So’nggi yangiliklar

14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  4 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  6 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3 11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  5 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  5 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  40 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  20 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  27 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  3 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  15 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  19 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  41 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3

Bundan 33 yil avval "Lion" yo'q bo'lib ketishi mumkin edi. Klubning bugungi darajaga etishiga prezident Jan-Mishel Ola sababchi Yangiliklar

Bundan 33 yil avval "Lion" yo'q bo'lib ketishi mumkin edi. Klubning bugungi darajaga etishiga prezident Jan-Mishel Ola sababchi

"Siti"ni ortda qoldirib, endi "Bavariya"ni taslim etishga kirishgan "Lion"ning siz bilmagan tarixi haqida. Barchasi klub prezidenti Jan-Mishel Ola sharofati bilan bo'ldi.

"Manchester Siti"ga francuzlarning "tishi o'tmaydi" deyishga shoshilmang. Sababi, hattoki javob o'yinidan oldin ham ko'pchilik "Yuventus"ni keyingi bosqichga yo'l oladi degandi. Lekin bugun siz bilan biroz boshqa narsa haqida, yani francuz klubining yaqin o'tmishidagi siz bilmagan qiziqarli faktlar haqida suhbatlashamiz.    

1987 yil "Lion" 2 Ligadan tushib ketish arafasida turardi, kattagina qarzi bor va umuman olganda maqsadsiz klubga aylanib qolgandi. 

SHaharda ham klubni hech kim yoqtirmasdi, unga muxlislik qilishmasdi. "Olimpik" muxlislari va kelajagi yo'q klub edi.

Autsayder boshqaruvini qo'lga olar ekan Olas vada berdi: "Tez orada biz evrokuboklarda bo'lamiz". Va so'zida turdi. "Lion" avvaliga Ligu 1"ga, keyin Evropaga chiqti va yangi asrda 17 sovrinni qo'lga kiritib, moliyaviy jihatdan dunyoning eng stabil klublaridan biriga aylana oldi. L’Equipe jurnalisti Vensan Dyulyuk Olasni francuz futboli tarizidagi eng yaxshi prezident deb atadi.

Klubning ulkan muvaffaqiyati birgina shu inson tufaylidir.

Jamoaga bayramdagi bir og'iz so'z tufayli kelgan va manibolning francuzcha versiyasini o'ylab topgan

Olas xarakterini tushunishingiz uchun, ushbu faktga etibor qarating: u obro'li intelligent oilada voyaga etdi, hech nimaga zoriqib katta bo'lmadi, lekin ota-onasi bilan sudlashishgacha borgan - sabab hali voyaga etmay turib, o'z biznesi boshlamoqchi edi. U qaror qabul qilishdan qo'rqmaydi, jasur va tavakkaldan cho'chimaydi.

"Lion"ga kelish aynan tavakkalchilikning o'zginasi edi. Bo'lajak prezidentni shahar rahbarlari ko'ndirgan, ularga esa bu fikrni "Marsel" xo'jayini Bernar Tapi bergandi – kazolarning bir bayramida Olasni rossa maqtagan. "Men hatto ish strategiyasini tuzib ulgurmay, "Lion"ga yordam berishga rozi bo'ldim – shunchaki klub boshqaruvi va qarzlarini bo'ynimga oldim", – aytib bergan ishbilarmon.


Olas ishni uslub yaratishdan boshladi. 80-yillarda chiptadan keladigan foyda umumiy foydaning katta qismini tashkil etardi va klubga muxlislar kerak edi. Qizig'i, aynan mahalliy muxlislar. Boss yangi "Lion" yaratdi – shahar ritmiga hamohang va ham maydonda, ham moliyaviy tomondan kuchli klub yarata oldi.

"Men do'stim Bernar Tapiga murojaat qildim. U menga boshqalarga o'xshamaslikka intilish zarurligini aytdi, – yodga oladi Olas. – Yana u menga yaxshi va yomon "kop" kerak bo'lishini aytdi. Ularning yaxshisi direktor Bernar Lyakomb bo'lgan bo'lsa, yomoni – bosh murabbiy Raymon Domenek edi".


SHunday qilib, yangi davrning ikki asosiy qoidasi vujudga keldi:

a) tezkor vertikal futbol, bor kuchini berib o'ynash va barcha ortiqcha harakatlardan voz kechish;

b) klubning sobiq o'yinchilariga ishonch bildirish (Olas davridagi murabbiylarning 17 dan 10 nafari oldin "Lion" tarkibida maydonga tushgan sportchilar edi), shu yo'l bilan usul avloddan-avlodga ortiqcha qiyinchiliksiz o'tib keldi. Bu ish berdi – "Lion" tezda yo'lini topdi va mashhur bo'lib ketdi. Ammo cho'qqiga uni yolg'iz uslubi olib chiqqani yo'q.


90 yillar oxiriga kelib klub o'z imidjiga ega brendga aylanib ulgurdi. Ishqibozlar esa nafaqat Lion shahridan topilardi. Lekin yangi asrning dastlabki yillari barchasini hal qildi. Olas original transfer modelini ishlab chiqdi. Bu principlar bugungi kunda ham qo'llanib kelinadi - o'z davrida esa zamondoshlaridan ilgarilab ketish deb qaralgan.


1. Futbol bozorini tushunib bo'lmaydi. Bazi futbolchilarga keragidan ko'p pul to'lanadi, boshqalarini qadrlashmaydi. "Lion" ikkinchi tipdagilarni sotib olar va birinchi guruh vakillarini sotardi. Barchasi oddiy. Klub har bir futbolchining narxini uning o'yin darajasi, yoshi, maoshi va avvalgi karomatlaridan kelib chiqib belgilardi. Agar kimdir ko'proq taklif qilsa, uni ikkilanib o'tirmay, sotib yuborishadi. Jamoada undan kuchli futbolchi bo'lmasa ham. "Transferlar – bu futbol emas, oldi-sotdi, bu erda foyda ko'rish muhim. Agar taklif real narxdan yuqori bo'lsa, masalani cho'zish kerak emas", – deydi Olas. O'sha vaqtlarda Billi Bin beysbolda manibolni ilgari surardi – Olas shunga o'xshash ishni futbolda qo'lladi.

Futbolist = aktiv (iqtisodiy qarashdagi). Buni nimasi yangilik, barchasi oddiyku dersiz, lekin 90 yillar oxiri uchun unday emasdi. Bundan ham muhimrog'i "Lion" transferni qanday tayyorlashi bo'lgan. Har bir futbolchining bozordagi real narxi, uning darajasi va yoshi umulashtirilib, muntazam tahlil qilib borilgan. Klub etakchisi qaysi pallada o'zining eng yuqori nuqtasiga (ham o'yin, ham narx borasida) chiqishini avvaldan tahmin qilib, o'sha palla kelishi bilan ishga kirishardi. O'rinbosar esa avvalroqdan tanlab qo'yiladi. "Biz kimnidir sotishdan yarim yil - bir yil avval unga o'rinbosar topib qo'yamiz, – tushuntiradi Olas "Financial Times"ga. – Essen ketganda, bizda uning o'rniga tayanch yarim himoyachilar bor edi. Sal o'tib, Tyago varianti chiqdi va uni Essen transferidan tushgan pulning 25%ni sarflab qo'lga kiritdik".

2. Barcha transfer qilinishi mumkin bo'lgan futbolchilar 20 yoshdan katta bo'lmasligi kerak – hali futbolchining narxi oshib ketmagan, lekin u o'z salohiyatini isbotlab ulgurgan. "Biz "CHelsi", "Arsenal" yoki "Real"dan sarmoya kiritishni yaxshiroq uddalaymiz, – maqtangandi boss. – Biz strategik xaridlarni amalga oshiramiz, o'z mamlakatida asosiy iqtidor hisoblangan 20 yoshlar atrofidagi futbolchilarni tanlaymiz va kuzatishni boshlaymiz. Top-chempionatlardan "Lion" faqatgina u futbolchi uchun asl narxidan kamroq summa to'lasa, bu transfer amalga oshadi;

3. Barcha transferlar klub falsafasiga mos tushishi zarur. "Lion" maydonda faqatgina dribling va fintlar ko'rsatib, samara bermaydiganlarga qiziqmaydi. Minimallik va samaradorlik – hatto maydonda ham.

4. Qarorlar birgalikda qabul qilinadi. Olas transfer qo'mitasini yaratdi, u har bir transferni atroflicha o'rganib chiqadi. Hozir bunday qo'mitalar ko'plab top-klublarda bor, lekin "Lion" bu ishni futbol dunyosida prezidentlar o'zlariga yoqqan futbolchilarni, o'z yonidan pul sarflab sotib olgan va bu borada kerak bo'lsa, murabbiy bilan ham maslahatlashib o'tirmagan davrlarda amalga oshirgan.

"Olas – uzoqni ko'ra oladigan inson. U o'ziga xos tendenciyalarni boshqalardan avval sezadi", – deb hisoblaydi klub afsonalaridan biri Sonni Anderson;

5. "Lion" Braziliya bozoriga to'g'ridan-to'g'ri kirgan ilk top-klub bo'ladi. Avvallari gigantlar Braziliyaga boshqacharoq munosabatda bo'lardi – yangi futbolchi butkul boshqa qita va qoidalarga qanchalik moslasha olishini hech kim bilmasdi. SHu sababli ular yulduzlarni Evropa klubida malum muddat o'ynagach, xarid qilishardi va kamdan-kam bu holat o'zgarardi. Hattoki Ronaldo va Ronaldino ham top-klublarga PSJ (parijliklar sezib ulgurganingizdek u paytlar hozirgidek obro'ga ega emasdi) va PSV orqali o'tgan.

Olas buni o'zgartirdi. U Braziliyaga "Lion"ning sobiq sardori Marseloni yubordi – futbolchi maydondagi davrida ham doim faqatgina futbolchilikdan ko'prog'iga qodirligi sezilib turardi. Marselo qisman agent, qisman skaut bo'lib ishlardi. U bir vaqtning o'zida iqtidorlar bilan o'zi uchun ham, "Lion" uchun ham shartnoma imzolardi va ikki qoidaga amal qilardi:

a) yangi futbolchi kuchli xarakterga ega bo'lishi kerak;

b) u top-klublar etiboriga tushib ulgurmagan iqtidor bo'lishi zarur – shunda arzonga sotib olsa bo'ladi.

"Lion"ning o'zida adaptaciya bo'yicha menejerlar bor – ular braziliyaliklarga yordamlashadi.


Klub arzonga sotib olib, qimmatga sotgan eng yaxshi 10 transfer.

Buyuk davr, yangi asrning dastlabki yillari shunday edi. "Lion" etti yil Franciyada hukmronlik qildi, har yili bir-ikkitadan sovringa ega chiqar va chirnakamiga Evropa CHempionlar Ligasi bosh sovrini haqida o'ylardi. "Har mavsum "Lion" chempion bo'lishini bilardingiz", – jamoa qudratini tariflaydi Sonni Anderson. "Biz hech qachon ishimizga ortiqcha yuqori baho berib, bekorchilik qilib o'tirmaganmiz, – xotirlaydi Olas beIN SPORTS efirida. – Yildan yilga biz klubni kuchaytirish yo'lida mehnat qilardik".

Hukmronlik dastlabki o'nyillikning oxiriga to'g'ri keldi. O'shanda "Lion" titulsiz qoldi va transferlar borasida xatoga yo'l qo'ydi. Sotib yuborilgan etakchilarga o'rinbosar tanlashda klub o'z ananalaridan chetlashgan holda, yangi o'yinchilar uchun kattagina mablag' sarfladi (Bastos, Gomis, Lopes va Gurkyuff uchun 77 mln evro ishlatildi). Natijada, klub ikki marta yutqazdi – ham moliyaviy tomondan, ham maydonda. Oradan o'n yil o'tdi, "Lion" ancha avval avvalgi principlariga qaytdi, ammo endi boshqa muammo – butun mamlakat byudjetiga ega PSJ.

Olas uchun parijliklar bilan raqobat principial ahamiyatga ega. U jamoalar turli moliyaviy modellarni targ'ib etishini aytadi: "Bu mustahkam va suniy iqtisodiyot o'rtasidagi kurash. PSJ byudjeti biznikidan to'rt barobar ko'p". Hozir PSJ oldinda, lekin bu loyiha shayxlarning joniga tegmasligiga hech qanday kafolat yo'q. Ana o'shanda "Lion" yana birinchi bo'ladi. Hattoki Olassiz ham – sababi u bir asrlik poydevor yarata oldi.

Klub ko'proq foyda ko'ra boshladi, qarshiliklarga qaramay stadion qurdi va dunyodagi eng yaxshi akademiyalardan birini yaratdi

Bryuno Jenezo Olasning ushbu ishlardagi rolini barchadan yaxshiroq baholay olsa ajabmas. U Olas kelishidian avval ham "Lion" sharafini himoya qilardi, 8 yil u kelgandan keyin o'ynadi va yana 12 yil murabbiylik qildi. Klub evolyuciyasi haqida gapirarkan, Jenezo shunday dedi: "Olas "Lion"ni butun boshli institutga aylantirdi. Bu shunchaki klubdan ko'prog'i edi – bu brend, madaniyat, sifat belgisi edi".

O'zgarishlar klub restrukturizaciyasidan boshlandi. "Men doim bir qadam oldinda bo'lishga intilardim, – deydi Olas Le Monde vakili bilan suhbat chog'ida. – 30 yil avval, men klubga kelganimda barcha jamoalar kooperaciya ko'rinishida edi. Bugun esa deyarli hamma "Lion"ni o'rnak tariqasida ko'rsatadi".

"Lion" o'tgan o'ttiz yil davomida futbol chegaralaridan chiqib ulgurdi. Jenezo "Lion"ni institutga taqqoslaganda shunchaki bo'rttirib aytmagandi. Olas futbolda Olympique lyonnais - OLga ko'makchi kompaniya yaratdi mediada (OL Image), oziq-ovqatda (OL Brasserie), turizmda (OL Travels), merchandayzingda (OL Merchandising) va xizmat ko'rsatish sohasida (OL Organization). Ularning barchasi foyda keltiradi. "Deloitte" talqini bo'yicha "Lion" muntazam ravishda dunyoning eng ko'p daromad topadigan klublari reytingida top-20dan joy oladi. Korona inqirozidan avval klub foyda ko'rsatkichi bo'yicha shahsiy rekordini qayd etgandi (9 oyda 265 mln evro).


2018/2019 yilgi mavsumda "Lion"ning yillik balansi

Bunda 2016 yil ochilgan yangi "Grupama Stedium" yordam bermoqda. "Lion" – o'z stadioniga ega yagona francuz klubi va bu kattagina yutuq hisoblanadi: o'yin kunlaridagi foyda 11 million evrodan 42 milliongacha oshdi. Stadion – Olas ijodiga mansub. Lion aholisi arena qurilishiga qarshi chiqqan, ular soliqlar oshishi, va municipal byudjetga qo'shimcha og'irlik tushishidan tashvishda edi, lekin prezident eski qadrdonlarini ishga soladi: shahar meri va do'sti Jerar Kollon bilan aloqaga chiqadi va ko'p o'tmay, bosh vazir Fransua Fiyon arenani jamoatchilik qiziqishlarini aks ettiruvchi loyiha deb atadi. Olas davlat byudjetidan 250 mln evro oldi (bu pullarning deyarli barchasi infrastrukturaga sarflandi) va qurilishni yakunladi. Endi klub har yilni 6-7-millionn foyda bilan yakunlaydi – etiborlisi, bu "Lion" 145 millionlik kreditini to'lab borayotgandagi holat.

Arena mashg'ulot maydoni bilan deyarli qo'shilib ketgan, bu maydonda akademiya tarbiyalanuvchilari harakat qiladi. Olas uni poydevoridan boshlab o'zi qurdirgan va hozirga kelib, Franciyadagi eng yaxshisi va Evropada kuchli uchlikka kiradi deb hisoblaydi: "Bizning siyosatimizning qiyin joyi yo'q. Transfer bozori yiliga 5 milliard evroni tashkil qiladi. Mana nima uchun biz bolalar va qizaloqlarning tarbiyasiga alohida etibor beramiz. Biz eng yaxshi futbolchilarimizga "Real", "Man Siti" yoki "Barselona"ga o'tishni taqiqlay olmaymiz. SHu sababli, raqobatbardosh jamoa bo'lib qolishimizda bizga muntazam ravishda yangi va yangi iqtidorlar oqimi zarur. Bizning modelimiz butun Evropada tan olingan.

Olas akademiya masalasiga navbatdagi biznes-loyihadek qaradi: avvallari "Lion" 20 yoshli iqtidorlarni sotib olib, malum vaqtdan keyin o'z ulushini "qo'yib", sotib yuborardi. Endi esa jamoa o'z mahsulotini tayyorlab, sotmoqda. Oxirgi 20 yilda klub tizimidan Benzema, Ben Arfa, Marsyal, Malbrank, Fekir va Lyakazett kabi futbolchilar etishib chiqdi – bor yo'g'i bir necha nafar iqtidor sohiblaridangina "Lion" yuzlab million evro ishlab oldi.

"Lion"dagi 33 yil davomida Olas deyarli barcha muhim musobaqalarda g'alaba qozondi. Bitta turnir qolgan – CHempionlar Ligasi. Prezident anchadan buyon u haqida orzu qiladi, lekin vaqti kam qolgan. Olas 75 yoshda nafaqaga ketishi haqida ko'p bor takidlagan. Hozir u 71 yoshda va 2023 yil u "Lion"ni Toni Parkerga qoldiradi. Parker hozircha o'zini basketbol olamida ko'rsatib ulgurdi. 2014 yil Lionning "Villerban" jamoasini sotib oldi va uni mamlakat etakchisiga aylandi. "Grupama Stedium" yonida basketbol arenasi paydo bo'ladi va har ikki jamoa birgalikda Evropaga hujum boshlaydi – ham ECHL, ham Evroliga. Biroq Olas hali ketgani yo'q va niyatiga etish imkoniyatini saqlab qolmoqda.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика