So’nggi yangiliklar

14:50Серчко Катанец Қатар билан ўйинни "Бунёдкор" стадионида томоша қилади  0 14:25Криштиану Роналду: "Ямални тинч қўйиш керак"  2 14:15Расман: Элгужа Лобжанидзе "Қизилқум"ни тарк этди  1 13:55Ўзбекистон Қатарга қарши оқ либосда ўйнайди  4 13:35"Терма жамоа учун оёғим синишига ҳам тайёрман". Роналду — Миллатлар лигаси финалидаги жароҳати ҳақида  0 13:13Суперлигадаги навбатдаги истеъфо. Никола Лазаревич "Қизилқум"дан кетди  5 12:40Алмоез Али: "Ўзбекистонга қарши ўйиндан бошлаб биздан талаб қилинган барча вазифаларни бажарамиз"  10 12:15Вадим Абрамов: "Хотиржамлик билан ғалаба қозондик"  1 11:49Факт. Ўзбекистон Тошкентда Қатарга мағлуб бўлмаган   8 11:28Про лига. 9-турда қайси ҳакамлар ишлашади?   1 10:55“Челси“ сўнгги таклифини юборди  1 10:28“Бавария“ рози бўлди  2 10:05Кевин де Брюйне “Наполи“ билан келишув шартлари очиқланди  0 09:33Италия термасини бошқаришга асосий номзодлар маълум  6 09:02“Ал Насср“ МЮ юлдузини сотиб олиш учун ўз юлдузидан воз кечишга тайёр  1

"Samvel Babayan bunday uchrashuvlarga jamoani qanday tayyorlashni biladi" - Boyan Miladinovich yana nimalar dedi? Yangiliklar

"Samvel Babayan bunday uchrashuvlarga jamoani qanday tayyorlashni biladi" - Boyan Miladinovich yana nimalar dedi?

Bir necha soatdan so'ng start oladigan "olov" o'yinga bugun barchaning nigohi qaratilgan.

Biroz oldin xorijlik mutaxassislarning fikrlarini etiboringizga havola qilgan edik. "Paxtakor" tarkibida yulduzli onlarini o'tkazgan Boyan Miladinovich ham o'z taxminlari bilan o'rtoqlashdi. 

Navbahor

Toma Tabatadze - 68'

Superliga. 16-tur

10/08/2023, 20:00

2
:
1
Tugadi

Paxtakor

Dragan CHeran - 30', Muhammadqodir Hamraliyev - 44'

45'
90'
22'  Oston O'runov (Doniyor Abdumannopov)
23'  ZHasur YAxshiboev
37'  Doniyor Abdumannopov
46'  SHahboz Jo'rabekov (Filip Ivanovich )
46'  Jamshid Iskanderov (Temurxo’ja Abduxoliqov)
57'  ZHasur YAxshiboev (Asadbek Sobirzhonov)
68'  Toma Tabatadze
90'  Yovan ZHokich (Azim Ahmedov)
26'  Pshemislav Banashak
30'  Dragan CHeran
30'  Xozhiakbar Alizhonov
41'  Dragan CHeran
44'  Muhammadqodir Hamraliyev
44'  Dostonbek Hamdamov
46'  Metyu Stinvorden (SHahzod Azmiddinov)
46'  Dilshod Saitov (Farrux Sayfiev)
73'  Pshemislav Banashak (Po'latxo'ja Xoldorxonov)
75'  Odiljon Hamrobekov
78'  Sanjar Quvvatov

- Albatta o'yinni tomosha qilaman. CHunki O'zbekistonda bugun futbol bayrami. Mamlakatning eng yaxshi ikki jamoasi maydonda uchrashadi. "Paxtakor" safida o'ynagan vaqtlarimda "Navbahor"ga qarshi qiyin o'yinlar o'tkazar edik. Ayniqsa 2014 yil uyda ham, safarda ham qiynalganmiz. Birinchi davrada 2:1 hisobida g'alaba qozondik, so'nggi daqiqada g'alaba golini urganim esimdan chiqmaydi. Qizig'i Namanganda ham shunday bo'ldi, hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqada penaltidan gol urdim. Bu biz uchun o'sha mavsumdagi eng murakkab uchrashuv edi. SHundan so'ng chempion bo'lishimizga shubham qolmagan. 

- Bugungi kunga to'xtaladigan bo'lsam, "Navbahor" so'nggi o'yinda Bekobodda durang qayd etdi. "Qizilqum"ni mag'lub etdi. "Paxtakor" "Neftchi"ga mag'lub bo'ldi, undan avval kubokni tark etdi. CHempionat borgan sari qiziqarli tus olyapti. Oxirgi turgacha kurash davom etadi. Fikrimcha "Paxtakor" va "Navbahor" chempionlik uchun so'nggi turgacha kura olib borishadi. Qolaversa, "Neftchi"ni ham unutmaslik lozim. Vitaliy Levchenko "Neftchi"da o'yin sifatini yaxshilay oldi va o'z imkoniyatini kutmoqda. Ular hali yutqazgani yo'q.

- "Navbahor" bugun favorit, jamoa o'z maydonida o'ynaydi. Yuz foiz ishonamanki, stadion muxlislar bilan to'ladi. "Paxtakor" zaxira o'rindig'ida Maksim SHackix o'tirmaydi ("Neftchi" bilan uchrashuvda qizil kartochka olgan). Bu o'z tasirini o'tkazmay qolmaydi. Raqib zaxira o'rindig'ida Samvel Babayan o'tiradi. Ushbu murabbiy bunday o'yinlarda qanday o'ynash kerakligini, futbolchilarni qanday tayyorlashni yaxshi biladi. O'ylashimcha, vaziyatlar ko'p bo'lmasa kerak. Kim maydon markazini o'ziniki qila olsa, o'sha jamoa yutadi. Ammo bugun "Navbahor" favorit, 60/40. 

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика