So’nggi yangiliklar

01:57Ўзбекистон терма жамоаси янги мураббий қўл остида илк машғулотини ўтказди  2 00:49Мбаппе жароҳат сабаб Франция терма жамоаси билан машғулот ўтказмади  0 00:18Рональд Куман Натан Аке "Ман Сити"ни тарк этиши лозимлигини айтди  0 23:47Жейми Каррагер: "Аморимнинг янги йилгача ишдан хайдалиши муқаррар"  2 23:20Шенсни "Барса"га ўтишни хоҳламаганини ва бунга уни рафиқаси мажбур қилганини айтиб берди  2 22:47Миллий жамоанинг Каннаваро қўл остидаги бугунги машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  5 21:50Ямал "Реал"га қарши ўйнаши кутилмоқда  0 21:25"Арсенал" ва Райя ваниҳоят янги келишувга эришишди  1 20:55Жорди Альба мавсум якунида футболчилик фаолиятини якунлашини эълон қилди  3 20:23Гаттузо Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоасига тайинлангани ҳақида гапирди  15 19:58Хаби Алонсо "Реал"дан Вирцни кузатишни сўради  5 19:35Дракслер: "Қатарда нормал ҳаёт кечиришим мумкин..."  9 19:09"Арсенал" "Эмирейтс" стадионини кенгайтирмоқчи  0 18:42Лэмпард қўл остидаги "Ковентри" Чемпоиншипда пешқадамлик қилмоқда  1 18:13Петер Шмейхель: "Биз ўйнаган даврда жамоага мавсумда 10 очко келтиришимиз кутиларди, сўнгги йилларда бунинг аксига ўрганиб қолдик"  0

Bugun vohalik Maestro 49 yoshga to'ldi! Yangiliklar

Bugun vohalik Maestro 49 yoshga to'ldi!

Bugungi sanada o'z tavallud kunlarini nishonlayotgan futbol ahlini unutilmas kun bilan muborakbod etishda davom etamiz.

Bugun Qashqadaryo futboli, xususan "Nasaf" professional klubiga sadoqatli ham futbolchi, ham murabbiy, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi Ro'ziqul Berdiev 49 yoshga to'ldi.

Ro'ziqul Sadullaevichni bugungi unutilmas sana munosabati bilan saytimiz ijodkorlari va o'quvchilari, u kishini tanigan, bilgan barcha insonlar hamda "Nasaf" klubi muxlislari nomidan muborakbod etamiz.



Ro'ziqul Berdiev 1997 yildan beri "Nasaf" bilan birga. 2008 yilda professional futbolchilik faoliyatini yakunlab, murabbiylar shtabiga qo'shildi. "Nasaf" safida 314 ta o'yinda maydonga tushgan futbolchi uzoq yillar jamoaga sardorlik ham qilgan.



Ro'ziqul Berdiev "Nasaf" klubi bosh murabbiyi sifatida chempionatimizda 4 ta bronza va 1 ta kumush medalni qo'lga kiritdi. Bir martadan O'zbekiston Kubogi va Superkubogida ham zafar quchdi. To'rt marta O'zbekiston Kubogi finalchisi bo'ldi. Uch marta O'zbekistonning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. "Nasaf" bosh murabbiyi sifatida 5 bor Osiyo CHempionlar ligasida ishtirok etdi.

Ro'ziqul Berdievdan iqror va iqtibos

- To'g'risini aytaman, murabbiy sifatida o'zimga ko'pincha tanqidiy munosabatda bo'laman. Kamchiliklarimni bilsam, buni juda qattiq qabul qilaman. Meni birinchi tanqidchim - o'zim. Futbolda, murabbiyda kamchilik bo'ladi. Qachonki siz o'zizni tanqid qilmasangiz, kamchiliklaringizni bilmasangiz, unda o'sishdan to'xtab qolasiz. Ideal murabbiy bo'lmaydi. Barchani kamchiligi bo'ladi. Muhimi, inson o'sha kamchiligi haqida bilishi, buni to'g'rilash o'stida ishlashi lozim.

Agarda men o'zimni ideal murabbiy deb bilsam, kamchiliklarim yo'q deb o'ylasam, unda futboldan ketishim kerak. Men hali futbolda kimman? Hali o'rganadigan, uzlashtiradigan jihatlarim juda ko'p. Murabbiy, umuman inson doimo izlanishda bo'lishi kerak.

Men bilgan narsa balki jamoamiz yoki O'zbekiston chempionati darajasida bo'lishi mumkin. SHunisi aniqki, men bilmagan narsalar juda ko'p futbolda. Bu borada esa izlanish, mehnat qilish kerak. 



Azizjon Nurov, "Qizilqum" matbuot kotibi

"Ro'ziqul Sadullaevichni ustozim, akamdek bilaman. O'z vaqtida "Nasaf" klubida bir necha yil birga ishlaganmiz. Bu inson haqida ko'p va xo'p gapirish mumkin. O'ta samimiy, oilaparvar, birovning ko'ngliga tegadigan gaplarni aytmaydigan, bir so'z bilan aytganda Hazrati Inson! Oilamiz azolari va o'z nomimdan Ro'ziqul akani bugungi tavallud kunlari bilan muborakbod etaman. Farzandlari rohatini ko'rsinlar, "Nasaf"ni yangi g'alabalar sari etaklasinlar! Yosh istedodlarni tarbiyalash, kashf qilishdan charchmasinlar!". 



O'z o'rnida biz ham fursatdan foydalanib, yana bir bor Ro'ziqul aka Berdievni bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy tabriklaymiz. Ro'ziqul Sadullaevichga sihat-salomatlik, uzoq umr va baxt-saodat tilaymiz. Oila azolari hamda barcha futbol muxlislari baxtiga doimo bor bo'ling deb qolamiz.



Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика