Bugungi bahs BAA uchun qanday ahamiyatga ega?
19 noy 2013 15:05
Yangiliklar

Bugungi bahs BAA uchun qanday ahamiyatga ega?
Bugun milliy terma jamoamiz Osiyo Kubogi-2015 saralash bosqichidan o'rin olgan bahsda Gonkongga qarshi to'p suradi.
Soat 17:00da boshlanadigan uchrashuvini barchamiz intiqlik bilan kutyapmiz. Bugun shuningdek, guruhdagi ikkinchi o'yin amirliklarda o'tkaziladi va unda BAA Vetnamni qabul qiladi.
Malumki, BAA termasi o'tgan turda Gonkongni yirik 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, qita birinchiligi yo'llanmasini muddatidan oldin naqd qildi. SHunday ekan, bugungi o'yin ular uchun qanday ahamiyatga ega? Bu haqda terma jamoa bosh murabbiyi Mahdi Ali o'z fikrlarini bildirib o'tdi:
“Vazifa bajarilgan bo'lsa-da, biz o'yin yoki raqib ajratmaymiz. Osiyoda kuchlilar qatoriga kirish uchun tinmay harakat qilyapmiz va o'sishda davom etishimiz kerak. Maqsadimiz – guruhdagi barcha uchrashuvlarni g'alaba bilan yakunlash. Agar buning uddasidan chiqsak, juda xursand bo'lamiz. Vetnam hamma o'yinlarda imkoniyatni boy bergan bo'lsa-da, ularni hurmat qilamiz. Raqib saralashda dastlabki ochkosini olish uchun bor kuchi bilan qarshilik ko'rsatsa kerak”.
X.Xoliqov tayyorladi.

Fikrlar