So’nggi yangiliklar

00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  2 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  2 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  2 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1

Superliga. Bugungi uchrashuvlarda kimning imkoniyati yuqori? Yangiliklar

Superliga. Bugungi uchrashuvlarda kimning imkoniyati yuqori?

Bugun superliganing 4-tur qolgan uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Ushbu turda Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi o'z uyida Buxoroning “Buxoro” klubini qabul qilsa, Qarshida “Nasaf” Bekobodning “Metallurg” jamoasi bilan bahs olib boradi. Ushbu uchrashuvlar oldidan jamoalarning imkoniyatlarini hisoblab chiqamiz.


"Bunyodkor" - "Buxoro"



Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi Farg'onada “Neftchi” mehmoni bo'ldi va Xurshid G'iyosovning yagona goli evaziga safardan 3 ochko bilan ortga qaytdi. Bu yilgi superliga bahslari barcha jamoalar uchun qiyin kechmoqda. O'yinlarda kutilmagan natijalar qayd etilmoqda. Buxoroning “Buxoro” jamoasi ham Toshkentga shunchaki o'yin o'tkazish uchun tashrif buyurmaydi. “Buxoro” poytaxtdan kamida durang bilan uyga qaytishni maqsad qilgan bo'lsa ajabmas. SHuning uchun ham bugungi bahsda “Bunyodkor” jamoasiga oson bo'lmasligi aniq. O'tgan turda buxoroliklar o'z uyida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasini qabul qilib yirik hisobda g'alaba qozongandi.Ushbu g'alaba shukuhi ularga bugungi uchrashuvda biroz bo'lsada kuch berishi tabiiy. “Bunyodkor” – “Buxoro” jamoalari o'zaro yigirma marotaba to'qnash kelishgan. SHulardan 16 uchrashuvda “Bunyodkor” g'alaba qozongan bo'lsa bir marotaba “Buxoro” jamoasining qo'li baland kelgan. 3 marotaba tomonlar murosa yo'lini tanlashgan. “Bunyodkor” o'z uyida “Buxoro” jamoasiga qarshi 10ta uchrashuvning barchasida g'alaba qozongan. “Buxoro” Toshkentdagi o'yinda biror marotaba ham “qaldirg'ochlar” darvozasini ishg'ol qila olmagan. Bugungi bahsda “Bunyodkor” jamoasining imkoniyatlari “Buxoro”ga qaraganda nisbatan ko'proq.



Imkoniyat: 40/30/30



“Nasaf” – “Metallurg”



Ushbu turda Qarshining “Nasaf” jamoasi o'z uyida Bekobodning “Metallurg” jamoasini qabul qiladi. “Ajdarlar” musobaqa jadvalida “Navbahor” bilan bir xil 7 ochko jamg'argan holda karvonboshilik qilmoqda. Bekobodliklar eka “Nasaf”dan 2 ochko ortda bormoqda. Agarda bugungi bahsda “Metallurg” g'alaba qozonadigan bo'lsa hozirgi holatini yaxshilab olishi mumkin. Aksincha bo'ladigan bo'lsa “Metallurg” quyi pog'onaga tushib ketishi mumkin. SHuning uchun ham bugun bekobodliklar Qarshida kuchli raqibga qarshi munosib o'yin ko'rsatishga to'g'ri keladi. “Nasaf” jamoasi musobaqa jadvalida o'z o'rnini saqlab qolish uchun kurash olib boradi. Ushbu jamoalar o'zaro 40 marotaba to'qnash kelishgan. 26 o'yinda qarshiliklar g'alaba qozongan bo'lsa, to'rtta o'yinda durang natija qayd etilgan. Qolgan 10 uchrashuvda “Metallurg” g'olib bo'lgan. Bundan avvalgi turda “Nasaf” safarda “Qizilqum” jamoasini 2:1 hisobida mag'lub etishga erishgandi. “Metallurg” esa o'z uyida “Qo'qon-1912” jamoasini qabul qilib, Suhrob Nurulloevning kiritgan yagona goli evaziga g'alabani tantana qilgan. Bugungi o'yinda “Nasaf” jamoasining imkoniyatlari raqiblariga qaraganda biroz ko'proq. “Nasaf” o'zaro o'yinda o'z uyida “Metallurg”ga bir marotaba mag'lubiyatga uchragan.


Imkoniyat: 40/30/30


Muallif :
Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика