Bugungi "Real" - "Manchester Siti" o'yinini kim boshqaradi?
19 fev 14:55
Yangiliklar


Bugungi "Real" - "Manchester Siti" o'yinini kim boshqaradi?
Bugun Evropa Chempionlar ligasi 1/16 final doirasida "Real" va "Manchester Siti" Madridda javob o'yinini o'tkazadi.
"Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadigan o'yinni ruminiyalik hakam Ishtvan Kovach boshqarib boradi. Unga qanotlarda Mixay Maricha va Ferenc Tunyogi yordam beradi.
VARda Dennis Xigler (Niderlandiya) va AVARda Tomash Kvyatkovski (Polsha) faoliyat yuritadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar