Bugun Ravshan Haydarov shogirdlari Dubayda Yaponiya bilan o'ynaydi
14 noy 2018 11:47
Yangiliklar
Bugun Ravshan Haydarov shogirdlari Dubayda Yaponiya bilan o'ynaydi
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi BAAda bo'lib o'tadigan “Dubai cup” xalqaro musobaqasida ishtirok etishi haqida avval xabar berib o'tgandik.
Ayni paytda Dubayda bo'lib turgan futbolchilarimiz kuniga ikki mahal mashg'ulotlar olib borishmoqda.
Bugun vakillarimiz ushbu musobaqadagi dastlabki o'yinni Yaponiya terma jamoasiga qarshi o'tkazishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:30da boshlanadi.
SHuningdek, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 17 noyabr kuni BAA, 20 noyabr kuni Kuvayt terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Mazkur musobaqa orqali murabbiylar shtabi terma jamoaga nomzod futbolchilarni ko'zdan kechirib, jamoani shakllantirish ishlarini olib borishadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar