Bugun Superliga o'yinlarini "Mahalla" kanalida tomosha qiling
14 sen 2018 16:10
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/453296_original.jpg)
![](/upload/storage/453296_220.jpg)
Bugun Superliga o'yinlarini "Mahalla" kanalida tomosha qiling
SHotlandiyaning Glazgo shahrida tennis bo'yicha Devis Kubogi bo'lib o'tayotgani bois Superliganing bugungi ikkita o'yini "Sport" kanali orqali uzatilmaydi.
Bugun futbol o'rniga tennis efirga ketadi. CHunki Devis Kubogida hamyurtlarimiz Buyuk Britaniya tennischilariga qarshi kortga chiqishadi. SHu bois Superliganing 23-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Lokomotiv" (18:00) hamda "Navbahor" - "Paxtakor" (20:00) uchrashuvlari "Mahalla" telekanali orqali olib beriladi.
"Mahalla" kanalida futbol to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatilishi bois "Tomorqam - xazinam", "Keksalar davrasida" ko'rsatuvlari, "Serjantlar" milliy seriali, "Odamiylik" tok-shousi hamda "Oltin ostona" teleko'rsatuvi ixlosmandlari boshqa payt ko'rishlari mumkin.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar