So’nggi yangiliklar

15:45Ўзбекистон Кубоги гуруҳ босқичига қачон қуръа ташланади?  0 15:32УEФА президенти: "Албатта, Родри "Олтин тўп"га лойиқ эди"  6 15:10"Машъал" 2 нафар тажрибали футболчи билан шартнома тузди  0 14:51"Сурхон" "ФарДУ"га имкониятни бой берди  0 14:35"Контега қарши битта ўйин бир йиллик тажрибага тенг"  0 14:08Гвардиола олдида катта танлов: "Сити"да қолиш ёки янги чақирувни қабул қилиш  29 13:39"Челси" "Барселона" аъзоси учун 30 млн евро тўлашга тайёр  2 13:12Ўзбекистон U-20 терма жамоаси устози: "Пенальтилардан фойдаланишни кўп маротаба машқ қилгандик"  24 12:58Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси "Бунёдкор"да иш бошлади  0 12:30"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Ҳусановни мақтади  17 12:03Слот – Гвардиолани АПЛнинг бир мавсумида икки марта мағлуб этган "Ливерпул"нинг биринчи мураббийи!  6 11:37"Барселона" 80 млн еврога баҳоланаётган туркиялик футболчига қизиқмоқда  6 11:09Хаби Алонсо – рекордчи!  1 10:41А Серия тўпурарларидан бирига «Арсенал» ва «Ливерпуль» асосий даъвогар  0 10:07Ўртоқлик учрашуви. «Насаф» «Шахтёр»ни мағлуб этди  4

Bugun Qo'qonda katta futbol Yangiliklar

Bugun Qo'qonda katta futbol

Teglar :  Qo'qon-1912
Bugun mamlakatimizning beshta shahrida Oliy liga-2016 uchrashuvlariga start beriladi.

SHu jumladan, Qo'qondagi “Markaziy” o'yingohda ham chempionatning ochilish uchrashuvi o'tkaziladi. Murod Ismoilov shogirdlarining birinchi raqibi – liga debyutanti Toshkentning “Obod” jamoasi bo'ladi. Mazkur uchrashuvga doir malumotlar bilan tanishing:

Raqib haqida qisqacha malumot

“Obod” jamoasi 2013 yilda tashkil topgan. O'sha yili jamoa ikkinchi liga bahslarida ishtirok etdi va dastlabki mavsumdayoq birinchi ligada o'ynash huquqini qo'lga kiritdi.

Birinchi ligadagi debyut mavsumi – 2014 yilda jamoa uchinchi o'rinni egalladi.

Nihoyat, o'tgan yili “Obod” quyi ligada birinchi o'rinni band etib, kuchlilar safiga qo'shildi. Jamoa oliy ligaga yo'l olgach, “Jar” stadionini ijaraga oldi. Bungacha esa “Obod” o'zining stadionida o'yinlarni o'tkayotgan edi. Bu o'yingoh esa atigi 800 nafar muxlisga mo'ljallangan edi.

Oliy ligaga chiqqach, jamoa o'z tarkibini kuchaytirishga harakat qildi. Mavsum oldidan “Obod” safiga taniqli hujumchi Pavel Solomin kelib qo'shildi. Bundan tashqari, Sanjar To'raqulov, Alisher Azizov va Ilhom Komilov kabi mahoratli o'yinchilar ham 2016 yilda “Obod” sharafini himoya qilishadi.

Ilhom Komilov 2015 yilgi mavsumning ikkinchi qismini aynan “Qo'qon-1912” jamoasi safida o'tkazgandi. Qolaversa, bu futbolchi qishki yig'inlar chog'ida jamoamiz ko'rigida bo'ldi. SHuningdek, qishki yig'inda Sanjar To'raqulov ham jamoamizda ko'rikdan o'tdi.

Jamoani SHavkat Abduxo'jaev bosh murabbiy sifatida boshqarib boradi. Unga Bobur Zuhriddinov, Jafar Irismetov va Xayrulla Abdievlar yordam berishadi.

Yo'qotishlar
Bugungi o'yinni jamoamiz etakchisi Nosir Otaqo'ziev diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yuboradi. Xabaringiz bor, o'tgan yili “So'g'diyona”ga qarshi kechgan o'yindan so'ng PFL tartib intizom qo'mitasi Otaqo'zievni ikkita uchrashuvda qatnasha olmasligini malum qilgandi.

Hakamlar
“Qo'qon-1912” – “Obod” uchrashuviga Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar tayinlandi. O'yin nazoratchisi Igor Nexochin.

Oliy liga
1-tur. 5 mart (shanba)
Qo'qon-1912 (Qo'qon) – Obod (Toshkent)
Hakamlar:  I. Tantashev (Buxoro), R. Serazetdinov (Toshkent), R. SHoyaxmetov (Toshkent), I. Xudoydotov (Toshkent)
Nazoratchi:  I. Nexochin (Namangan).
O'zPFL vakili: V. Lyotkin.

Uchrashuv bugun soat 16:00da boshlanadi. Barcha muxlislarni stadionga chorlab qolamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика