So’nggi yangiliklar

10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  1 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  2 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  1 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  5 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  4 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  7 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  6 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2

Bugun O'zbekiston kubogi finali. O'tgan yilgi finalni suratlar yordamida yodga olamiz Yangiliklar

Bugun O'zbekiston kubogi finali. O'tgan yilgi finalni suratlar yordamida yodga olamiz

Bugun O'zbekiston kubogining 2019 yilgi g'olibi nomini bilib olamiz.

Toshkent vaqti bilan 17:00da start oladigan va "Lokomotiv" stadionida o'tadigan bellashuvda "Paxtakor" hamda AGMK jamoalari o'zaro bahs olib borishadi.

Kubokning o'tgan yilgi finalida ham aynan shu jamoalar kurash olib borishganidan xabaringiz bor. O'shanda Baxtiyor Ashurmatov murabbiyligidagi olmaliqliklar 3:1 hisobida g'alaba qozonib kubokni boshlari uzra baland ko'tarishgan edi. Biz esa bugungi final oldidan o'tgan yilgi to'qnashuvni suratlar yordamida yana bir yodga olishga qaror qildik.

O'tgan yili kubok sohibiga berilgan sovrin.


O'zbekiston kubogi-2018. FINAL
AGMK - "Paxtakor" 3:1

28 oktyabr 2018 yil. Farg'ona shahri, "Istiqlol" stadioni.
Hakamlar: Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Olim To'ychiboev.

Gollar: Yovan Jokich 16 penalti, 1:0. Ismoil Gonsalvesh 54 penalti, - 1:1. Yovan Jokich 57, - 2:1. Zohir Pirimov 90, - 3:1.

AGMK - Roman Abdulov, Vladimir Bubanya, Vladislav Kasminin, Abduqahhor Xojiakbarov, Azamat Isroilov, Jasur Hasanov, Lutfulla To'raev (c), Zohir Pirimov, Kamoliddin Murzoev (Zafar Polvonov, 83) (Javlon Guseynov, 90), Yovan Jokich, Oybek Qilichev (Muzaffar Muzaffarov, 84).
Zaxira: Xurshid Xodjaev, SHoxnazar Norbekov, G'ulom Haydar G'ulomov, SHahboz Umarov, Jamshid Hasanov, Alisher Samatov.

"Paxtakor" - Eldorbek Suyunov, Akmal SHorahmedov (Igor Sergeev, 86), SHerzod Azamov, Marko Simich, Farruh Sayfiev - Dilshod Rahmatullaev (Jasur Yaxshiboev, 75), Vladimir Kozak (Jamshid Iskanderov, 46) - Ismoil Gonsalvesh, Dragan CHeran, Jaloliddin Masharipov - Tiago Bezerra.
Zaxira: Aleksandr Lobanov, Xojiakbar Alijonov, Azim Ahmedov, Egor Krimec, Bahom Abdurahimov, Kamoliddin Tojiev.

Ogohlantirishlar: SHerzod Azamov 32, Lutfulla To'raev 34, Vladislav Kasminin 38, Abduqahhor Xojiakbarov 39, Yovan Jokich 80.


"Paxtakor"ning bir yil oldingi finalda asosiy tarkibi. Hozir ulardan 4 nafari boshqa jamoalarda to'p tepishmoqda. Xususan, Akmal SHorahmedov bugun sobiq jamoasiga qarshi to'p tepadi.


AGMKning bir yil oldingi finalda asosiy tarkibi. Ulardan 8 nafari hozir jamoada emas. Tarkib keskin o'zgarib ketgan.


Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari bilan birga SHota Arveladze va uning o'yinchilarini enggan kun.


Yovan Jokich penaltidan hisobni ochgan vaziyat.


SH.Arveladze anchagina asabiylashgan edi.


B.Ashurmatov shogirdlari esa ko'pchilikni hayron qoldira olishgandi.


Ismoil Gonsalvesh 11 metrlikdan muvozanatni tiklagan palla. Ammo, bu gol o'sha kuni "sherlar"ning yagona bo'lib qolgandi.


Zohir Pirimov 90-daqiqada jamoasining uchinchi golini urib o'yinga nuqta qo'ygandagi quvonch.


Alamli mag'lubiyatni qabul qilib olgan futbolchilar...


Boshdan baland sakray olgan futbolchilar quvonchi.



Bugungi uchrashuvda har ikki jamoaga ham omad tilab qolamiz. Muhimi, maydonda haqiqiy jang guvohi bo'lishimiz aniq.


Tolibjon Qosimov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика