So’nggi yangiliklar

14:21Ўзбекистон Кубогидан ўрин олган “Бухоро” — ОКМК учрашувини бошқарадиган ҳакамлар номи маълум бўлди  0 14:15Пролига 10-турида ишловчи расмийлар эълон қилинди  0 13:38АПЛ 2025/26 мавсум тақвими эълон қилинди: МЮ 1-турда "Арсенал"ни қабул қилади  2 12:54"Манчестер Юнайтед" ўз футболчиси учун "Наполи"дан 25 млн. евро сўрамоқда  1 12:24Ильгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионати 2-тур ўйинида ишлайди  3 12:12Ўзбек футболи фахрийси Валерий Лёткин вафот этди  1 11:53Гвардиола клублар ўртасидаги ЖЧда кимлар ўйнаши ҳақидаги саволга жавоб берди  7 11:34Абдурауф Бўриев Шотландия клубига ўтиши мумкин эди, бироқ...  7 11:20Марказий Осиё. Қозоғистонда энг қиммат футболчи ўзгарди, Тожикистонда "Истиқлол" 4-ўринга тушди, "Аркадағ" эса кубок ярим финалига чиқди  1 11:05“Ал Насср“ футболчиси АПЛ грандига ўтиши мумкин  0 10:37Жаҳоннинг энг яхши ҳужумчилар рейтинги тузилди (топ-10)  2 10:10“Барселона“ йирик трансферни амалга оширишга яқин  6 09:43“Ювентус“ “Адидас“ билан янги шартнома имзолади. Келишув суммаси маълум  0 09:18Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита чорак финалчилар аниқланади  3 08:47Саудия Арабистоннинг бир йўлла учта жамоаси АПЛ юлдузига таклиф билан чиқишди  2

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi CHexiya klubi bilan o'ynaydi Yangiliklar

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi CHexiya klubi bilan o'ynaydi

Teglar :  O'zbekiston MTJ
2018 yil Rossiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi o'quv-mashg'ulotlarini Avstriyada o'tkazmoqda.

Ushbu yig'in davomidagi ilk o'rtoqlik uchrashuvi bugun – 13 iyul kuni bo'lib o'tadi. Unda Samvel Babayan boshchiligidagi jamoa CHexiyaning "Yablonec" futbol klubiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv, Avstryaning Enbax shahrida bo'lib o'tadi va mahalliy vaqt bilan 18:00da (Toshkent vaqti bilan 21:00da) boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasining Avstriyadagi yig'ini 6 iyul kuni boshlangan va u 21 iyulga qadar davom etadi.

Avvalroq, ushbu o'quv-mashg'ulot yig'iniga yo'l olgan futbolchilar ro'yxatini malum qilgan edik.

Ayni vaqtda O'zbekiston milliy terma jamoasining JCH-2018 uchinchi saralash bosqichi oldidan Iroq hamda Yaman terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazish borasida kelishuvi bor. Iroq bilan o'tkaziladigan nazorat uchrashuvi 24 iyul kuni, Toshketdagi “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tishi ko'zda tutilgan.

Yamanga qarshi kechadigan nazorat o'yini esa 24 avgustga belgilangan. Ushbu o'yin ham “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tadi. Har ikki ucharshuv Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi. 



Saytimizning Telegramdagi rasmiy kanaliga obuna bo'ling: "Championat.asia"

Reyting: -32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика