So’nggi yangiliklar

10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  0 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  0 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  4 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  15 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  45 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  52

Bundesliga: 1-davra yakunlari haqida Yangiliklar

Bundesliga: 1-davra yakunlari haqida

Teglar :  Bundesliga
Germaniya chempionatining 17-turi doirasidagi barcha o'yinlar yakunlandi.

SHu bilan Germaniya Bundesligasi bir oylik tanaffusga chiqdi.

Kutilganidek "Bavariya" birinchi davrani peshqadam sifatida yakunladi va qishki chempionga aylandi.

Domeniko Tedesko qo'l ostidagi "SHalke" esa birinchi davraning ikkinchi qismini ajoyib tempda o'tkazdi va davrani ikkinchi o'rinda tugatdi.
28 ochkodan to'plagan bir yo'la to'rt jamoa - "Borussiya" D, "Bayer", "Leypcig" hamda "Borussiya" M esa 3-6 o'rinlarni bo'lishib turishibdi.

O'tgan mavsumni ko'tarinki ruhda o'tkazgan "Xoffenxaym" uchun esa mavsumning dastlabki qismi ko'ngildagidek kechmadi.
Bundesliga bronza medallariga ega chiqqan jamoa joriy mavsumning birinchi davrasini 7-pog'onada yakunladi.

"Xoffenxaym"da barqarorlik yo'qolgan. Yulian Nagelsmann tanaffusda aynan shu muammo ustida bosh qotirsa kerak.

O'tgan mavsumga nisbatan ko'tarilishga erishgan jamoalar ro'yxatiga "Bayer", "Borussiya" Myonxengladbax hamda "SHalke"ni alohida qo'shish mumkin.

Xayko Xerlixx "dorishunoslar"ni qaddini ko'tarishida muhim rolni bajardi. "Bayer" birinchi davra o'rtasiga kelib natijalarini keskin yaxshiladi va natijada birinchi davrani "kuchli to'rttalik"da tugatdi.

Birinchi davraning eng yaxshi mutaxassisi haqida gap ketadigan bo'lsa, unda "SHalke" bosh murabbiyi Domeniko Tedeskoni aytish mumkin. Tedesko "SHalke"ni qisqa vaqt ichida qaytadan shakllantira oldi. Jamoaning nafaqat o'yini, balki natijasi ham keskin yaxshilandi. O'tgan yili "yo'qolib" qolgan gelzerkirxenliklar ayni paytda nazariy jihatdan "Bavariya"ga chempionlik uchun raqobat qilishi mumkin bo'lgan eng yaqin raqib bo'lib turibdi. Bu albatta Domeniko Tedeskoning xizmatlari.


Birinchi davraning eng kutilmagan voqeasi, sensaciyasi bu so'zsiz - "Kyoln" qayd etgan natijalar. Jamoa faqatgina birinchi davra yakuniga kelib mavsumdagi dastlabki g'alabasini nishonladi.


To'purarlar ro'yxati


Bundesligada eng yaxshi assistent (9ta golli pas) bo'lib turgan Filipp Maks 


Turnir jadvali


Bundesliga. 1-davra ramziy terma jamoasi:

Darvozabon: Sven Ulrayx ("Bavariya")

Himoyachilar: Filipp Maks ("Augsburg"), Naldo ("SHalke"), Xummels ("Bavariya"), Marsel Xalstenberg ("Leypcig")

Yarim himoyachilar: Maksimilian Filipp ("Borussiya" D), Nabi Keyta ("Leypcig"),  Daniel Kalidjuri ("SHalke"), Leon Beyli ("Bayer")

Hujumchilar: Robert Levandovski ("Bavariya"), Mark Ut ("Xoffenxaym")

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика