Bugun O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Ispaniyada ikkinchi nazorat o'yini o'tkazadi
21 fev 2019 14:58
Yangiliklar
Bugun O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Ispaniyada ikkinchi nazorat o'yini o'tkazadi
17 fevral kuni Lyubinko Drulovich shogirdlari "La Finca" stadionida SHveycariyaning "Delemon" klubiga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazib, 2:2 hisobida durang qayd etishgandi.
Bugun terma jamoamiz Ispaniyadagi ikkinchi nazorat o'yinida maydonga tushadi. Vakillarimiz "Pinatar" stadionida "Lokomotiv Tbilisi" jamoasi bilan kuch sinashishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.
Terma jamoa murabbiylar shtabi yig'in davomida futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga asosiy etiborni qaratmoqda.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi shu yilning mart oyida kelasi yil Tailandda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati saralashida qatnashadi. Saralash bahslari Toshkentda o'tkazilib, terma jamoamiz azolari Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun Tojikiston, Hindiston va Pokiston terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди
Fikrlar