So’nggi yangiliklar

Bugun To'raqo'rg'on qaynadi Yangiliklar

Bugun To'raqo'rg'on qaynadi

"Kelajak yulduzlari" kompaniyasi tomonidan har yil ananaviy tarzda Odil Ahmedov Kubogi o'tkazib kelinayotganidan xabaringiz bor.

Bu yildan mazkur musobaqa nomi o'zgardi va Odil Ahmedovning otasi Olim aka Ahmedov xotirasini yod etish maqsadida "Olim Ahmedov Kubogi" deb nomlandi. 

Navbatdagi musobaqaga bugundan Namangan viloyati To'raqo'rg'on tumanidagi Odil Ahmedov akademiyasida start berildi. Xotira turnirida 8ta jamoa ishtirok etmoqda. 

2007 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida bo'lib o'tayotgan musobaqada jamoalar to'rttadan ikki guruhga bo'lingan. Guruhlar va 1-tur uchrashuvlari quyidagicha ko'rinish oldi:



"A" guruhi

"Lokomotiv" (Toshkent)

Namangan terma jamoasi (Namangan)

"Odil Ahmedov FA" (Toshkent)

"Ahmad" (Qo'qon)


1-tur. 14 dekabr

"Lokomotiv" - Namangan TJ 6:0

"Odil Ahmedov FA" - "Ahmad" 3:0


"B" guruhi

ROZSK OA (Toshkent)

"Bunyodkor" (Toshkent)

Samarqand FA (Samarqand)

"Farovon" (Marg'ilon) 


1-tur. 14 dekabr

ROZSK OA - Samarqand FA 2:0

"Bunyodkor" - "Farovon" 0:2



Musobaqaning birinchi kunida kim nechta gol urdi?

3 - Abraev Quvonch ("Lokomotiv")

2 - Valijonov Abdulboriy ("Odil Ahmedov FA")

1 - Xudoyberganov SHohrux ("Lokomotiv") 

1 - Murodov G'iyosiddin ("Lokomotiv") 

1 - Rahimov Elbek ("Lokomotiv")

1 - Fayzullaev Muhammadyusuf ("Odil Ahmedov FA")

1 - Husanov Hojiahmad (ROZSK OA)  

1 - Nematbekov Muxtor (ROZSK OA)

1 - Nosirjonov Muhammadali ("Farovon")

1 - Mosinov Ibrohim ("Farovon")


Olim Ahmedov xotira turniri 18 dekabrga qadar davom etadi. Ertaga 2-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

"A" guruhi. 2-tur. 15 dekabr

13:00. Namangan TJ - "Ahmad" 

14:00. "Lokomotiv" - "Odil Ahmedov FA"


"B" guruhi. 2-tur. 15 dekabr

11:00. ROZSK OA - "Bunyodkor" 

12:00. Samarqand FA - "Farovon"


Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика