amov tayyorladi.

Fikrlar