So’nggi yangiliklar

00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  0 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  14 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  28 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  6 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  18

Bundesliga: 1-davra yakunlari haqida Yangiliklar

Bundesliga: 1-davra yakunlari haqida

Teglar :  Bundesliga
Germaniya chempionatining birinchi davra o'yinlariga o'tgan haqtada yakun yasaldi.

SHu tariqa jamoalar 1 oylik qishki tanaffusga chiqib ketishdi. O'tgan 17 tur mobaynida turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan Dortmundning "Borussiya" jamoasi atigi 1 mag'lubiyat va 3 durang qayd etdi. Lyusen Favr jamoasi qolgan 13 uchrashuvda raqiblaridan ustunlikka erishdi. Mavsumni muvaffaqiyatsiz boshlagan, ammo davraning ikkinchi qismida o'z o'yinini topishga ulgurgan "Bavariya" 36 ochko to'plagan holda birinchi davrani ikkinchi pog'onada yakunladi. Kuchli-uchlikni esa boshqa bir "Borussiya" yakunlab berdi. Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasi Dortmunddan 9, "Bavariya"dan 3 ochko kam jamg'argan holda uchinchi pog'onani band etmoqda. "Leypcig" esa ECHL yo'llanma beruvchi oxirgi o'rinda bormoqda. "Volfsburg" va "Ayntraxt" esa birinchi davrani evrokuboklarga yo'llanma beradigan hududda yakunladi.

CHempionatda atigi ikkitadan g'alaba qozongan "Nyurnberg" va "Gannover" esa 11 ochkodan jamg'arib eng pastki o'rinlarni band etib turishibdi. Pley-off hududidan esa "SHtutgart" jamoasi o'rin olgan.


Qiziq fakt:
Eng kam gol o'tkazgan jamoa - "Leypcig" (-17)
* Eng ko'p gol o'tkazgan jamoa - "Nyurnberg" (-38)
* Eng ko'p gol urgan jamoa - "Borussiya" Dortmund (44)
* Eng kam gol urgan jamoa - "SHtutgart" (12)
* Eng ko'p g'alaba qozongan jamoa - "Borussiya" Dortmund (13)
* Eng kam g'alaba qozongan jamoa - "Gannover", "Nyurnberg" (2)
* Eng ko'p durang qayd etgan jamoa - "Xoffenxaym" (7)


Bundesliga to'purarlari - Luka Yovich ("Ayntraxt") va Pako Alkaser ("Borussiya" Dortmund) - 12


Bundesliganing eng yaxshi assistenti - Sebastyan Xaller ("Ayntraxt") - 8 uzatma


Eng ko'p quruq o'yin o'tkazgan darvozabon - Peter Gulashi ("Leypcig") - 7 quruq o'yin


Bundesliga birinchi davrasidan keyingi turnir jadvali


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика