So’nggi yangiliklar

10:30МЮ 51 йиллик антирекордни янгилади  0 09:57“Барселона“га қарши ўйинда ҳакам икки марта “Реал“ фойдасига қўпол хатога йўл қўйган — Archivo VAR  39 09:25Ўзбекистон кубоги. Бугун ярим финалнинг дастлабки учрашувлари бўлиб ўтади  0 08:52Мавсумдаги 4-“Эл Классико“да ғалаба қозонган Флик кеча нималар деди?  22 08:21Францияда мавсумнинг энг яхшилари аниқланди. Рамзий термадан 9 нафар ПСЖ футболчиси жой олди  2 07:51Мбаппе "Реал"нинг барча даврларидаги рекордини янгилади  12 07:22Анчелотти кечаги мағлубият сабабларини маълум қилди  26 07:00Суперлига. "Сўғдиёна"ни Қобилов, "Машъал"ни эса Муртазоев мағлубиятдан қутқарди, "Навбаҳор" эса битта гол билан ғалабага эришди  0 02:12Сергей Лушан: "Битта голдан сўнг футболчиларни яна ҳужум қилишга мажбурлай олмаяпмиз"  5 01:57Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Файҳа" меҳмонда "Ал Иттиҳод"дан йирик мағлубият қабул қилиб олди, Бензема дубль қайд этди, Шукуров тўлиқ ўйнади  3 01:52А Серия. "Интер" Туринда ғалабага эришди, "Наполи" ўз уйида "Женоа"ни мағлуб этолмади — икки тур қолганда орадаги фарқ бир очко  4 00:07Ҳаким Фузайлов: "Бугун "Навбаҳор"га мағлуб бўлдик, аммо ортда қолган ҳеч бир беллашувда ўйин борасида рақибга ютқазмадик"  1 23:45РПЛ. "Рубин" 90-дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришди, Ашурматов эса...  0 22:47Никола Лазаревич: "Иккинчи бўлимда кўпроқ гол уришимиз мумкин эди"  2 22:44АПЛ. "Арсенал" тўртта тўп киритилган "Ливерпуль"га қарши ўйинда ирода қайд этди  13

Bundesliga: 20-tur uchrashuvlari prevyusi Yangiliklar

Bundesliga: 20-tur uchrashuvlari prevyusi

Ushbu haftada ham bundesliga muxlislari aslo zerikib qolishmaydi. Boisi shanba va yakshanba kunlari Germaniya bundesligasida navbatdagi 20-tur uchrashuvlari o'tkaziladi.
Bugun tunda start beriladigan turda ham qiziqarli o'tishi kutilayotgan  bir qator uchrashuvlar mavjud.

Doimgidek, “Shampionat Asia” sizni ushbu to'qnashuvlarning o'yinoldi tafsilotlari bilan tanishtirib o'tadi. Demak, diqqat-etiborimiz markazida nemis bundesligasi 20-tur uchrashuvlari prevyusi.

Tanishib oling, ushbu turda quyidagi jamoalar o'zaro bahs olib borishadi:

08.02 00:30 da   Borussiya M - : - Bayer Leverkuzen
08.02 19:30 da   Ayntraxt F - : - Ayntraxt B
08.02 19:30 da   Volfsburg - : - Maync 05
08.02 19:30 da   Verder - : - Borussiya D
08.02 19:30 da   Nyurnberg - : - Bavariya
08.02 19:30 da   Frayburg - : - Xoffenxaym
08.02 22:30 da   Gamburg - : - Gerta
09.02 19:30 da   SHtutgart - : - Augsburg
09.02 21:30 da   SHalke 04 - : - Gannover 96

08.02.2014| 00:30
BORUSSIYA MONXENGLADBAX  - : -  BAYER 04 LEVERKUZEN
20-turning dastlabki uchrashuvida turnir jadvalida oldingi pog'onalarni egallab turgan ikki grand klub to'qnash keladi. "Borussiya" Myonxengladbax hamda "Bayer" Leverkuzen jamoalari bahsi markaziy uchrashuv maqomiga ega va juda ko'plab muxlislar qiziqishiga sabab bo'lmoqda. Boisi myonxengladbaxlik futbolchilar mavsumni ajoyib tarzda boshlashgandi. Ammo ikkinchi davraga kelib "Borussiya" biroz bo'shashgandek taassurot qoldirmoqda. Mexmonlar - "Bayer" jamoasi esa, aksincha, turdan-turga ishonchli o'yin namoyish etib, kerakli ochkolarni qo'lga kiritmoqda. Bir-biridan farqli natijalarni qayd etayotgan ikki garnd klubning o'zaro bahsida kimning qo'li baland keladi, degan savol keng futbol jamoatchiligi tomonidan qizg'in muhokama qilinmoqda. Ushbu savolga javobni yaqin soatlar ichida bilib olamiz, aziz muxlislar.



•   "Borussiya M" ikkinchi davrani juda yomon boshladi. Gladbaxlik futbolchilar o'tkazilgan ikkita turda ham mag'lubiyat alamini totib ko'rishga majbur bo'lishdi. Bunday noxush natija klub tarixida faqat ikki marta sodir bo'lgan. Bu jamoa 2005-06 va 1984-85 mavsumlarda ikkinchi davrani qatorasiga ikki mag'lubiyat bilan boshlagandi.
•   Diqqatga sazovor jihati shundaki, Leverkuzen shahri sharafini himoya qiluvchi "Bayer" 21 o'yindirki Myonxengladbaxdan ochko bilan qaytmoqda. Mezbonlar ushbu noxush ananaga barham berish niyatidalar. Ammo leverkuzenlik futbolchilar bunga imkon berisharmikan…
•   1989-90 mavsumdan buyon "Borussiya M" turnirning yakuniy jadvalini 17 bor "Bayer"dan quyida tugatgan. Faqat 4 marta myonxengladbaxliklar mavsum yakunida "Bayer"dan ko'ra yuqoriroqdan joy olishgandi.
•   Bugun to'qnash keluvchi jamoalar darvozalarini qo'riqlovchi ikki posbon Mark-Andre ter SHtegen va Bernd Leno hozirda bundesligada faoliyat olib borayotgan kiperlar orasida eng mashhurlari sanalishadi. Yana bir etiborga molik jihat shundaki, ter SHtegan va Leno maydonga tushgan uchrashuvlarida quruq seriyani saqlash borasida bundesliga tarixidagi top-10 dan joy olishgan.
•   Bugun tunda mezbonlar safida maydonga tushishi mumkin bo'lgan futbolchilar orasida Kristof Kramer ham bor. Kramer aslida "Bayer" futbolchisi sanaladi. Lekin hozirda "Borussiya M"da ijara asosida to'p tepmoqda. Etiborlisi, Kristof Kramer mavsum davomida maydonda eng ko'p yugurgan o'yinchi bo'lib turibdi. U jami 231 km masofani yugurib o'tishga ulgurgan.
•   Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasi 19 uchrashuvda 33 ochko jamg'argan holda 5 pog'onani egallab turibdi.
•   "Dorishunoslar" jamoasi esa 40 ochko bilan turnir jadvalining ikkinchi pog'onasida bormoqda.  


08.02.2014| 19:30
VERDER BREMEN  - : -  BORUSSIYA DORTMUND
20-tur uchrashuvlari doirasidan o'rin olgan yana bir qiziqarli bahs Bremen shahrida bo'lib o'tadi. Unda "Verder" va "Borussiya" Dortmund jamoalari o'zaro to'qnash kelishadi. Murosasiz o'tishi kutilayotgan ushbu bahsni kuzatishimiz uchun bir qator sabablar mavjud. Birnichidan, ikki jamoa ham muxlislar kutgan o'yinni namoyish eta olmayapti. Jamoalarga g'alaba suv va havodek zarur. Ikkinchidan, "mashshoqlar" va "sariq-qoralar"ning o'zaro to'qnashuvlari har doim ham murosasiz ruhda o'tib kelgan. Hech shak-shubxasiz bu safargi match ham muxlislar diqqat markazida bo'lishi kutilmoqda.

 •   Bremen shahri bosh jamoasi sanaladigan "Verder" bu mavsumda kutilgan o'yinni namoyish eta olmayapti. Jamoa mavsum boshidan buyon turnir jadvali quyi pog'onalarini egallab kelmoqda. "Mashshoqlar" hisobida hozirda 20 ochko mavjud va jamoa 12 o'rinda bormoqda. Bu bremenliklar jamoasi tarixida 39 yildan beri qayd etilgan eng yomon ko'rsatkichdir.
•   "Verder" ikkinchi davra boshlangandan so'ng o'tkazilgan ikki uchrashuvda faqat bir ochko yig'a oldi, xolos. O'tgan turda "Augsburg" mehmoni bo'lgan "Verder" 3:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Agar jamoa shu ketishda davom etsa, balki Germaniyaning yorqin tarixga ega bo'lgan jamoalaridan biri sanaluvchi "Verder"ni kelasi mavsumda ikkinchi bundesligada ko'rarmiz.
•   Jamoalarning o'tgan davradagi to'qnashuvi 1-0 hisobida Dortmund jamoasi foydasiga hal bo'lgandi. Etiborlisi, o'sha uchrashuvda dortmundlik futbolchilar hammasi bo'lib 32 marta "Verder" darvozasi tomon zarba yo'llashga muvaffaq bo'lishgan. Bu natija joriy mavsumdagi bundesliga rekordi hisoblanadi. O'sha uchrashuvda Merko Roysning bir o'zi 15 marta raqib darvozasi tomon zarba yo'llagani, diqqatni tortadi.
•   "Borussiya"ning ishlari unchalik ham yaxshi ketmayotgan bo'lsa-da, jamoa hujumchilari o'z vazifalarini ajoyib tarzda uddalashmoqda, deb bemalol aytishimiz mumkin. "Sariq-qoralar" jamoasining ikki forvardi Robert Levandovski va Piyer Emerik Obemeyang 11 martadan raqiblar darvozasi tomon yo'l topishga muvaffaq bo'lsihgan. Ikki futbolchi ham to'purarlar bahsida etakchilar qatorida borishmoqda.
•   Marko Roys "Verder"ga qarshi kechadigan uchrashuvlarda har doim muvaffaqiyatli harakat qilib kelgan. Buni uning ushbu jamoa darvozasiga olti bor to'p kiritgani ham isbotlab turibdi.
•   "Borussiya" Dortmund o'tkazilgan 19 tur uchrashuvlaridan so'ng 36 ochko to'plagan holda uchinchi o'rinni egallab turibdi.  



08.02.2014| 19:30
NYURNBERG  - : -  BAVARIYA
"Bavariya" rekordlar o'rnatishda davom etadi! Myunxenlik futbolchilar o'tgan turda "Ayntraxt" Frankfurtni ham mag'lub etishdi. Hisob esa 5-0! SHunday qilib, Pep Gvardiola shogirdlarini to'xtata oladigan kuch bundesliga ishtirokchilari orasida hozircha topilmayapti. Mavsum boshidan beri 19 tur o'tdi hamki, "Bavariya" mag'lubiyatga uchragani yo'q. Futbol jamoatchiligi "Gollivud FK"ning 20-turda ham zafar quchishini tahmin qilmoqda. Boisi raqibning kuchsiz ekanidir. Ha, "Nyurnberg" ancha nursiz o'yin ko'rsatmoqda. Ammo maydon tekis, to'p yumaloq. Kim biladi, balki "Bavariya"ning mag'lubiyatsiz seriyasiga aynan "Nyurnberg" barham berar…

•   Bu turda to'qnash kelayotgan ikki jamoa ham mavsumning ikkinchi yarmini ajoyib tarzda boshlashdi. "Bavariya" ham, "Nyurnberg"ham ikkinchi davraning dastlabki ikki bahsida g'alaba qozonishdi. To'plar nisbati 7-0 va 7-1 ekani, diqqatga sazovordir.
•   "Nyurnberg"ga qarshi kechadigan uchrashuvlar myunxenlik futbolchilar uchun doim qiyin kechgan. Buni so'nggi olti bahsda qayd etilgan natijalar ham ko'rsatib turibdi. "Bavariya" ushbu uchrashuvlarning faqat bittasida g'alaba qozongan. 4 ta o'yin durang bilan nihoyasiga etgan. Yana bir matchda "Nyurnberg"ning qo'li baland kelgan.  
•   Qiziq bir jihat muxlislar etiborini o'ziga tortadi: Qachonlardir "Bavariya" uchun o'ynagan 23 futbolchi keyinchalik "Nyurnberg" safida ham maydonga tushgan. Bu bundesliga tarixidan joy olgan o'ziga xos voqealardan biri sanladi.
•   "Bavariya" etakchilaridan biriga aylanib borayotgan Toni Kroos mavsum davomida jamoadoshlariga umumiy hisobda 999 marta kichik passlar berishga ulgurdi. Ammo o'sha passlardan faqat to'rttasi golga olib borgan, xolos. Ana shunaqa, aziz muxlislar!
•   Pep Gvardiola ustozlik qilayotgan "Bavariya" joriy mavsumda har jihatdan etakchi ekanini namoyish qilmoqda. Myunxenliklar 19-turdan so'ng 53 ochko bilan turnir jadvalini boshqarib borishmoqda. "Gollivud FK"ning kiritilgan va o'tkazib yuborilgan gollar bo'yicha ko'rsatkichi havas qilsa arzigulik: +42. Bunday natijani yaqin yillar ichida hech bir nemis jamoasi qayd etmagan edi.




Ushbu turda bir qator natijalar va rekordlar yangilanishi mumkin:
•   "Bayer" Leverkuzen 21 o'yindan buyon "Borussiya" Myonxengladbax maydonidan ochko bilan qaytmoqda. "Dorishunoslar" ushbu jamoaga qarshi kechgan 21 matchning 5 tasini g'alaba bilan, 16 tasini durrang bilan tugatishga muvaffaq bo'lishgan. Qiziq, ushbu anana bu safar ham davom etarmikan…
•   Yana bir diqqatga sazovor jihat shundaki, Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasi o'z tarixida hech ham ikkinchi davraning dastlabki uch bahsida mag'lubiyatga uchramagan. Ammo jamoadagi hozirgi holatni hisobga olib aytadigan bo'lsak, ushbu natijani qayd etilishi haqiqatga o'xshamoqda…
•   Mavsum avvalida "Augsburg" tomonidan "Bayer"ga ijaraga berilgan Dominik Kor yangi jamoasiga juda tez kirishib ketdi. Asosiysi, u ishtirok etgan 9 ta uchrashuvning hammasida Korning jamoasi g'alaba qozongan. Bu safar ham uning jamoasi zafar quchadigan bo'lsa, Dominik Kor o'zining bundesligadagi ilk 10 bahsida gaalaba qozongan uchinchi futbolchiga aylanadi. Undan avval bu natijaga faqat Robert Kovach va Isaak Forzalar erishigandi.
•   20-tur doirasida "Verder" va "Borussiya D" jamoalari o'zaro to'qnash kelishadi. Etiborlisi, bremenliklar shu paytga qadar hammasi bo'lib 99 marta "Borussiya" darvozasiga gol kiritishgan. Agar bu safargi bahsda "mashshoqlar" to'p kiritishning uddasidan chiqishsa, ular uchun bu gol yubiley – 100 gol  bo'ladi.
•   Agar "Frayburg" "Xoffenxaym"ni mag'lub etadigan bo'lsa, bu g'alaba faryburgliklar uchun yubiley g'alaba bo'ladi. Boisi "Frayburg" shu paytga qadar bundesliga doirasidagi 99 ta uy uchrashuvlarini g'alaba bilan yakunlagan. "Xoffenxaym" ustidan zafar quchilsa, frayburg shahrida jamoaning 100 uy uchrashuvidagi g'alabasi katta tantanalar bilan nishonlanadi.

Bundesliga to'purarlari

#

O'yinchi

Jamoa

Gollar

1

Adrian Ramos

Gerta Berlin

12

2

Robert Levandovski

Borussiya Dortmund

11

3

Pier-Emerik Obameyang

Borussiya Dortmund

11

4

Mario Mandjukich

Bavariya Myunxen

11

5

Vedad Ibishevich

SHtutgart

10

6

Yosip Drmich

Nyurnberg

10

7

SHtefan Kisling

Bayer L

10

 

Turnir jadvali

#

Jamoa

O'

YU

D

M

UG - O'G

T-N

Och

1

Bavariya Myunxen

19

17

2

0

51 – 9

42

53

2

Bayer Leverkuzen

19

13

1

5

36 – 20

16

40

3

Borussiya Dortmund

19

11

3

5

42 – 23

19

36

4

SHalke 04

19

10

4

5

37 – 29

8

34

5

Borussiya M

19

10

3

6

36 – 24

12

33

6

Volfsburg

19

9

3

7

30 – 24

6

30

7

Maync 05

19

9

3

7

29 – 32

-3

30

8

Gerta Berlin

19

8

4

7

28 – 24

4

28

9

Augsburg

19

8

4

7

26 – 28

-2

28

10

Gannover 96

19

7

3

9

29 – 33

-4

24

11

Xoffenxaym

19

5

6

8

39 – 42

-3

21

12

Verder Bremen

19

5

5

9

23 – 40

-17

20

13

SHtutgart

19

5

4

10

32 – 37

-5

19

14

Ayntraxt F

19

4

6

9

21 – 34

-13

18

15

Nyurnberg

19

2

11

6

24 – 34

-10

17

16

Frayburg

19

4

5

10

19 – 35

-16

17

17

Gamburg

19

4

4

11

33 – 44

-11

16

18

Ayntraxt B

19

3

3

13

11 – 34

-23

12


 
Aziz muxlislar, guvohi bo'lganingizdek, 20-tur uchrashuvlari ichida bir nechta muxlislar etiborida turgan bahslar mavjud. Ularda qayd etiladigan natijalar bilan siz – aziz muxlislarni keyinroq batafsil tanishtirib o'tamiz. Hozir esa barchani o'sha bellashuvlarni tomosha qilishga chorlab qolamiz.

Bundesligani ko'ring, bundesligaga muxlislik qiling! Ketkazgan vaqtingizga aslo achinmaysiz!

Zoxirjon AKRAMXONOV


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика