So’nggi yangiliklar

14:10"Чемпионлик? Бу қўлимиздан келадиган иш" — Равшан Ҳайдаров  0 13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  0 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  4 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  1 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  2 12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  4 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  2 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  20 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  3 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  3 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  5 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3

Bugun Ro'ziqul Berdiev 45 yoshga to'ldi! Yangiliklar

Bugun Ro'ziqul Berdiev 45 yoshga to'ldi!

Jamiyatning qay sohasida bo'lsin o'z ishini jon dildan sevuvchi, kasbini hayotining mazmuniga aylantirgan insonlar bor.

“Nasaf” deganda bir insonni uning yoniga qo'shmasdan gapirib bo'lmaydi. Bu inson ham “Nasaf”siz hayotini tasavvur qila olmaydi. Ushbu inson bu maqomga faqat o'zining mehnati va fidoiyligi bilan sazovor bo'lgan.
 
Bugun mana shunday inson, “Nasaf” jamoasining bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev 45 yoshini nishonlamoqda.
 
U 1997 yildan beri “Nasaf” bilan birga. 2008 yilda professional futbolchilik faoliyatini yakunlab murabbiylar shtabiga qo'shildi. Ro'ziqul Berdiev “Nasaf” safida 314 marta maydonga tushgan futbolchi va juda ko'p mavsumda jamoaga sardorlik ham qilgan. 2012 yildan jamoamizga bosh murabbiylik qilmoqda.
 
Berdiev qo'li ostidagi jamoamiz o'z hayotida yangi sahifani ochdi. O'tgan 2015 yilda O'zbekiston Kubogini, joriy yil boshida esa O'zbekison Superkubogini qo'lga kiritdi. Bu yil ham u rahbarligidagi jamoamiz O'zbekiston Kubogi finaliga yo'llanmani qo'lga kiritgan. Bu yutuqlarda uning salmoqli hissasi bor.
 
“Nasaf” PFK rahbariyati, murabbiylari, futbolchilari hamda butun Qashqadaryo futboli ishqibozlari nomidan u kishini bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy tabriklaymiz. U kishiga sihat-salomatlik, uzoq umr va baxt saodat tilaymiz. Oila azolaringiz va farzandalaringiz baxtiga va barcha futbol muxlislari baxtiga doimo bor bo'ling. Siz bizning ardoqli kishilarimizdan birisiz! Doimo sog'-salomat bo'ling! Zafarli g'alabalarda xamisha birga bo'laylik! Niyatimiz, har doim shunday elimiz ardog'ida bo'ling!
 
45 yoshingiz qutlug' bo'lsin!
 
“Nasaf” PFK jamoasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика