Bundesliga 12-turi bizga nimalarni taqdim qiladi?
09 noy 2013 17:54
Yangiliklar


Bundesliga 12-turi bizga nimalarni taqdim qiladi?
“Bavariya". Myunxenliklar bu turga juda yaxshi kayfiyatda etib keldilar. Hafta o'rtasida “Bavariya” futbolchilari “Viktoriya Plzen” ga qarshi kechgan uchrashuvda g'alaba qozonib, CHL pley-off masalasini muddatidan oldin hal qildilar. Qolaversa, Myunxenliklar “Augsburg” ga qarshi o'yinni ham g'alaba bilan yakunlashni uddalasalar, Bundesliga tarixidagi yana bir rekordni yangilash imkoniga ega bo'ladilar. Pep Gvardiola shogirdlari 36 o'yindirki, mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqdalar. Mana shu omillar sabab Myunxen super-klubi muxlislari g'alabaga umid bog'lamoqdalar. Ammo “Augsburg” ni engish oson bo'lmaydi. Sababi Bastian SHvaynshtayger bu baxsda jonajon klubiga yordam bera olmaydi. Ammo Pep Gvardiola SHvaynshtayger o'rnini Arien Robben bilan to'ldirmoqchi. Ko'ramiz, golland bu vazifani qanday uddalarkin…
“Augsburg”. Markus Vayncerl shogirdlarining ham shashtlari baland. Ular Myunxenga mag'lubiyatga uchrash uchun tashrif buyurganlari yo'q! Jamoa bosh murabbiyining takidlashicha, “Augsburg” Allianc-Arenada sensaciya ko'rsata oladi. Buning uchun jamoadagi hamma o'yinchilar birlashishlari lozim.
Ha, “Augsburg” futbolchilaridan sensaciya kutsak bo'ladi. Sababi bu jamoa Myunxenda shu paytgacha etti bora mexmon bo'lgan bo'lib, to'rt bora g'alaba qozonishni uddalaganlar! SHuningdek, klubda jaroxat yoki boshqa bir sabab bilan maydonga tusha olmaydigan futbolchilar yo'q.
Kuzatamiz, Myunxenliklar yangi rekord o'rnatishni uddalashadimi yoki “Augsburg” Allianc-Arenaning “eng sevimli” mexmon jamoasi ekanini yana bir bor ko'rsatadimi…
SHalke 04 - : - Verder Bremen
“SHalke 04". Gelzenkirxenlik futbolchilarga oxirgi vaqtlarda unchalik omad etishmayotgandek. Ular CHL da ham “CHelsi“ ga yirik 0-3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydilar. Jamoaga o'z o'yinini topib olish uchun bir g'alaba zarurdek ko'rinmoqda. „ Biz “Verder“ ga qarshi bor imkoniyatimizni ishga solamiz va yaxshi natija uchun kurashamiz.“, - deb aytib o'tdi Gelzenkirxenliklar ustozi Ens Keller. „ Bizda jaroxat tufayli maydonga tusha olmaydiganlar bor. Ammo kishini quvontiradigan yangiliklar ham yo'q emas. Yulian Draksler va Kevin-Prins Boatenglarning holatlari yaxshilanmoqda.“ „SHalke“ ning uyda to'p surishini hisobga olsak, jamoa o'z muxlislari oldida faqat va faqat g'alaba uchun o'ynashini taxmin qilishimiz mumkin.
“Verder Bremen". Robin Dutt shogirdlari ham bu o'yinga puxta hozirlik ko'rdilar. Bremenlik „mashshoqlar“ Gelzenkirxenda qanday bo'lsada ochko olish uchun kurashishadi. „“SHalke“ bundesliganing eng etakchi to'rt klubidan biridir. Buni juda yaxshi bilamiz. Lekin biz ham ijobiy natija uchun harakat qilamiz. Bunda bizga so'nggi daqiqalardagi faollik qo'l kelishi mumkin.“, - deb aytib o'tdi „Verder“ ustozi Robin Dutt.
Bu baxsda ham mezbonlarning imkoniyati biroz yuqoriroqdek ko'rinmoqda. “SHalke“ ning uyda o'ynashi ham ustunlikka sabab bo'lgandek. Ammo bundesligada har narsa yuz berishi mumkin.
Bayer Leverkuzen - : - Gamburg
“Bayer“. „Dorishunoslar“ da hammasi o'z joyida. CHL da ham, bundesligada ham Leverkuzenlik futbolchilar bir maromda o'yin olib bormoqdalar. Doneckda qayd etilgan nursiz durrangdan so'ng „Bayer“ o'z maydonida g'alaba qozonishi talab etiladi. Muxlislarning qo'llab-quvvatlashi ularga katta ko'mak berishi mumkin. Zero, Sami Xyupia o'z shogirdlaridan faqat maksimal natija kutmoqda.
“Gamburg“. Gamburgliklar so'nggi turdagi mag'lubiyatdan so'ng biroz tushkun kayfiyatga tushib qolishgan. Myonxengladbaxning “Borussya“sidan o'tkazib yuborilgan ikkala to'pda ham jamoa o'yinchisi Lasse Sobiex sustkashlikka yo'l qo'ydi va u bir haftadan buyon tanqid qilinmoqda. „ Lasse bilan gaplashib oldim. Hammasi joyida, u shanba kuni o'ynaydi.“ – deb tanqidchilarga javob berdi jamoa ustozi Bert van Marveyk. Turnir jadvalidagi holatdan kelib chiqadigan bo'lsak, Gamburgliklar uchun ochko – suv va havodek zarur.
Bu o'yin muxlislarga ajoib sovg'alarni taqdim etishi extimol. Nafaqat Leverkuzenliklar, balki Gamburglik futbolchilar ham faqat va faqat 3 ochko uchun kurashishlarini taxmin qilishimiz mumkin. Turning eng qiziqo'tishi kutilayotgan o'yinlaridan biri – shubxasiz “ Bayer Leverkuzen“ va “ Gamburg“ o'yinidir.
Volfsburg - : - Borussiya Dortmund
“Volfsburg“. „Bo'rilar“ turnir jadvalida 5-pog'onani band etib turishibdi. Ularning oxirgi uch baxsda 9 ochko olishni uddalaganliklari Dortmundliklar uchun ogoxlik qo'ng'irog'i bo'lishi mumkin. Ammo “Volfsburg” safida jamoaning etakchisi – Diego maydonga tusha olmaydi. Braziliyalik pleymeykersiz “bo'rilar”qanday o'yin ko'rsatishar ekan?! Mana shu biz uchun juda qiziq. Jamoalar imkoniyatlariga kelsak, imkoniyatlar bu baxsda deyarli teng baxolanmoqda.
“Borussiya” Dortmund. Sariq-qoralar uchun “Volfsburg” ga qarshi kechadigan baxsda ochko olish juda ham muhim. Aks xolda, Leverkuzenliklar “Borussiya“ ga ancha yaqinlashib olish imkoniga ega bo'ladilar. Ammo bu baxs Dortmundliklar uchun oson kechmaydi. Jamoaning asosiy tarkib futbolchisi sanalgan Yakub Blashchikovskining bugun maydonga tushishi so'roq ostida turibdi.
Bundesliganing ikki nomdor klubi o'rtasidagi baxs anchagina qiziqo'tishi kutilmoqda. Jamoalar holatidan kelib chiqqan holda, imkoniyatlarni deyarli bir xil deb aytish mumkin.
Ko'rib turganingizdek, bugun ham bundesligada bir qator qiziqarli o'yinlar bo'lib o'tadi. Biz esa sizga o'yinlarni kuzatishni maslahat beramiz. Natijalar bilan esa keyinroq batafsil tanishtirib o'tamiz.
Zoxirjon Akramxonov tayyorladi

Fikrlar