So’nggi yangiliklar

13:53Расман: Кожо Ўзбекистонга қайтди  1 13:53Аббос Ал Ҳасан: "Менимча, Ўзбекистон Япониядан кучлироқ"  2 13:26Жалолиддинов, Эркинов, Абдихолиқов — ортга қайтган легионерларни олдинда нима кутмоқда?  3 13:11"Барселона" ҳужумчиси бошқа клубга ўтди  1 12:51Уче Бриан Нвадике: "Ўзбекистон аввалгидан кучлироқ"  1 12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0 12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  1 11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  7 10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  2 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  9 09:57"Реал" Винисиусни сотмоқчи (Defensa Central)  11 09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  10 08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчисига таклиф билан чиқди  3 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  5

Bunaqasi bo'lmagan! 3 daqiqada 20 mingta chiptaga buyurtma kelib tushdi Yangiliklar

Bunaqasi bo'lmagan! 3 daqiqada 20 mingta chiptaga buyurtma kelib tushdi

25 noyabr kuni Saudiya Arabistoni chempionatida Jidda derbisi bo'lib o'tadi.

SHu kuni "Al Ittihod" mezbon sifatida hamshahari "Al Ahli"ni qabul qiladi. Malumki, har ikki jamoa uy uchrashuvlarini bitta stadionda o'tkazadi. Saudiya Arabistoni Pro ligasi 10-turidan o'rin olgan mazkur bahsga qiziqish hozirdan katta.

Ishonasizmi, chiptalar hali sotuvga chiqarilmasdan qandaydir uch daqiqa ichida 20 mingta chiptaga buyurtma kelib tushdi. Bunaqasi Osiyo futbolida kamdan kam kuzatiladi. Tasavvur qiling-a, 3 daqiqa ichida 20 mingta chiptaga oldindan buyurtma!

Endi Jidda shahrida bo'lib o'tadigan o'yin tanaffus paytida lotereya o'ynaladimi-yo'qmi, buni bilmaymiz. Agar kattaroq birorta sovrin qo'yilganida bir kishi shuncha biletni sotib olibdi deb taxmin qilsa bo'lardi. Lekin sir emas, Saudiyada muxlislar shundoq ham futbolga qiziqadi va buyurtma minglab fanatlar tomonidan berilganini taxmin qilish qiyin emas.

Turnir jadvalida "Al Ittihod" 9ta o'yindan so'ng hali birorta g'alabaga erishmay, 2 ochko to'plagan holda oxirgi o'rinni egallab turibdi. "Al Ahli" esa 19 ochko bilan 3-o'rinda boryapti. Hozircha jadval peshqadami "Al Hilol" - 9ta o'yin, 9 g'alaba, 27 ochko.

25 noyabr kuni bo'lib o'tadigan Jidda derbisi bizning vaqt bilan 21:40da start oladi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика