So’nggi yangiliklar

15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  0 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  2 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  1 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  4 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  12 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  16

Bundesliga: 13 tur uchrashuvlari murabbiylar nigohida Yangiliklar

Bundesliga: 13 tur uchrashuvlari murabbiylar nigohida

Germaniya bundesligasining 13 turi ham nixoyasiga etdi. Bu tur qiziqarli bahslar, kutilmagan natijalar va yangi rekordlarga boy bo'ldi.
Uchrashuvlarda qayd etilgan hisoblar to'g'risida malumot bergan edik. Endi navbat jamoalar ustozlarining fikrlariga. O'ylaymizki, murabbiylarning bahs to'g'risida bildirgan fikrlari sizni befarq qoldirmaydi.

"Borussiya" Dortmund  "Bavariya" 0:3

Yurgen Klopp ("Borussiya" Dortmund): "Menimcha ikkinchi va uchinchi gollar biz uchun ortiqcha bo'ldi. Ha, tan olish lozim, "Bavariya" bugun o'z o'yinini ko'rsata oldi. Ular to'pga ko'proq egalik qildilar. Hisob ochilguniga qadar bizda ham gol urish uchun imkoniyatlar bo'layotgandi. Hatto 1:1 o'ynashimiz ham mumkin edi. Ammo buning uchun yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish zarur edi. Turnir jadvalidagi o'rnimizga kelsak, meni bu masala unchalik tashvishga solayotgani yo'q."

Xosep Gvardiola ("Bavariya"): "Qarshi hujumlar uyushtirish borasidagi dunyoning eng yaxshi o'yin namoyish etadigan klubi ustidan g'alaba qozonganimizdan juda ham mamnunmiz. Yaxshiki, Blashchikovskiy, Roys, Mxitaryan kabi tezkor o'yinchilarni vaqtida to'xtatishni uddalay oldik. O'yinning dastlabki choragini yaxshi o'tkazdik. Lekin keyingi 30 daqiqada o'yinimiz qovushmadi. Ikkinchi bo'limda esa Tiago, Gyotce, Kroos va Lamm kabi o'yinchilarimizning faol harakatlari tufayli vaziyatni o'z foydamizga xal etdik."


"Ayntraxt" Frankfurt - "SHalke 04" 3:3

Armin Vey ("Ayntraxt" Frankfurt): "Uchrashuv boshidanoq futbolchilarimizda biroz hayajon borligi yaqqol sezilib qoldi. O'tkazib yuborilgan avtogol ham bunga bir misoldir. Bugungi bahsni yutish biz uchun juda ham muhim edi. Ammo amalda hammasi bunday bo'lib chiqmadi."  

Yens Keller ("SHalke 04"): "Muxlislar uchun ajoib onlarni taqdim etgan o'yin guvoxi bo'ldik. Bahs davomida bir qancha xatolarga yo'l qo'yilgan bo'lsa-da, jamoam ko'rsatgan o'yindan ko'nglim to'ldi. 2:3 hisobida yutqazib turib, gol urishni eplay olganimizdan xursandman. Durrang o'yinga mos natija bo'ldi."


"Gerta" - "Bayer" Leverkuzen 0:1

Yos Luxukay ("Gerta"): "Nima deyishga ham xayronman. Match statistikasiga ko'z tashlaydigan bo'lsam, kechasi ko'zimga uyqu kelmasa kerak. Biz "Bayer" bilan tengma-teng o'yin olib bordik, bazi jabhalarda xatto ustunlik ham qildik. Lekin natija biz uchun ijobiy ko'rinish olmadi. Meni xafa qilgan narsa  yaratilgan shuncha imkoniyatning birortasidan ham foydalana olmaganimiz bo'ldi."

Sami Xyupiya ("Bayer" Leverkuzen): "Natijadan qoniqish xosil qildim. Kutganimdek, qiyinchilikka duch keldik. "Gerta" bizga anchagina tashvish keltirishga urindi. SHunday bo'lsa-da, o'yindagi yagona gol bizning hisobimizga yozildi va uch ochko bilan uyga qaytyapmiz."


"Ayntraxt" Braunshvayg - "Frayburg" 0:1

Torsten Liberknext ("Ayntraxt" Braunshvayg):
"Avvalgi o'yinlarga qaraganda bugun ko'proq vaziyatlar yarata oldik. SHu jihat meni ancha xursand qildi. Endi yaratayotgan vaziyatlarimizdan unumliroq foydalanishni ham o'rganmog'imiz lozim. Bir so'z bilan aytganda, alamli mag'lubiyatga uchradik…"

Kristian SHtrayx ("Frayburg"): "O'yinni yaxshi tashkil eta oldik deb o'ylayman. Bugungi uchrashuvda kim birinchi bo'lib hisobni ochsa, o'sha g'alaba qozonardi. Xayriyatki, o'yin taqdirini xal qilgan golni urish bizga nasib etdi."


"Nyurnberg" - "Volfsburg" 1:1

Gertyan Verbek ("Nyurnberg"):
"Uchrashuvning dastlabki 15 daqiqasida yaxshi o'yin namoyish etdik. Ammo undan so'ng "Volfsburg" tashabbusni to'laligicha qo'lga oldi va bizga deyarli imkoniyat qoldirmadi. SHu sababdan ham durrangni qoniqarli natija bo'ldi deb ayta olaman." 

Diter Xekking ("Volfsburg"): "Nyurnberglik do'stlarimni xafa qilmagan holda aytgan bo'lardim, bugun g'alabaga faqat "Volfsburg" gina munosib edi. Biz juda mazmunli o'yin ko'rsatdik. Ketma-ket xavfli vaziyatlar yaratdik. Ming afsuski, yaratilgan shuncha qulay vaziyat ko'kka sovurildi. Ko'rinib turibdiki, bu borada hali ko'p ishlashimiz lozim ekan…"


"Augsburg" - "Xoffenxaym" 2:0

Markus Vayncerl ("Augsburg"):
"Ajoib o'yin ko'rstadik deb o'ylayman. Uch ochko qo'lga kiritishimizda yakkakurashlarda ustunlik qilganimiz katta ahamiyatga ega bo'ldi. Birinchi bo'limda erkin o'ynagan bo'lsak-da, ikkinchi bo'limda ko'proq himoyalanishimizga to'g'ri keldi. Ammo biz darvozamizdan to'p o'tkazib yubormadik va xaqli g'alabaga erishdik."

Markus Gizdol ("Xoffenxaym): "Futbolchilar bilan jiddiy gaplashib olishim kerakka o'xshaydi. Agar birinchi taymda ko'rsatgan o'yinimiz keyingi uchrashuvlarda ham davom ettiriladigan bo'lsa ijobiy natijadan umid qilishga umuman asos bo'lmaydi. Yaxshiki, faqat ikkita to'p o'tkazib yubordik… Jamoam bilan endi boshqacha yo'nalishda ishlayman shekilli…"


"SHtuttgart" - "Borussiya" Myonxengladbax 0:2

Tomas SHnayder ("SHtuttgart"):
"Gladbax" o'yini turdan-turga kuchayib borayotgani ko'rinib turibdi. Ular bugun bizdan bir qadam oldinda ekanliklarini isbotladilar. Bizga bo'lsa biroz sovuqqonlik va omad etishmadi. Raqibni yutuq bilan tabriklayman."

Lyusian Favr ("Borussiya" Myonxengladbax): "Bugun biz eng yaxshi o'yinlarimizdan birini o'tkazdik. Deyarli 70 foizga o'yinni nazorat qilishni uddasidan chiqdik va xaqli g'alabaga erishdik. Hisobni 3:0 yoki 4:0 ga qadar olib borishimiz ham mumkin edi, ammo biroz bo'shashib qoldik. Endi bizda jami 25 ochko bor va to'plar nisbati ham juda ajoib ko'rinish olgan. Bu quvonarli, albatta. Ammo biz halihamon jamoa o'zagini tashkil etish ustida ish olib bormoqdamiz. Bu jarayon hali nixoyasiga etganicha yo'q. SHunday bo'lsa ham qo'lga kiritilgan uch ochkodan juda mamnunman."


Zoxirjon Akramxonov tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика