So’nggi yangiliklar

00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  0 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  1 23:58Шквирин "Андижон"да  2 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  4 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  6 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  8 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  4 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  9 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  19 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  20 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  5

Bunaqasi faqat Bundesligada bo'ladi. Tribunada o'tirgan kishi hakamga aylandi (FOTO) Yangiliklar

Bunaqasi faqat Bundesligada bo'ladi. Tribunada o'tirgan kishi hakamga aylandi (FOTO)

Fevral o'rtasida "SHalke-04" hamda "Xoffenxaym" jamoalarining o'yinida yon hakam Robert SHreder jarohat oldi.

Uning o'rnini zaxira hakami egalladi, biroq futbolchilarning almashganini va qo'shilgan vaqtni elon qiluvchi to'rtinchi referining joyiga hech kim yo'q edi. "SHalke"da hakamlar bilan aloqalarga masul bo'lgan Manuel Noyerning akasi Marselda g'oya paydo bo'ldi.

U eng yaxshi do'stlaridan birini bu vazifaga taklif etdi.

- SHteffi, stadiondamisan?

SHtefan Tendik "SHalke"ning deyarli barcha uchrashuvlarini arenadan kuzatadi. Uning Nordtribunadagi joyi faqat SHtefan Landesligada ishga ketganida bo'shab qolishi mumkin. SHtefan ham hakam.

- Albatta, nima bo'ldi?

- Pastga tush, bizga keraksan! O'yindan so'ng "eriyman".

Tendik tezda o'z joyini tashladi va "Feltins Arena"dagi qatorlardan pasga tushdi. U "Xoffenxaym" bilan o'yinni maydon chizig'ida - Yulian Nagelsmann va Domeniko Tedeskodan bir necha metr uzoqlikda, qo'lida tablo bilan kuzatdi.

Nega endi 5-sinfdan birga o'sgan do'stiga yordam bermasligi kerak.

Bu Tendikning Gelzenkirxendagi stadion maydoniga birinchi marta tushishi emas. U  braziliyalik futbolchi, "SHalke" safida 200ga yaqin o'yin o'tkazgan Marselo Bordon xayrlashuv uchrashuvida bosh hakam bo'lgan edi.

SHtefan avval ham kutilmaganda to'rtinchi hakam bo'lishi mumkin edi. "Bavariya" bilan bahsda Manuel Grefe jarohat oldi. Tendik tribunadan pastga tushayotgandi, ammo referi o'yinga qaytdi.

O'yindan keyin "Feltins-Arena"dan chiqayotgan muxlislarni SHtefan-qutqaruvchi qiziqtirib qoldi. Undan "SHalke"ning bekor qilingani goli va o'yin uchun olgan puli haqida so'rashdi.

"Qanaqa pul? Menga birinchi Bundesliga hakami kabi to'lashadi deb o'ylamayman. "SHalke-04" sport direktori Kristian Xaydel uchrashuvdan so'ng menga futbolka sovg'a qildi - mana shu mening mukofotim. SHuni o'zi etadi".

Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика