So’nggi yangiliklar

09:33Маркус Рашфордга асосий даъвогарлар маълум  1 08:55Неймар фаолиятини МЛСда давом эттириши мумкин  1 08:13«Ливерпуль» «Ал Ҳилол»нинг 80 миллион евролик таклифини қабул қилмади  1 07:45Франция Кубоги. Бешинчи лигадан бўлган клуб "Лион"ни Кубокдан чиқариб юборди, ПСЖда эса қийин ғалаба  0 07:37«Айнтрахт» ва «Манчестер Сити» келиша олишмаяпти  0 06:50Испания кубоги. "Атлетико Мадрид" йирик хисобда ғалаба қозонди  0 03:06АПЛ. "Арсенал" "Тоттенхэм" устидан иродали ғалаба қайд этди  8 03:02Испания кубоги. "Барселона" "Бетис" дарвозасига ҳам бешта гол урди  13 03:00Бундеслига. "Бавария" "Хоффенхайм"ни аяб ўтирмади  1 02:57АПЛ. "Ньюкасл", "Астон Вилла" ва "Кристал Пэлас" ўз учрашувларида ғалаба қозонишди.  0 02:53А Серия. "Интер" "Болонья"га қарши ўйинда очко йўқотди  1 00:52"Челси" Лондоннинг бошқа клубида ўйнаётган футболчисини ортга қайтарди  0 23:50"Ливерпуль" 19 ёшли форвардга қизиқмоқда  1 23:47"Интер" — "Болонья". Барелла, Димарко, Тюрам ва Лаутаро асосий таркибда  0 23:06"Манчестер Юнайтед" Сузуки билан шартнома имзоламоқчи  10

Bugungi kashfiyot Islom Kenjaboev haqida Yangiliklar

Bugungi kashfiyot Islom Kenjaboev haqida

"Nasaf" - "Al Hidd" uchrashuvida "ajdarlar" safida juda faol o'ynagan Islom Kenjaboev haqida saytimizda o'tgan yil elon qilingan maqolani qayta joylashga qaror qildik.
2014 yil O'zbekistonda yaxshi yosh futbolchi deb g'oliblik Islom KENJABOEVga nasib etgandi.

“Nasaf”ning akademiyasida tahsil olib kelayotgan iqtidorli futbolchi o'tgan yili Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi safida Osiyo CHempionatida qatnashgandi va u o'zidan iliq taassurot qoldirgandi.

Islom Kenjaboev: “G'olib bo'lishimni kutmagandim”

Kenjaboevga 2014 yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deya nom berilishida hech qanday bahs-munozalarga o'rin yo'q. U chindan ham bu mukofotga loyiq o'yin namoyish etdi. U haqda qisqacha malumot beradigan bo'lsak, 1999 yilning 1 sentyabr kuni Navoiy shahrida tavallud topgan. Oilada besh nafar farzandning to'rtinchisidir. Kenjaboevlar oilasida undan boshqa sportchi yo'q, faqat u futbolni tanlagan. Mazkur sport turi bilan 7 yoshidan boshlab shug'ullanib kelmoqda. Birinchi murabbiy Asror Pirnazarov hisoblanadi va aynan uning qo'li ostida futbolning dastlabki sir-asrorlarini o'rgangan. Navoiydagi bolalar o'smirlar sport maktabida talim olgan. 2011 yilda esa Islomning hayotida o'zgarish sodir bo'ldi. CHunki Nurali Sultonov uning iqtidorini ko'rib qolgach darhol “Nasaf” akademiyasiga taklif qildi. SHu tariqa Kenjaboevning faoliyatida yangi bosqich boshlandi. U erda zamonaviy shart-sharoitlar hamda tajribali murabbiylar qo'li ostida yanada rivojlanib bormoqda.

- To'g'risini aytsam, eng yaxshi yosh futbolchi g'olibligi menga berilishini kutmagandim, - deya taassurotlari bilan o'rtoqlashdi Kenjaboev. – Buning uchun futbolimiz rahbarlariga minnatdorchiligimni bildiraman. Laureatlarni taqdirlash marosimidan ajoyib xotiralar qoldi. Menga berilgan bunday mukofot uchun o'z ustimda bundan-da ko'proq ishlashim kerak. Bu unvon bejizga berilmaganligini isbotlash uchun qo'limdan kelganicha harakat qilaman. 

- Eng yaxshisi bo'lishingizda o'tgan yili Osiyo CHempionatidagi ishtirokingiz asosiy rolni bajardi. Umuman, 2014 yil haqda nima degan bo'lardingiz?
- Terma jamoada to'p surishga muvaffaq bo'ldim. Qashqadaryoda tashkil qilingan musobaqalarda g'oliblikni qo'lga kiritdik. Umuman, o'tgan yil men uchun omadli bo'ldi.

- Eng yaxshi yosh futbolchi nomiga erishganingiz keyingi faoliyatingizda qanday turtki berishi mumkin?

- Bu yutug'im albatta keyingi faoliyatimda oldinga intilishimda muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Qo'lga kiritgan unvonim birinchisi va oxirgisi bo'lib qolmaydi. Bundan keyin ham eng yaxshisi bo'lish uchun harakat qilishda davom etaman. Mening milliy terma jamoa va Evropada to'p surish orzum bor.

- Har yili O'FF tomonidan eng yaxshi yosh futbolchilar aniqlanib kelinmoqda. Ammo ular keyinchalik rivojlanishda sustlashib qolayotgandek. Siz bilan ham bunday holat ro'y bermasligi uchun nima qilmoqchisiz?

- Bunday bo'lmasligi uchun tinimsiz ishlayman. Murabbiylarning ko'rsatmalariga to'liq rioya qilaman. Hammasiga faqat mehnat orqali erisha olaman.



Murabbiylarining fikrlari

Ro'ziqul Berdiev (“Nasaf” klubining bosh murabbiyi):


-Kenjaboev akademiyamizning faol azolaridan biri. U 1998 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat bo'lgan terma jamoaning yig'inlarida ham qatnashib keldi. Aytishim kerakki, Islom katta salohiyatga ega. Uning tezligi va texnikasini yuqori darajada deb aytsam yanglishmagan bo'laman. O'z ishiga nisbatan juda talabchan. Tirishqoqligi bilan ajralib turadi. Asosiysi, maydonga tushganida yuragidan o'ynaydi. Xabaringiz bo'lsa, bu yigitni o'rinbosarlarimiz jamoasiga taklif qilganmiz. Agar o'z ustida tinimsiz ravishda ishlashdan to'xtab qolmasa, uning kelajagini yorqin deb ayta olaman. Albatta, Kenjaboevni asosiy tarkibga ham qo'shib olish rejamizda bor. Axir uning qanday iqtidorga ega ekanligini ko'rib turibmiz va bunday tarbiyalanuvchilarimizning imkoniyatidan foydalanib, yanada tajribasini oshirishiga yordam beramiz. Rostini aytsam, uning eng yaxshi yosh futbolchi nominaciyasida g'olib bo'lishini kutmagandim. Ammo o'tgan yili o'smirlar o'rtasidagi Osiyo CHempionatida ham o'zini yaxshi tomondan ko'rsata olgandi. Tabiiyki, o'z tarbiyalanuvchimizning bunday mukofotni qo'lga kiritishi jamoamiz uchun yoqimli bo'ldi. Bu narsa shuni ko'rsatadiki, “Nasaf”ning yoshlarga berayotgan etibori hamda ular bilan to'g'ri yo'nalishda ishlayotganini bildiradi. Bu futbolchi hozirdanoq yoshlar jamoasi safida o'zini yaxshi tomondan ko'rsatmoqda.

Nurali Sultonov (“Nasaf” akademiyasining katta murabbiyi):


-O'ylaymanki, O'zbekiston futbol federaciyasi tomonidan Islom Kenjaboevning eng yaxshi yosh futbolchi, deya elon qilinishi to'g'ri qaror bo'ldi. U o'z mehnati orqali bunga haqli ravishda erishdi. Yodingizda bo'lsa, u o'tgan yili o'smirlar o'rtasidagi Osiyo CHempionatida o'zining yaxshi tomonlarini ko'rsata olgandi. SHunga qaramasdan, uning bunday sharafli nomga erishishini kutmagandim. Kenjaboevni 2011 yili bolalar o'rtasidagi musobaqada qatnashganimizda, uning o'yinlarini ko'rib akademiyamizga taklif qilgandim. Uch yildirki, Islom akademiyamizda katta o'sishga erishmoqda. Buni terma jamoaga jalb qilingani va u erda ham yaxshi o'yin ko'rsatganligi ham bildirib turibdi. Mehnat qilishdan sira qochmaydi. Mashg'ulotlarda tinimsiz ishlayotgani uchun ham eng yaxshi yosh o'yinchi nomiga sazovor bo'ldi. O'tgan yilgi musobaqadan keyin hammaning tilidan Kenjaboev nomi tushmay qoldi. Unga kelgusi ishlarida ham omad tilayman. Yaqin yillar ichida milliy terma jamoada ham Kenjaboev nomini eshitishimizni xohlayman. Bunga o'xshagan iqtidorli o'yinchilarimiz yanada ko'payishini istayman.

 

FIRDAVSXON.
Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика