Bugungi raqibimiz Istiqlol haqida nimalarni bilamiz?
23 avg 2017 13:36
Yangiliklar
Bugungi raqibimiz Istiqlol haqida nimalarni bilamiz?
Ushbu klub yaqinda tashkil etilgan va joriy mavsumda ilk bor birinchi liga musobaqalarida qatnashmoqda.
Birinchi davrada Farg'onada ushbu jamoalar o'rtasidagi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangandi. Navbatdagi to'qnashuv esa klublarning o'zaro ikkinchi belashuvi hisoblanadi. Aytish kerakki, Istiqlol o'z maydonidagi o'yinlarni Farg'onadagi markaziy stadion - Istiqlolda o'tkazadi. Mavsum boshida Noil Gubanov jamoaga ustozlik qilayotgandi. Keyinchalik esa namanganlik Usmon Asqaraliev bosh murabbiy sifatida ish boshladi. Tarkibga esa davralar oralig'ida ayrim o'yinchilar jalb etildi. Masalan, birinchi davrani Andijonda o'tkazgan Sanjar Asqaraliev ayni paytda Istiqlol sharafini himoya qilmoqda. SHuningdek, himoyachi Timur Sultonov ham mazkur jamoada to'p surmoqda.
Istiqlol ayni paytda 19 o'yindan 33 ochko jamg'arib musobaqa jadvalida Andijondan keyin 6-o'rinni egallab turibdi.
Andijon matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar