So’nggi yangiliklar

02:02Европа лигаси. "Марсель" ва "Аталанта" муроса кўчасини танлади, "Байер" эса "Рома" майдонида ишончли ғалабага эришди  14 01:30АПЛ. Лондон дербисида "Челси" "Тоттенхэм"ни мағлубиятга учратди  2 00:53Германияда эркаклар футбол жамоасига илк маротаба аёл бош мураббий тайинланди  2 00:29Қозоғистон Профессионал футбол лигасининг букмекер ҳамкоридан қанча пул олаётгани маълум бўлди  2 00:12ПСЖ автобуси "Боруссия" стадионини Мбаппесиз тарк этди  0 23:40Конференциялар лигаси. "Астон Вилла" — "Олимпиакос" ҳамда "Фиорентина" — "Брюгге" учрашувлари бошланди  3 23:28Россия кубоги. РПЛ йўли. Финал. Файзуллаев захирадан туширилди, ЦСКА эса илк ўйинда дуранг ўйнади  4 23:17U-23 Осиё кубоги. Ироқ 3-ўрин учун баҳсда Индонезияни мағлуб этиб, Олимпиада йўлланмасини қўлга киритди  28 23:00Бензема "Реал Мадрид"га қайтди  14 22:26Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг финалдан олдинги расмий машғулоти  1 22:11"Арсенал" логотипини ўзгартиради  2 21:55Аргентина Месси фаолиятини якунлагач, 10-рақамни ҳеч кимга бермайди  6 21:30Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг финал олдидан ўтказган машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 21:04Куртуа Евро-2024'да иштирок этмайди  0 20:59Осиё Чемпионлар лигаси финалини ўзбекистонлик ҳакамлар бошқаради  7

Bugun O'zbekiston Liga kubogi finali Yangiliklar

Bugun O'zbekiston Liga kubogi finali

2019 yilgi mavsumda O'zbekistonda yangi musobaqa tashkil etildi.

Liga Kubogi deb nom olgan musobaqada jami 16ta klub ishtirok etdi. Bu musobaqaning final uchrashuvi 4 dekabr kuni bo'lib o'tadi. Hal qiluvchi bahsda avval o'quvchilarimizga musobaqa hamda finalchilar bosib o'tgan yo'l haqida malumot beramiz.

MUSOBAQA HAQIDA

Bu yilgi Liga Kubogida Superliganing 14ta, shuningdek, A Pro-liganing “Mashal” hamda “SHo'rtan” klublari ishtirok etishdi. 2020 yildan boshlab O'zbekiston kubogi musobaqasida ishtirokchilar soni aynan licenziyalash talablaridan kelib chiqib belgilanadi, Liga kubogida esa O'zPFL tasarrufidagi musobaqalarda ishtirok etayotgan barcha futbol klublari o'ynash imkoniyatiga ega bo'ladi. Zero, O'zbekiston kubogida g'olib chiqqan jamoada Osiyo CHempionlar ligasi yo'llanmasini yutib olish imkoniyati mavjud. SHunday ekan, licenziyalash talablariga javob bera olmaydigan klublarning mazkur musobaqada ishtirok etishiga kelasi mavsumdan boshlab yo'l qo'yilmaydi.

Liga kubogida 16ta klub 4ta guruhga ajratildi. Jamoalar guruh bosqichida 3tadan uchrashuvda ishtirok etishdi. Bellashuvlarning qaysi maydonlarda o'tishini qura jarayoni aniqlab berdi. Har bir guruhda dastlabki ikki o'rinni egallagan jamoalar chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Bu musobaqada CHorak va yarim final bellashuvlari bitta o'yindan iborat bo'ldi. Final ham bitta bo'ladi. Hal qiluvchi bellashuv 4 dekabr kuni Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi. Unda xuddi O'zbekiston Kubogida bo'lgani kabi "Paxtakor" va AGMK klublari to'qnash kelishadi. Biz har ikkala klubning finalga qadar qanday etib kelishgani haqida so'r yuritamiz.




"PAXTAKOR"
SHota Arveladze boshchiligidagi "sherlar" uchun mazkur musobaqada juda ham omadsiz tarzda boshlangan edi. Ilk turda "Paxtakor" o'z maydonida "Qo'qon-1912"ni qabul qilgandi. O'sha vaqtda O'zbekiston terma jamoasi Turkiya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish uchun safarga uchib ketgandi. SHu bois "sherlar" "Qo'qon-1912"ga qarshi bahsni deyarli yoshlar tarkibidagi futbolchilar bilan o'tkazishdi. Bu esa hisobda o'z aksini topdi va "Qo'qon-1912" Toshkentda "Paxtakor"ni 4:0 hisobida tor-mor etdi. Muxlislar Murod Xolmuhammedovning deyari 60 metrlardan urgan golini hamon eslashsa kerak.

Ikkinchi turni "Paxtakor" Buxoroda "Buxoro"ga qarshi o'tkazdi. Bu safar ko'plab asosiy futbolchilar bilan o'ynagan "sherlar" 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Toshkentliklar safida Humoyunmirzo Iminov va Igor Sergeev gol urishgan edi.

Guruh bosqichining so'nggi turida "Paxtakor" o'z maydonida "Lokomotiv"ni qabul qildi. Bu bahsda "sherlar" asosiy, Samvel Babayan boshchiligidagi "temiryo'lchilar" esa yoshlar tarkibi bilan ishtirok etishdi. Bu o'yinda tajriba baribir o'z so'zini aytdi va yakunda SHota Arveladze shogridlari 2:1 hisobida g'alaba qozonib chorak finalga chiqishdi. Bu uchrashuvda Sardor Sobirxo'jaev va Igor Sergeev "Lokomotiv" darvozasini ishg'ol qilishgandi.

CHorak finalga tashlangan quraga ko'ra "Paxtakor" o'z maydonida A PRO-liga vakili G'uzorning "SHo'rtan" klubini qabul qildi. SHerzod Azamov bitta, Dostonbek Hamdamov ikkita gol urib "sherlar"ning yirik g'alabasini taminlashgan edi - 3:0.

Finalga chiqish uchun "Paxtakor" Qo'qonga safar qildi. Arveladze shogirdlarida guruh bosqichidagi yirik mag'lubiyat uchun revansh olish imkoniyati paydo bo'ldi. Qiziqarli kechgan bahsda stadionga kelgan muxlislar jami oltita golning guvohiga aylanishdi. SHundan to'rttasiga "Paxtakor" azolari mualliflik qilishdi - 2:4. Dragan CHeran, Odiljon Hamrobekov, Igor Sergeev va Dostonbek Hamdamov qo'qonliklar darvozasiga gol urishgandi.

"Paxtakor" Liga kubogida 5ta o'yin o'tkazib 4ta g'alabaga erishdi va 1ta mag'lubiyat qayd etdi. "SHerlar" ushbu musobaqada 11ta gol urib, o'z darvozalaridan 8ta gol o'tkazib yuborishdi. Igor Sergeev va Dostonbek Hamdamov uchta gol bilan bu musobaqada klubning to'purari bo'lib turishibdi.


AGMK
"Paxtakor" musobaqani 0:4 hisobidagi mag'lubiyat bilan boshlagan bo'lsa, Mirjalol Qosimov shogirdlari Liga kubogini 4:0 hisobidagi g'alaba bilan boshlashgandi. Olmaliqda "Qizilqum" bilan bahsda Mirjamol Qosimov dublga erishgan, SHahzodbek Nurmatov va SHoxnazar Norbekov bittadan gol urishgan edi.

Ikkinchi turda Toshkent viloyati derbisida AGMK Bekobodning "Metallurg" klubi bilan to'qnash kelgandi. Olmaliqda kechgan uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etilgandi. Mezbonlar safida Jasur Hakimov o'z nomini tabloga yozdirib qo'ygan edi.

Guruh bosqichining eng so'nggi turida olmaliqliklar Vadim Abramov boshchiligidagi "Bunyodkor" bilan o'yin o'tkazishdi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda stadionga kelganlar darvozalarga urilgan 7ta golning guvohiga aylanishgandi. Maydon egalari safida Boburbek Yuldashev, Mirjamol Qosimov, Zafar Polvonov va Sanat SHixov gol urishgandi - 4:3.

Qizig'i Liga kubogi reglamentiga ko'ra chorak final uchun tashlanadigan qura vaqtida bir guruhdan chiqqan klublar bir-biriga to'qnash kelib qolishi mumkin deyilgan. SHu bois ham bir guruhda o'ynagan AGMK va "Metallurg" qura tufayli chorak finalda ham to'qnash kelib qolishgandi. Bu bahs taqdirini Zafar Polvonov tomonidan urilgan yagona gol hal qilgandi - 1:0.

Yarim finalni ham AGMK o'z maydonida Samarqandning "Dinamo" klubiga qarshi o'tkazdi. Superligada qolish uchun kurashayotgani bois "Dinamo" bu o'yinga yoshlar jamoasi azolari bilan tashrif buyurdi. Natijada AGMK 3:0 hisobida g'alaba qozonib finalga chiqdi. Uchrashuvda Jasur Hakimov, Jasur Umarov (ikkita) samarqandliklar darvozasiga to'p kiritishgandi.

AGMK Liga kubogidagi 5ta o'yinning 4tasida g'alaba qozondi va 1 marta durang o'ynadi. Jamoa 13ta gol urdi va o'z darvozasidan 4ta to'p olib chiqdi. Uchta gol urgan Mirjamol Qosimov bu musobaqada AGMKning to'purari bo'lib turibdi.



FINALCHILAR BOSIB O'TGAN YO'L
1-tur:
PAXTAKOR – QO'QON-1912 0:4
Gollar:
Marko Milich, 24 (0:1). Timur Usmonov, 43 (0:2). Murod Xolmuhammedov, 45 (0:3). Suhrob Berdiev, 90 (0:4)

AGMK – QIZILQUM 4:0
Gollar:
Mirjamol Qosimov, 51 (1:0). Mirjamol Qosimov, 67 (2:0). SHahzod Nurmatov, 82 (3:0). SHoxnazar Norbekov, 89 (4:0)

2-tur
AGMK — METALLURG 1:1
Gollar:
Jasur Hakimov, 72 (1:0) – Stanislav Andreev, 90+2 penalti (1:1)

"BUXORO" — "PAXTAKOR" 1:2
Gollar:
Humoyunmirzo Iminov 42 (0:1). Igor Sergeev 71 (0:2). Andrey Sidorov 89, (1:2)


3-tur
PAXTAKOR — LOKOMOTIV 2:1
Gollar:
Sardor Sobirxo'jaev, 18 (1:0), Azizbek Omonov, 66 (1:1), Igor Sergeev, 75 (2:1)

AGMK (Olmaliq) — "Bunyodkor” (Toshkent) 4:3
Gollar
: Boburbek Yuldashev, 7 (1:0). Mirjamol Qosimov, 20 (2:0). Sanjar Rihsiboev, 27 (2:1). Zafar Polvonov, 55 (3:1). Xurshid G'iyosov, 71 penalti (3:2). Mirjahon Mirahmadov, 72 (3:3). Sanat SHixov, 75 (4:3)

CHorak final
AGMK – «METALLURG» 1:0
Gol
: Zafar Polvonov, 37 (1:0)

«PAXTAKOR» - «SHO'RTAN» 3:0
Gollar:
SHerzod Azamov, 50 (1:0), Dostonbek Hamdamov, 65 (2:0), Dostonbek Hamdamov, 90+3 (3:0)

Yarim final
QO'QON-1912 – PAXTAKOR 2:4
Gollar
: Dragan CHeran, 5 (0:1), Suhrob Berdiev, 7 penaltidan (1:1), Odiljon Hamrobekov, 45+2 (1:2), Igor Sergeev, 59 (1:3), Dostonbek Hamdamov, 79 (1:4), SHaxboz Erkinov, 80 (2:4)

AGMK – DINAMO 3:0
Gollar
: Jasur Hakimov, 6 (1:0), Jasurbek Umarov, 83 (2:0), Jasurbek Umarov, 85 (3:0)

O'ZBEKISTON LIGA KUBOGI-2019. FINAL
4 dekabr 16:00, "Paxtakor" stadioni
AGMK - "Paxtakor"

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика