So’nggi yangiliklar

22:07Расман: "Қўқон-1912" Клейди Даци ва Аброр Каримовни ўз сафига қўшиб олди  0 21:45Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  3 21:23"Ливерпуль" яна бир супер трансферни ҳал қилишга яқин  1 20:51Расман: "Қўқон-1912" яна икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 20:38Расман: Маҳмуд Маҳамаджонов мавсумнинг иккинчи қисмини "Динамо"да ўтказади  0 20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  12 20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  3 19:55Футзал. ОКМК икки нафар бразилиялик футзалчилар билан шартнома имзолади  2 19:25Илк ўйинида уйига йиғлаб кетган, 15 ёшида терма жамоада дебют қилган ҳамда самолётда шуғулланган "Нефтчи" ҳужумчиси Сильванус Нимели билан яқиндан танишамиз  9 19:01"Неом" "Монако" футболчисини харид қилмоқчи  0 18:38Расмий хабар: Шоҳрух Гадоев иккинчи даврани "Қўқон-1912"да ўтказади  0 18:09Расмий хабар: "Насаф" Нигерия терма жамоаси собиқ футболчисини ўз сафига қўшиб олди  5 17:30Расман: "Қўқон-1912" 4 нафар футболчи билан хайрлашди  0 17:09Расман: "Сурхон" собиқ футболчиси "Қизилқум" билан шартнома имзолади  0 16:07Расман: Шоҳруз Норхонов — "Қизилқум" футболчиси  4

Bunaqasi hali bo'lmagan! SHu yil avgustda Evropa va Osiyoning 12ta jamoasi yurtimizga tashrif buyuradi Yangiliklar

Bunaqasi hali bo'lmagan! SHu yil avgustda Evropa va Osiyoning 12ta jamoasi yurtimizga tashrif buyuradi

Mamlakatimizda faxriylar futboliga ham alohida etibor berilmoqda.

Sport, xususan futbol sohasida turli tadbirlarni o'tkazib kelayotgan "Inter Sport" MCHJ O'zbekiston futbol associaciyasi bilan hamkorlikda katta ishga qo'l urdi. 

Gap shundaki, 2021 yil 23-30 avgust kunlari O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bag'ishlab 40 yosh va undan katta futbol faxriylari o'rtasida "Xalqaro futbol va madaniyat festivali" o'tkaziladi va mazkur tadbir "Evropa futbol faxriylari uyushmasi"ning O'zbekistondagi rasmiy hamkori "Inter Sport" MJCH tashabbusi bilan O'FA hamkorligida tashkil etiladi. 

Mazkur tadbirni yuqori saviyada o'tkazish maqsadida "Inter Sport" MCHJ vakillari O'FA Bosh kotibi Avaz Maksumov bilan uchrashib, tomonlar tashkilotchilikka doir masalalarni o'zaro hal qilib olishdi. Malumot uchun, 40 yosh va undan kattalar o'rtasidagi "Mustaqillik Kubogi-2021" xalqaro turnirida 16ta jamoa ishtirok etadi. To'rtta jamoa O'zbekiston vakili hisoblansa, 12 jamoa Evropa va qo'shni Osiyo davlatlaridan tashrif buyuradi.

SHu yilning avgust oyida yurtimizga 400 nafarga yaqin havaskor sportchilarning tashrifi kutilmoqda. Yirik tadbir "Xalqaro futbol va madaniyat festivali" nomini olgani bois xorijlik mehmonlar faqat futbol o'ynabgina qolmay, ular uchun bir qator ko'ngilochar va madaniy tadbirlar, shuningdek ko'hna Samarqand va Buxoroga sayohat tashkil etiladi.

"Inter Sport" MCHJ "Xalqaro futbol va madaniyat festivali"ni yuqori saviyada o'tkazish maqsadida faxriylar futboliga befarq bo'lmagan insonlarni hamkorlikka chorlab qoladi. 

Bog'lanish uchun: +998 97 7205197 (Dilshod Ibrohimov)

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика