So’nggi yangiliklar

17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  0 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  1 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  1 15:38Роналду – энг яхши!  13 15:11"Реал"да можаро: Винисиус янги мураббийнинг ҳаракатларидан норози  12 14:42"Андижон" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  5 14:15"Манчестер Сити" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга қўшилди  1 13:45Ўткир Юсупов "Истиқлол" таклифини рад этди  10 13:20"Барселона"да асосий таркибдан мосуво қилинган Тер Штегенга "Сити"дан таклиф тушди  8 12:57"Челси" дарвозабони "Борнмут"га ўтди. Трансфер шартлари қанақа?  1 12:38"Қизилқум" легионери жамоадан кетди  2 12:18ЖЧ-2026 саралаши. Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлаб берди: Қатар ва БАА битта гуруҳда  30 11:52IFAB VAR иши ва пенальтилар ижросига оид қоидаларни ўзгартириши мумкин  5

Bugun tomosha qilishimiz shart bo'lgan o'yinlar Yangiliklar

Bugun tomosha qilishimiz shart bo'lgan o'yinlar

Bugun, 3 avgust kuni bir qator chempionatlarda tur uchrashuvlari o'tkaziladi.

Ushbu bahslar orasidan sizlar uchun muhim bo'lgan o'yinlarni saralab o'tamiz.


Biz ko'rishimiz kerak bo'lgan bahslar orasidagi ilk uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi. O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor SHomurodov to'p tepadigan "Rostov" klubi Rossiya Premer-ligasining 4-turida "Ural" mehmoni bo'ladi. 3ta uchrashuvda 2ta gol urgan SHomurodov bu safar ham raqib darvozasini ishg'ol qilib, o'z jamoasi g'alabasiga xissa qo'shishga urinib ko'radi.

16:00. "Ural" - "Rostov" (Match! Premer, YouTube, saytimizda matnli translyaciya)


Xorijda to'p tepayotgan yana bir o'zbekistonlik futbolchining klubi bugun milliy chempionat bahsini o'tkazadi. O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov bilan shartnomani uzaytirgan "SHanxay SIPG" Xitoy Superligasining 21-turida "Tyanczin Sunczyan" klubini qabul qiladi. 48 ochko bilan uchinchi o'rinni egallab turgan shanxayliklar bugungi g'alaba bilan bir pog'ona yuqorilashlari mumkin.

17:00. "SHanxay SIPG" - "Tyanczin Sunczyan"


Franciya chempionati g'olibi PSJ va mamlakat Kubogi sohibi "Renn" o'rtasidagi Superkubok o'yini Xitoyda bo'lib o'tishidan ko'pchilikning xabari yo'q bo'lsa kerak. Ushbu uchrashuv SHenchjen shahridagi SHenchjen Universiada sport markazida o'tkaziladi. Bahs Xitoyda bo'lishi sabab uchrashuv vaqti ham odatdagidan ertaroqqa surilgan.

16:30. PSJ - "Renn"


Kun oxirida bizni superto'qnashuv kutib turibdi. Germaniya Superkubogi uchun bahsda "Bavariya" hamda Dortmundning "Borussiya" klublari to'qnash kelishadi. Myunxen klubi ushbu uchrashuvda chempionat g'olibi va Kubok egasi sifatida qatnashsa, dortmundliklar Bundesligada ikkinchi o'rin sohibi bo'lgani uchun Superkubok ishtirokchisiga aylandi. Jamoalarning mavsumoldi o'tkazadigan so'nggi uchrashuvini maroq bilan tomosha qilishingiz mumkin.

23:30. "Borussiya" D - "Bavariya" (Match! Futbol 3)

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика