Bugun "SHo'rtan" o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi, jamoada Maradona shug'ullanyapti
24 iyu 2017 12:34
Yangiliklar
Bugun "SHo'rtan" o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi, jamoada Maradona shug'ullanyapti
SHu paytgacha "Mashal" safida to'p tepib kelgan hujumchi Maradona Safarov ayni kunlarda g'uzorliklar tarkibida shug'ullanmoqda. "SHo'rtan" 22 iyul kuni birinchi liga vakili "NBU-Osiyo"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, 2:1 hisobida g'alaba qozongandi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun jamoa "Lokomotiv" o'rinbosarlariga qarshi TTYMI stadionida navbatdagi nazorat bahsini o'tkazadi. O'yin 18:00da boshlanadi. Jamoaga yangi qo'shilgan Maradona Safarov haqida to'xtaladigan bo'lsak, muboraklik hujumchi "Mashal" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U birinchi davrada "gazchilar" safida to'rtta o'yinda maydonga tushib, hali gol ura olmadi.
Agar hujumchi ikkinchi davrani "SHo'rtan" tarkibida o'tkazsa, balki gol urishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar