Bugun OCHLda 1/4 finalning navbatdagi ikki ishtirokchisi malum bo'ladi
12 avg 2019 15:20
Yangiliklar


Bugun OCHLda 1/4 finalning navbatdagi ikki ishtirokchisi malum bo'ladi
Bugun kun tartibidan ikkita o'yin o'rin olgan. BAAning "Al Vahda" klubi o'z maydonida Saudiya Arabistonining "Al Nasr" klubini qabul qilsa, Qatar poytaxti Dohada "Zobahan" - "Al Ittihod" uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Ar Riyod shahridagi "Qirol Fahd" stadionida bo'lib o'tgan bellashuvda "Al Nasr" - "Al Vahda" qarama-qarshiligi 1:1 hisobida yakun topgandi. Bugun Abu Dabidagi "Al Nahyan" stadionida yanada qiziq bellashuv kechishi kutilmoqda. O'yin bizning vaqt bilan 20:40da start oladi.
Al-Wahda Mohammed Al Menhali - 27', Sebastian Tagliabue - 79' |
AFC Champions League Final Stage . 1/8-tur 12/08/2019, 21:40 3
:
2
Tugadi
|
Al Nassr FC Abderrazak Hamdallah - 41', Giuliano - 45', Giuliano - 62' |
Saudiya Arabistonining boshqa bir jamoasi "Al Ittihod" mezbon sifatida "Zobahan" bilan bir hafta oldin Dubayda kuch sinashgandi. Javob uchrashuvi sifatida Doha tanlandi va bunda "Zobahan" mezbon bo'lib o'ynaydi. Bu uchrashuv 00:00ga belgilangan. Birinchi o'yinda saudiyaliklar 2:1 hisobida zafar quchishgan.
Zob Ahan Luis Jimenez - 53', Hadi Mohammadi - 72', Macauley Chrisantus - 83' |
AFC Champions League Final Stage . 1/8-tur 13/08/2019, 01:00 4
:
3
Tugadi
|
Al Ittihad Emiliano Vecchio - 45', Mohammad Bagher Sadeghi - 54', Romarinho - 64', Romarinho - 70' |
Bugun bo'lib o'tadigan ikki uchrashuvdan so'ng chorak finalga yo'l olgan ikkita jamoa nomi malum bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar