Bundesliga: 18-tur prevyusi
24 jan 2014 13:55
Yangiliklar

Bundesliga: 18-tur prevyusi
Nihoyat bundesliga muxlislari orziqib kutgan damlar ham etib keldi. Bugun Germaniya chempionati 18 tur uchrashuvlariga start beriladi.
Nemis jamoalari kuchli beshlikning boshqa birinchiliklari ishtirokchilariga qaraganda biroz ko'proq dam olish imkoniga ega bo'lishdi. Qariyib bir oy davom etgan davralar oralig'idagi ushbu tanaffusdan ko'plab jamoalar unumli foydalanishga harakat qilishdi. Bazi klublarning uzoq vaqtdan buyon o'ynay olmayotgan o'yinchilari jarohatlaridan qutulib, maydonga qaytishga va jamoalariga yordam berishga shay bo'lib turishibdi. Yana bir qator klublar o'yin sifatini hamda jamoadagi raqobatni oshirish maqsadida yangi ijrochilarni harid qilishga ham ulgurishdi. To'g'ri, qishki transferlar vaqtida bundesliga jamoalari olamshumul haridlarni amalga oshirshmadi. Ammo ko'pgina nemis klublari o'z ananalariga sodiq qolgan holda qimmat bo'lmasa ham saviyasi ancha yuqori bo'lgan bir nechta futbolchilarni tarkiblariga qo'shib olishdi. Ushbu futbolchilar bildirilgan ishonchni oqlay olisharmikan? Bunisini ikkinchi davrada o'tkaziladigan o'yinlar orqali bilib olamiz. Hozir esa etiborimizni ikkinchi davraning ilk turi doirasidan o'rin olgan uchrashuvlar anonsiga qaratsak.
Dastavval, bu turda o'zaro to'qnash keluvchi juftliklar bilan tanishib olsak:
25.01 00:30 DA BORUSSIYA M : BAVARIYA
25.01 19:30 DA FRAYBURG : BAYER
25.01 19:30 DA VOLFSBURG : GANNOVER
25.01 19:30 DA NYURNBERG : XOFFENXAYM
25.01 19:30 DA SHTUTGART : MAYNC 05
25.01 19:30 DA BORUSSIYA D : AUGSBURG
25.01 22:30 DA AYNTRAXT F : GERTA
26.01 19:30 DA VERDER : AYNTRAXT B
26.01 20:30 DA GAMBURG : SHALKE 04
• “Gollivud FK“ yangi yilga hech qanday mag'lubiyatlarsiz etib keldi. Pep Gvardiola shogirlari 41 o'yindan beri mag'lubiyat nima ekanini bilmay kelishmoqda. Ko'ramiz, myunxenliklar ushbu rekord natijani yanada yaxshilab olishni uddasidan chiqisharmikan…
• Bilasizmi, “Borussiya Park“da bo'lib o'tgan so'nggi olti to'qnashuvdan faqat bittasidagina “Bavariya“ g'alaba qozonishni uddalay olgan, xolos.
• Bundesligadagi to'p o'takzib yubormaslik bo'yicha eng yaxshi ko'rsatgichlarga ega bo'lgan ikki darvozabonlar to'qnashuvi ham muxlislarni befarq qoldirmasa kerak. Boisi Mark Andre ter SHtegen va Manuel Noyerlar kim kuchliroq ekanini isbotlash uchun ham bahs yuritishadi. Ter SHtegen o'zi qatnashgan o'yinlarning 37 foizida darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan. Noyerda esa bu ko'rsatkich biroz yaxshiroq – 45 foiz.
• Qolaversa, bugun bundesligadagi ikki eng yaxshi assistenlar ham to'qnash kelishadi. Mark Kruza va Frank Riberi mavsum boshidan buyon 8 martadan gollarga hammualliflik qilishgani etiborga molik.
• Bu ikki grand jamoalarning o'tgan yilgi bahsi 3-1 hisobida bugungi mezbonlar foydasiga xal bo'lgandi.
• “Frayburg“ o'z maydonida “Bayer“ga qarshi o'tkazgan besh uchrashuvida faqat bir ochko olishga muvaffaq bo'lgan. Bu esa jamoa muxlislarini sira qoniqtirmaydigan natijadir. SHuni inobatga olgan holda, frayburglik futbolchilar bu safar zafar quchishga urinib ko'rishadi.
• Yana bir etiborga molik jihat shundaki, mezbonlar so'nggi to'rt to'qnashuvda bir marta bo'lsa ham raqiblar darvozasiga to'p kirita olishmagan.
• Dekabr oyi boshlarida bu ikki jamoa Germaniya Kubogi doirasidan o'rin olgan chorak final bahsida to'qnashishgandi. O'shanda “dorishunoslar“ jamoasi 2-1 hisobida “Frayburg“dan ustun kelgandi.
• Leverkuzenliklar etakchilaridan biri bo'lgan Omer Toprak aslida “Frayburg“ futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi.
• “Bayer“ning “olg'ir“ hujumchilari jami 25 ta gol urishgan. Bu esa “Frayburg“ jamoasi kiritgan jami gollar sonidan 9 taga ko'proqdir. Yani frayburgliklar umumiy hiosbda 16 bor gol urishga erishishgan.
• Tayfun Korkut Germaniya bundesligasida ishtirok etuvchi jamoalardan birini boshqarayotgan ikkinchi turk murabbiysidir. Undan avval etmishinchi yillar oxirida Arkoch Ozjan “Gamburg“ga ustozlik qilgandi. Etiborga molik jihati shundaki, Korkut “Gannover”da murabbiylik postini egallagan 25-murabbiyga aylandi.
• Korkut oldida bir muncha mushkul vazifalar turibdi. Jamoaning avvalgi nufuzini tiklash uchun bel bog'lagan Korkut Mirko Slomka ishini davom ettiradi. Tayfundan avval bu jamoani boshqargan Slomka 135 uchrashuvda “Gannover”ga ustozlik qilgani diqqatga sazovor. Bu jamoa rekordidir.
• Diter Hekking bo'lsa bugungi raqib jamoasi safida ham futbolchi, ham murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.
• Hekking boshqaruvidagi jamoalar “Gannover”ga qarshi o'tkazgan so'nggi olti uchrashuvning hammasida mag'lubiyat alamini totib ko'rishga majbur bo'lishgan.
• “Gannover” 2002 yilda bundesligaga qaytib chiqqanidan buyon umumiy hisobda 500 ochko ishlashga erishgan.
• “Nyurnberg“ bundesliga tarixidagi birinchi davrani g'alabasiz o'tkazgan birinchi jamoadir. Bugungacha hech bir jamoa bunday antirekordni qayd etmagan edi.
• Mezbonlar o'z tarixlarida oltinchi marta birinchi davrani 17 o'rinda tugatishdi. Ular hozirda bundesligani tark etishi mumkin bo'lgan jamoalar orasidagi “favoritlar“dan biri bo'lib turishibdi.
• Bu jamoalar tarkibida asta-sekin o'zlarini ko'rsatishga harakat qilayotgan ikki yosh istedod soxiblari to'p tepishadi. Daniel Ginchjek va Kevin Folland kabi iqtidorlar Germaniya futboli ertasi deb qaralmoqda.
• “Nyurnberg“ jamoasi gol urishda ancha qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bunda ko'pchilik muxlislar jamoa hujumchilarini aybdor qilmoqda. Ko'ramiz, ular bu gaplar noto'g'ri ekanligini isbotlay olisharmikan…
• Roberto Firmino yubiley 100 o'yin arafasida turibdi. “Xoffenxaym“ etakchilaridan biri bo'lgan Firmino shu paytga qadar o'z jamoasi tarkibida 46 bor to'p kiritgan.
• Bu ikki klub turnir jadvalida yonma-yon borishmoqda. “Maync“ to'qqizinchi bo'lsa, “SHtutgart“ o'ninchi pog'onani egallab turibdi.
• “SHtutgart“ni juda tig'iz o'yinlar jadvali kutib turibdi. Bu jamoa kelayotgan ikki hafta ichida uch bahsda maydonga tushadi. Ulardan biri “Bavariya“ga qarshi bo'lib o'tadi.
• “Maync” futbolchisi Elkin Soto 67 ta uchrashuvda bir bor raqiblar darvozasini ishg'ol etgan. U gol urgan jamoa, aynan, “SHtutgart“dir.
• Hozirda “Maync“ning birinchi raqamli posboni sanaladigan Loris Karius yoshlik paytida “SHtutgart“ futbol maktabida tahsil olgan.
• Hatto Tomas Tuxel ham o'zining murabbiylik faoliyatini “SHtutgart” futbol maktabida yoshlarga saboq berishdan boshlagan.
• “Maync” etakchilaridan biri SHinji Okazaki o'tgan yozda, aynan, “SHtutgart“dan hozirgi jamoasi safiga kelib qo'shilgandi. Yaponiyalik futbolchi bu galgi raqibi safida 63 uchrashuvda maydonga tushgan bo'lib, o'n bor to'p kiritishga muvaffaq bo'lgan.
• “Borussiya D“ qishki tanaffusga chiqish oldidan o'tkazilgan uch uchrashuvda bir ochko! to'play oldi, xolos. Bugungi raqib esa aksincha, ettita.
• Robert Levandovski bu mavsumning ilk davrasida 11 marta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Bu bilan u 2012-2013 mavsumdagi natijasini bitta golga yaxshilay oldi.
• Levandovski “Augsburg kushandasi“ nomini olgan. U bu jamoaga qarshi o'tkazilgan besh o'yinda etti marta raqiblar darvozabonini hafa qilishga erishgan.
• Xabaringiz bor, Mats Xummels jarohati bois birinchi davraning ko'plab uchrashuvlarini o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi. U qatnashmagan o'yinlarda “Borussiya“ ikki marta yutdi, ikki marta durrang o'ynadi, uch bor mag'lubiyatga uchradi. Ko'rib turganingizdek, Xummelsning o'rni jamoasi uchun juda bilindi…
• Roman Vaydenfyoller o'zining yubiley - 300-o'yini arafasida turibdi. Ushbu posbon o'zining ishonchli o'yinlari bilan halihamon bundesliga fanatlarini xushnud etib kelmoqda.
• Yil boshida Evrokuboklarda qatnashishni maqsad qilgan “Gerta“ o'z maqsadidan og'ishmay o'yin ko'rsatib kelmoqda. Ular bu shijoatni ikkinchi davrada ham davom ettira olishadimi, degan savol ko'pchilikni qiziqtirmoqda.
• Frankfurtda bo'lib o'tgan oxirgi etti uchrashuvdan faqat bittasidagina mezbonlarning qo'li baland kelgan. Qolganlarida, “Gerta“ o'zi uchun ijobiy natija qayd etishni uddalay olgan.
• Mezbonlar ustozi Armin shu paytga qadar o'zi boshqargan hech bir jamoa bilan “Gerta“ni mag'lub eta olmagan.
• Frankfurtliklar bu mavsumda o'z uyida bo'lib o'tgan bahslardan hali birortasida ham zafar qucha olmadi.
• Bu bahsda Adrian Ramosdan muxlislarning umidlari katta. Bu hujumchi Robert Levandovski bilan bir xil 11 ta gol urgan. Agar u bu safar ham raqiblar darvozasini ishg'ol etadigan bo'lsa to'purarlar ro'yxati etakchisiga aylanib olish imkoniyatiga ega bo'ladi.
• “SHimol derbisi“da g'alaba qozonish borasida Bremenlik mashshoqlar etakchi sanalishadi. Ular umumiy o'yinlarning 45 foizida zafar quchishgan. Braunshvaygliklar esa 31 foiz uchrashuvlarni o'z foydalariga hal etishga muvaffaq bo'lishgan. Bellashuvlarning 24 foizida esa durrang natija qayd etilgan.
• Ikki jamoaning oxirgi 18 ta to'qnashuvining hammasida bremenliklar bir marta bo'lsa ham gol kiritishga muvaffaq bo'lishgani diqqatga sazovor natijadir.
• Yana bir etiborga molik jihat shuki, “Aytntraxt“ Braunshvayg 1984 yildan buyon ilk marta yuqori bundesliga o'yinida Bremenda mehmon bo'lmoqda.
• “Ayntraxt“ etakchisi Karim Belarabi yoshlik chog'i olti yil “Verder“ akademiyasida futbol bilan shug'ullangan. U bu turda o'zining ilk saboqlarini olgan jamoasiga qarshi bahs yuritadi.
• “SHalke“ga qarshi kechgan duellarning so'nggi beshtasi “Gamburg“ uchun omadsiz kechgan. Port shahar futbolchilari shu uchrashuvlardan faqat bittasini o'z foydalariga hal qila olishgan. Ushbu anana bu safar buzilarmikan…
• “Gamburg“ birinchi davrada eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan jamoa bo'lib turibdi. Gamburgliklar 38 marta raqibalardan gol qabul qilib olishgan.
• Murabbiy Bert van Marveyk vanihoyat himoya qo'rg'oni vakillarini to'liq o'ynatish imkoniga ega bo'lmoqda. Dennis Dikmayer, Slobodan Rajkovich va Hayko Vesterman kabi o'yinchilar jamoasiga yordam berishga shay turibdilar.
• Mezbonlarda uyda g'alaba qozona olmaslik sindromi boshlangan. Gamburgliklar birinchi davrada faqat ikkita uy uchrashuvida g'alaba qozona olishgan. Raqiblar ham “kimsan“ tunir jadvalida oxirgi bo'lib turgan “Ayntraxt B“ va omadsiz o'yinlar girdobida yurgan “Gannover“. Ikkinchi davrada ushbu noxush ananaga barham berishni maqasad qilgan “Gamburg“ bu ishni uddalay olarmikan?
• Futbolchilarning maydonda bosib o'tgan masofalari ko'rsatkichi bo'yicha “Gamburg“ 16 pog'onada bormoqda.
Aziz futbol ixlosmandlari, ko'rib turganingizdek, bundesliga 18 turi doirasidan ham bir qator qiziqarli bahslar o'rin olgan. Biz sizga ushbu matchlarni kuzatishni maslahat beramiz. Zero, ikkinchi davrani ijobiy natija bilan boshlash har qanday jamoa uchun mavsumning qolgan qismini ko'ngildagidek o'tkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, oldinda bizni murosasiz bahslar kutmoqda.
Bundesligani ko'ring, Evropa futbolidan zavqlaning!
Zoxirjon AKRAMXONOV.

“Borussiya M” – “Bavariya”Ushbu tur doirasida bo'lib o'tadigan uchrashuvlarning eng murosasiz o'tishi kutilayotganlaridan biri Myonxengladbax shahrida joylashgan ko'rkam “Borussiya Park“ o'yingohida bo'lib o'tadi. Unda bugungi kunda bundesligada ajoyib o'yin namoyish qilayotgan ikki etakchi to'qnash kelishadi. “Borussiya M“ o'z maydonida turnir jadvali karvonboshisi “Bavariya“ni qabul qiladi. Markaziy uchrashuv maqomini olgan ushbu matchda kimning qo'li baland keladi degan savol ko'pchilik muxlislarni qiziqtirmoqda. Ushbu savolga javobni yaqin soatlar oralig'ida bilib olish imkoniga egamiz.
• “Gollivud FK“ yangi yilga hech qanday mag'lubiyatlarsiz etib keldi. Pep Gvardiola shogirlari 41 o'yindan beri mag'lubiyat nima ekanini bilmay kelishmoqda. Ko'ramiz, myunxenliklar ushbu rekord natijani yanada yaxshilab olishni uddasidan chiqisharmikan…
• Bilasizmi, “Borussiya Park“da bo'lib o'tgan so'nggi olti to'qnashuvdan faqat bittasidagina “Bavariya“ g'alaba qozonishni uddalay olgan, xolos.
• Bundesligadagi to'p o'takzib yubormaslik bo'yicha eng yaxshi ko'rsatgichlarga ega bo'lgan ikki darvozabonlar to'qnashuvi ham muxlislarni befarq qoldirmasa kerak. Boisi Mark Andre ter SHtegen va Manuel Noyerlar kim kuchliroq ekanini isbotlash uchun ham bahs yuritishadi. Ter SHtegen o'zi qatnashgan o'yinlarning 37 foizida darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan. Noyerda esa bu ko'rsatkich biroz yaxshiroq – 45 foiz.
• Qolaversa, bugun bundesligadagi ikki eng yaxshi assistenlar ham to'qnash kelishadi. Mark Kruza va Frank Riberi mavsum boshidan buyon 8 martadan gollarga hammualliflik qilishgani etiborga molik.
• Bu ikki grand jamoalarning o'tgan yilgi bahsi 3-1 hisobida bugungi mezbonlar foydasiga xal bo'lgandi.
“Frayburg“ - “Bayer“Muxlislarni befarq qoldiramaydigan uchrashuvlardan yana birida “Faryburg“ va “Bayer“ jamoalari bahs yuritishadi. “Bayer“ o'z o'yinini topib olarmikan degan savol futbol ixlosmandlarini qiziqtirib kelmoqda. Boisi Sami Xyupiya shogirdlari birinchi davraning so'nggi ikki uchrashuvini juda ham muvaffaqiyatsiz o'tkazishgandi. Xo'sh, ular ikkinchi davraga buni unutgan holda tayyorgarlik ko'rishdimikan? Bu savolimizga ham yaqin vaqt ichida javob olamiz.
• “Frayburg“ o'z maydonida “Bayer“ga qarshi o'tkazgan besh uchrashuvida faqat bir ochko olishga muvaffaq bo'lgan. Bu esa jamoa muxlislarini sira qoniqtirmaydigan natijadir. SHuni inobatga olgan holda, frayburglik futbolchilar bu safar zafar quchishga urinib ko'rishadi.
• Yana bir etiborga molik jihat shundaki, mezbonlar so'nggi to'rt to'qnashuvda bir marta bo'lsa ham raqiblar darvozasiga to'p kirita olishmagan.
• Dekabr oyi boshlarida bu ikki jamoa Germaniya Kubogi doirasidan o'rin olgan chorak final bahsida to'qnashishgandi. O'shanda “dorishunoslar“ jamoasi 2-1 hisobida “Frayburg“dan ustun kelgandi.
• Leverkuzenliklar etakchilaridan biri bo'lgan Omer Toprak aslida “Frayburg“ futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi.
• “Bayer“ning “olg'ir“ hujumchilari jami 25 ta gol urishgan. Bu esa “Frayburg“ jamoasi kiritgan jami gollar sonidan 9 taga ko'proqdir. Yani frayburgliklar umumiy hiosbda 16 bor gol urishga erishishgan.
“Volfsburg“ - “Gannover““Gannover”ning yangi ustozi Tayfun Korkut uchun “Volfsburg”ga qarshi bo'lib o'tuvchi bahs alohida ahamiyatga ega. Boisi turk millatiga mansub bo'lgan ushbu murabbiy yangi jamoasida bundesligadagi ilk – debyut uchrashuvini o'tkazadi. Bu uchrashuv qanday yakunlanadi. Bunisini endi vaqt ko'rsatadi.
• Tayfun Korkut Germaniya bundesligasida ishtirok etuvchi jamoalardan birini boshqarayotgan ikkinchi turk murabbiysidir. Undan avval etmishinchi yillar oxirida Arkoch Ozjan “Gamburg“ga ustozlik qilgandi. Etiborga molik jihati shundaki, Korkut “Gannover”da murabbiylik postini egallagan 25-murabbiyga aylandi.
• Korkut oldida bir muncha mushkul vazifalar turibdi. Jamoaning avvalgi nufuzini tiklash uchun bel bog'lagan Korkut Mirko Slomka ishini davom ettiradi. Tayfundan avval bu jamoani boshqargan Slomka 135 uchrashuvda “Gannover”ga ustozlik qilgani diqqatga sazovor. Bu jamoa rekordidir.
• Diter Hekking bo'lsa bugungi raqib jamoasi safida ham futbolchi, ham murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.
• Hekking boshqaruvidagi jamoalar “Gannover”ga qarshi o'tkazgan so'nggi olti uchrashuvning hammasida mag'lubiyat alamini totib ko'rishga majbur bo'lishgan.
• “Gannover” 2002 yilda bundesligaga qaytib chiqqanidan buyon umumiy hisobda 500 ochko ishlashga erishgan.
“Nyurnberg” - “Xoffenxaym”“Nyurnberg“ – bundesliga tarixida shu paytga qadar qayd etilmagan ko'rsatgich soxibiga aylandi. Ushbu jamoa birinchi davrani g'alabasiz o'tkazdi. Nyurnbergliklar bir marta bo'lsa ham g'alaba nashidasini sura olishmadi. Xatto, turnir jadvalida so'nggi pog'onani egallab turgan “Ayntraxt B“ ham ikki bora yutuqqa erishgan. Ammo “Nyurnberg“…
• “Nyurnberg“ bundesliga tarixidagi birinchi davrani g'alabasiz o'tkazgan birinchi jamoadir. Bugungacha hech bir jamoa bunday antirekordni qayd etmagan edi.
• Mezbonlar o'z tarixlarida oltinchi marta birinchi davrani 17 o'rinda tugatishdi. Ular hozirda bundesligani tark etishi mumkin bo'lgan jamoalar orasidagi “favoritlar“dan biri bo'lib turishibdi.
• Bu jamoalar tarkibida asta-sekin o'zlarini ko'rsatishga harakat qilayotgan ikki yosh istedod soxiblari to'p tepishadi. Daniel Ginchjek va Kevin Folland kabi iqtidorlar Germaniya futboli ertasi deb qaralmoqda.
• “Nyurnberg“ jamoasi gol urishda ancha qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bunda ko'pchilik muxlislar jamoa hujumchilarini aybdor qilmoqda. Ko'ramiz, ular bu gaplar noto'g'ri ekanligini isbotlay olisharmikan…
• Roberto Firmino yubiley 100 o'yin arafasida turibdi. “Xoffenxaym“ etakchilaridan biri bo'lgan Firmino shu paytga qadar o'z jamoasi tarkibida 46 bor to'p kiritgan.
“SHtutgart“ - “Maync“18 tur doirasidan o'rin olgan yana bir o'yinda “SHtutgart“ o'z maydonida “Maync“ni qabul qiladi. Mavsum avvalida o'z oldiga Evrokuboklarda ishtirok etish imkonini beradigan o'rinlardan birini egallash vazifasini qo'ygan bu ikki klub bahsi ham muxlislarni befarq qoldirmaydi, deb o'ylaymiz.
• Bu ikki klub turnir jadvalida yonma-yon borishmoqda. “Maync“ to'qqizinchi bo'lsa, “SHtutgart“ o'ninchi pog'onani egallab turibdi.
• “SHtutgart“ni juda tig'iz o'yinlar jadvali kutib turibdi. Bu jamoa kelayotgan ikki hafta ichida uch bahsda maydonga tushadi. Ulardan biri “Bavariya“ga qarshi bo'lib o'tadi.
• “Maync” futbolchisi Elkin Soto 67 ta uchrashuvda bir bor raqiblar darvozasini ishg'ol etgan. U gol urgan jamoa, aynan, “SHtutgart“dir.
• Hozirda “Maync“ning birinchi raqamli posboni sanaladigan Loris Karius yoshlik paytida “SHtutgart“ futbol maktabida tahsil olgan.
• Hatto Tomas Tuxel ham o'zining murabbiylik faoliyatini “SHtutgart” futbol maktabida yoshlarga saboq berishdan boshlagan.
• “Maync” etakchilaridan biri SHinji Okazaki o'tgan yozda, aynan, “SHtutgart“dan hozirgi jamoasi safiga kelib qo'shilgandi. Yaponiyalik futbolchi bu galgi raqibi safida 63 uchrashuvda maydonga tushgan bo'lib, o'n bor to'p kiritishga muvaffaq bo'lgan.
“Borussiya D” - “Augsburg”Dortmundning “Borussiya“ jamoasi shu paytga qadar “Augsburg“ga qarshi besh bor bahs olib borgan. Ulardan to'rt tasida “sariq-qoralar“ning qo'li baland kelgan. To'plar nisbati 15:3. Qiziq, bugun ushbu ananaga barxam berilarmikan?! Yoki “Borussiya D“ yana zafar quchadimi?
• “Borussiya D“ qishki tanaffusga chiqish oldidan o'tkazilgan uch uchrashuvda bir ochko! to'play oldi, xolos. Bugungi raqib esa aksincha, ettita.
• Robert Levandovski bu mavsumning ilk davrasida 11 marta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Bu bilan u 2012-2013 mavsumdagi natijasini bitta golga yaxshilay oldi.
• Levandovski “Augsburg kushandasi“ nomini olgan. U bu jamoaga qarshi o'tkazilgan besh o'yinda etti marta raqiblar darvozabonini hafa qilishga erishgan.
• Xabaringiz bor, Mats Xummels jarohati bois birinchi davraning ko'plab uchrashuvlarini o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi. U qatnashmagan o'yinlarda “Borussiya“ ikki marta yutdi, ikki marta durrang o'ynadi, uch bor mag'lubiyatga uchradi. Ko'rib turganingizdek, Xummelsning o'rni jamoasi uchun juda bilindi…
• Roman Vaydenfyoller o'zining yubiley - 300-o'yini arafasida turibdi. Ushbu posbon o'zining ishonchli o'yinlari bilan halihamon bundesliga fanatlarini xushnud etib kelmoqda.
“Ayntraxt F“ - “Gerta“Tur doirasidan joy olgan yana bir uchrashuv Mayn daryosi bo'yida joylashgan Frankfurt shahrida bo'lib o'tadi. Unda mezbon “Ayntraxt“ poytaxtlik mexmon - “Gerta“ni qabul qiladi. Ikki azaliy “dushman“ o'rtasida o'tkazliadigan bahs ham ko'pchilik uchun ahamiyatli o'tishi kutilmoqda. Zero berlinliklar ancha ishonchli, mezbonlar esa aksincha jozibasiz o'yin namoyish etishmoqda. Ammo bu jamoalarning qarama-qarshiligi doim muxlislar etiborida bo'lib kelgani bizni ham bu bahsni tomosha qilishga unadasa neajab…
• Yil boshida Evrokuboklarda qatnashishni maqsad qilgan “Gerta“ o'z maqsadidan og'ishmay o'yin ko'rsatib kelmoqda. Ular bu shijoatni ikkinchi davrada ham davom ettira olishadimi, degan savol ko'pchilikni qiziqtirmoqda.
• Frankfurtda bo'lib o'tgan oxirgi etti uchrashuvdan faqat bittasidagina mezbonlarning qo'li baland kelgan. Qolganlarida, “Gerta“ o'zi uchun ijobiy natija qayd etishni uddalay olgan.
• Mezbonlar ustozi Armin shu paytga qadar o'zi boshqargan hech bir jamoa bilan “Gerta“ni mag'lub eta olmagan.
• Frankfurtliklar bu mavsumda o'z uyida bo'lib o'tgan bahslardan hali birortasida ham zafar qucha olmadi.
• Bu bahsda Adrian Ramosdan muxlislarning umidlari katta. Bu hujumchi Robert Levandovski bilan bir xil 11 ta gol urgan. Agar u bu safar ham raqiblar darvozasini ishg'ol etadigan bo'lsa to'purarlar ro'yxati etakchisiga aylanib olish imkoniyatiga ega bo'ladi.
“Verder“ - “Ayntraxt B“Bu ikki jamoalar bahsiga bo'lgan muxlislar etibori biroz pastroq ekanini etirof etishimiz lozim. Boisi ustunlik yaqqol mezbonlar tomonida. Qolaversa, jamoalarning so'nggi sakkiz to'qnashuvida omad faqat “Verder“ga kulib boqqan. 22:2 to'plar nisbati bilan ustunlik qilayotgan “mashshoqlar“ uchun bu o'yin xuddi oddiy tayyorgarlik o'yinidek o'tishi tahmin qilinmoqda.
• “SHimol derbisi“da g'alaba qozonish borasida Bremenlik mashshoqlar etakchi sanalishadi. Ular umumiy o'yinlarning 45 foizida zafar quchishgan. Braunshvaygliklar esa 31 foiz uchrashuvlarni o'z foydalariga hal etishga muvaffaq bo'lishgan. Bellashuvlarning 24 foizida esa durrang natija qayd etilgan.
• Ikki jamoaning oxirgi 18 ta to'qnashuvining hammasida bremenliklar bir marta bo'lsa ham gol kiritishga muvaffaq bo'lishgani diqqatga sazovor natijadir.
• Yana bir etiborga molik jihat shuki, “Aytntraxt“ Braunshvayg 1984 yildan buyon ilk marta yuqori bundesliga o'yinida Bremenda mehmon bo'lmoqda.
• “Ayntraxt“ etakchisi Karim Belarabi yoshlik chog'i olti yil “Verder“ akademiyasida futbol bilan shug'ullangan. U bu turda o'zining ilk saboqlarini olgan jamoasiga qarshi bahs yuritadi.
“Gamburg“ - “SHalke 04“18 turning so'nggi uchrashuvida “Gamburg“ va “SHalke 04“ jamoalari o'zaro bahs yuritishadi. Turnir jadvalining nechanchi pog'onasida joylashishlaridan qatiy nazar bu ikki jamoaning to'qnashuvi har doim muxlislar etiborini o'ziga tortib kelgan. Bu safargi uchrashuv ham murosasiz o'tishi tahmin qilinmoqda. “Gamburg“ning ishlari unchalik yaxshi ketmayotgan bo'lsa-da, jamoa “SHalke“dek azaliy raqib bilan o'tadigan uchrashuvga qattiq tayyorgarlik olib bordi. Bu samara beradimi yoki yo'qmi – bunisi bizga qorong'u. Biz sizga faqat uchrashuvni tomosha qilishni maslahat beramiz!

Fikrlar