Bugun Vladislav Kiryan roppa-rosa 40 yoshni qarshilamoqda
06 iyu 2019 20:40
Yangiliklar
Bugun Vladislav Kiryan roppa-rosa 40 yoshni qarshilamoqda
Bugun, 6 iyul kuni "Paxtakor" tarkibidagi o'yinlari bilan muxlislar qalbidan joy ola bilgan yarim himoyachi Vladislav Kiryan o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Faoliyatini Zarafshonning "Progress" klubida boshlagan Kiryan keyinchalik "Zarafshon", "Qizilqum" jamoalari sharafini himoya qildi. Aytib o'tganimizdek, futbolchilikdagi yulduzli onlari "Paxtakor" jamoasida o'tdi. 2002-2008 yillarda shonli klub safida to'p tepdi. Bir necha bor O'zbekiston chempioni, mamlakat kubogi sohibi bo'ldi.
Vladislav Kiryanni muxlislar o'ng qanot himoya va yarim himoyasida o'ynagan futbolchi sifati bilishadi. Juda tezkor o'yinchi hujumchilarga qanotdan to'p uzatishlarni maromiga etkazardi. 2009 yilda Kiryan Namanganing “Navbahor” klubiga ko'chib o'tdi. 2010 yilning ikkinchi davrasida Toshkentning “Lokomotiv” klubida ko'rinish bergan futbolchi butsalarini mixga ilishga qaror qildi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi libosida 17 ta uchrashuvda maydonga tushishga muvaffaq bo'lgan. Ayni paytda u Rossiyaning Belgorod viloyatida yashab, tadbirkorlik bilan shug'ullanmoqda.

Suratda Vladislav Kiryan 14-raqam ostida maydonga tushib kelmoqda
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar