Bugungi uchrashuvda Anchelottining asabiylashishiga nima sabab bo'ldi?
08 fev 2020 21:25
Yangiliklar
Bugungi uchrashuvda Anchelottining asabiylashishiga nima sabab bo'ldi?
Xabaringiz bor, bugun APL 26-turi doirasida “Everton” uyda “Kristal Pelas” 3:1 hisobida taslim etib, musobaqa jadvalida 7-o'ringa ko'tarildi.
Uchrashuv birinchi bo'limining o'rtalarida mezbonlar azosi Teo Uolkott jarohat oldi va mersisaydliklar ustozi Karlo Anchelotti majburiy o'zgarish qilishi zarur edi. U Uolkottning o'rniga Jibril Sidibe maydonga tushirmoqchi bo'ldi. Sidibe esa oyoqni himoya qiluvchi atributlardan birini kiymagani uchun zaxira hakami uni maydonga tushurmadi hamda futbolchi bir poy getrisini qidirish maqsadidia kiyinish xonasiga yugurgan. Turgan gapki, bu holatda Anchelottining asablari taranglashdi. 4-5 daqiqadan keyin esa Jibril Sidibe ikkala getri bilan maydonga qaytdi va barchasi joyiga tushganidan keyin u nihoyat jamoadoshini almashtirdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar