So’nggi yangiliklar

21:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1 (матнли трансляция)  256 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  5 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1 16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  7 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  2 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  20 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  2

Bugungi kundagi eng kuchli italiyalik futbolchi haqida Yangiliklar

Bugungi kundagi eng kuchli italiyalik futbolchi haqida

"Atletiko"ga qarshi bahsda Ronalduning harakatlaridan hali ham ko'pchilik hayratlanib yuribdi.

Ha, portugaliyalik uchta gol urdi va juda foydali o'yin o'tkazdi. Ammo uning hujumdagi jamoadoshi Federiko Bernardeski ham undan qolishmagani, hamda yorqin uchrashuv o'tkazganini takidlamasak bo'lmas. Italiyalik futbolchi golli pas etkazib berdi va g'alaba golidagi penaltini ishlashga muvaffaq bo'ldi. Hujumdagi faolligidan tashqari u himoyada ham yordam berishdan charchamayapti. Italiyaning kuni-kecha Finlyandiyaga qarshi o'tkazgan uchrashuvida ham Bernardeski eng yaxshilardan biri bo'ldi. Xo'sh, u haqida etarlicha malumotga egamizmi?

Bo'lajak futbol yulduzi Florenciyaning shimolidagi kichik Karrara shahrida tavallud topgan. Va aynan o'sha erda futboldagi birinchi qadamlarini tashlagan. Fursatdan foydalanib takidlash lozim, Janluijji Buffon ham aynan shu erda tug'ilgan, lekin ko'p o'tmay olib ketilgandi. O'n yoshga to'lgan Bernardeski o'sha vaqtdayoq ulkan iqtidor sohibi ekanligi takidlanardi va provinciyaning eng umidli yoshlaridan deb etirof etilardi. Federiko "Fiorentina" akademiyasiga qabul qilinadi va qisqa vaqt ichida jamoasining etakchisiga aylanadi. Ko'p o'tmay Bernardeskiga sardorlik bog'ichi topshiriladi, keyinchalik jamoadoshlari intervyular chog'ida eslasharkan, unda chinakam etakchilik sifatlari ko'zga tashlanmasada, jamoadagilardan o'yin borasida bir bosh ustun bo'lganini aytib o'tishgan. Yana bir qiziq jihat, Bernardeski katta futbolda "Fiorentina" safida emas, B Seriyada "Krotone" safida debyut uchrashuvini o'tkazadi. Seriya A vakillari futbolchilari uchun juda yaxshi tanish yo'nalish. Aynan "akula"lar safidagi ijara Bernardeskining keyingi faoliyatiga katta turtki beradi. 33 uchrashuvda u 14 ta gol urdi va juda foydali harakatlari bilan "fialkalarga" qaytarishdan boshqa variant qoldirmadi.


Romantik Florenciyada hamon Roberto Badjo va "fialka"larning "o'ninnchi raqamli futbolchi"sini eslashadi. Aynan Roberto florenciyaliklarga quvonchli damlarni xadya etgan. Tiffozi afsonaviy Badjo bilan tenglasha oladigan iqtidorni uzoq kutishgandi, shu sababli ham Bernardeski qisqa vaqt ichida mahalliy muxlislar yoqimtoyiga aylandi. Federikoning o'zi esa kamtargina, u hali Badjo bilan taqqoslashga loyiq emasligini takrorlardi. 10-raqamni tanlagan futbolchi juda tez o'sib borardi, markazda ham, har ikki qanotda ham bir xil foydali harakat qila olardi. O'sha mavsumning o'zidayoq, Evropa Ligasida o'zini ko'rsatgan Bernardeski ko'plab top-klublar etiborini tortadi, ammo Florenciyada qolishni maqul ko'radi. Bir yil o'tgach Bernardeski "CHelsi"ga o'tishga rozilik bergani haqida aytishdi, ammo klublar transfer narxini kelisha olishmadi. Oxirgi mavsumida Bernardeski 43 o'yinda 14 ta gol urdi va "Fiorentina" darajasidan o'sib ulgurgani yaqqol ko'rinib qoldi. Boshqa klubga o'tish vaqti kelgandi, lekin Federiko jamoa muxlislarini qattiq ranjitib ketdi. Intervyular vaqtida ko'proq gapirib yuborar, bazan esa "Fiorentina"da faoliyatining oxirigacha qolishga tayyorligi haqida aytardi. Lekin qishdayoq u jamoa bilan shartnoma muddatini uzaytirishdan bosh tortadi va janjallar bilan uni "Yuventus"ga sotishlarini talab qiladi. Bu borada u yana Badjoning izidan ketdi.

G'azabdan qo'yarga joy topa olmagan muxlislar Federikoni kechirishmadi va uni asosiy dushmanga chiqarib qo'yishdi. Na Bernardeski klub va uning muxlislariga bildirgan minnatdorchiligi va na  "Fioretina" sardori Astorining futbolchi qarorini hurmat qilish kerakligi haqidagi gaplari yordam bermadi. Bernardeski ungacha ham Astori bilan yaqin do'st edi va uni o'zining ustozi deb bilardi. Uning o'limi Federikoga qattiq tasir qiladi. Fede hattoki Astori xotirasiga tatuirovka chizdiradi. Federikoning qo'lida "Ave" duosi va 13 raqamni ko'rish mumkin, aynan shu raqam ostida to'p tepardi.

"Yuventus"da Bernardeskiga oson bo'lmasligi avvaldan malum edi. Bazan universal futbolchi aynan shu jihati uchun ham qiyinchiliklarga duch keladi. Kuadrado, Kosta va Dibala bilan raqobatga dosh berishning o'zi bo'lmaydi axir. Maydon markazi haqida esa gapirmasak ham bo'laveradi. Qo'shimchasiga o'ng qanotda Mandjukichning o'yini ochilib ketdi va u ham Bernardeskiga raqobatchiga aylandi. Federiko esa avvalgiga nisbatan yanada mehnatkash va chiniqqanligini qayd etish lozim. U zaxirada o'tirganda ham injiqlik qilmadi va sabr bilan o'z imkoniyatini kutdi. SHunday vaqt bo'ldiki, Allegri shogirdi Bernardeskiga ishonch bildirmayotgan va italiyalikning mahoratiga shubha bilan qaragandek bo'lgandi. Tez orada bu transfer xato bo'lganligi va futbolchi ijaraga berib yuborilishi haqida gap-so'zlar tarqay boshladi. Ammo Federiko qatiyat bilan "Yuventus"da baxtli ekanligi va asosiy tarkib uchun kurashishga tayyorligini aytib o'tdi. Federiko kam sonli imkoniyatlardan unumli foydalandi va taktik tomondan ham o'sishga erishdi. U "Fiorentina"da o'rganganimiz, texnik tomonlama kuchli, engil harakat qiluvchi Federikoni emas, balki ko'proq britaniyalik futbolchilarni eslatib yubordi. Jarohat olgunga qadar u xavfli vaziyatlar yaratish procenti bo'yicha eng yaxshilaridan biri edi (4+3). Federiko golli vaziyatlar yaratish va bo'sh zonalarga katta tezlikda kirib bora olishi bilan Kevin De Bryuyneni yodga sola boshladi. Afsuski bu kabi iqtidor sohiblariga doim ham talab kuchli bo'lavermaydi va bu nafaqat Federikoning, balki butun Italiya futbolining muammosi. Mutaxassislarning fikricha, aynan shu sabab, yani iqtidorlar, individual harakatlarning zamonaviy futbolda nechog'lik muhimligini tan olishni istamagani uchun ham Italiya termasi JCH-2018 yo'llanmasidan quruq qoldi.


Bu borada Ronalduning Appenin orollarida paydo bo'lishi juda zarur edi. Krishtianu nafaqat birgina futbolchi qanchalik muhim bo'lishi mumkinligini isbotlamoqda, balki jamoadoshlari yaxshiroq harakatlana boshlashiga ham turtki bo'lmoqda. OAVda Ronaldu va Dibalaning do'stligi haqida ko'p gapirildi, ammo Bernardeski ham Krishtianu bilan ajoyib do'stona aloqalarni o'rnatgan. «Yuventus» ettinchi raqamli futbolchisi uyini Bernardeski Rojdestvoga sovg'a qilgan portret bezab turibdi. Ronalduning harakatlari va maslahatlariga quloq tutgan Bernardeski uyiga sport anjomlarini o'rnatdi va bo'sh vaqti bo'ldi deguncha juda yoqtiradigan kuchuk (buldog)lari bilan shug'ullanmoqda. Natija o'zini uzoq kuttirmadi va Federiko jismonan baquvvatroq futbolchiga aylandi. Buning yorqin dalili sifatida u kimsan «Atletiko» futbolchilari bilan kurashlarga qo'rqmay kirgani va aksariyat vaziyatlarda ulardan ustun kelganini takidlash mumkin. Bularning barchasi yana bir marta Bernardeski o'z ustida ishlashga, o'rganishga tayyorligini isbotlaydi. Federikoning yana bir qirrasi  shuki, u gitarada istagan qo'shig'ini chala oladi. Professional futbolchilar orasida bundaylarni topish mushkul vazifa. Italiyalik esa sevimli guruhi "Blink 182" qo'shiqlarini katta ishtiyoq bilan o'zi chala oladi va bundan rohatlanadi.

Unchalik omadli bo'lmagan o'tgan mavsumdan so'ng, Federiko omadli mavsum o'tkazmoqda, lekin u o'ziga bildirilgan ishonchni to'liq oqlab bo'ldi deyishga hali erta. Uning elkasida endi kattagina yuk bor va natija qanday bo'lishini vaqt ko'rsatadi. Kutamiz, kuzatamiz. Bernardeski buyuklar bilan bir qatordan joy ola biladimi yoxud oxirgi qadamni tashlay olmagan qaxramonligicha qolib ketadimi. Lekin aniq aytish mumkin, bugungi kunda italiyaliklar orasida aynan Federiko Bernardeski eng yaxshilaridan biri, agar eng yaxshisi bo'lmasa!

Muallif: Sergey Rumyancev

Tarjimon: Nozima Zaripova

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика