Bugun O'zbekiston yoshlar terma jamoasi "Obod"ga qarshi o'ynaydi
10 sen 2014 10:13
Yangiliklar


Bugun O'zbekiston yoshlar terma jamoasi "Obod"ga qarshi o'ynaydi
10 kun davomida Dukentda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib borgan Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bugun Toshkentga qaytdi.
Ushbu yig'in yakunida yoshlar terma jamoamiz birinchi liga vakili "Obod"ga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazadi. Belgilangan bahs bugun 16:00 da JAR stadionida bo'lib o'tadi. SHundan keyin jamoa azolari besh kun o'z klublari safida bo'lib, 15 sentyabrdan boshlab yana navbatdagi yig'inini boshlaydi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi shu yilning 9-23 oktyabr kunlari Myanma mamlakatida o'tkaziladigan Osiyo CHempionati final bosqichida ishtirok etadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi shu yilning 9-23 oktyabr kunlari Myanma mamlakatida o'tkaziladigan Osiyo CHempionati final bosqichida ishtirok etadi.

Fikrlar