Bugun OCHL saralashiga start beriladi
10 fev 2015 14:53
Yangiliklar

Bugun OCHL saralashiga start beriladi
Bugun qitamizning bir qator stadionlarida Osiyo chempionlari ligasi musobaqasining saralash bahslariga start beriladi.
Xabaringiz bor, “Nasaf” ishtirok etayotgan “D” guruhidan ajratilgan bir o'rin uchun bir yo'la uch davlat jamoasi kurash olib boradi. Bugun Kuvaytning “Al-Qodisiya” jamoasi o'z maydonida Iordaniyaning “Al-Vihdat” klubi bilan bahs olib boradi.
O'yin Toshkent vaqti bilan soat 20:15 ga belgilangan. Bitta uchrashuvdan iborat bahs Kuvayt shahridagi “Al-Kuvayt sports klub” stadionida o'tkazaladi. Ushbu juftlik g'olibi esa 17 fevral kuni Saudiya Arabistonida “Al-Ahli” jamoasi mehmoni bo'ladi. Jidda shahrida o'tadigan bahsda g'olib chiqadigan jamoa Osiyo chempionlar ligasining “D” guruhida bahslarni davom ettiradi.
Eslatib o'tamiz, “D” guruhida “Nasaf” bilan birga Eronning “Traktorsozi”, Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Ahli” va pley ofda g'olib chiqqan jamoa kurash olib boradi.

Fikrlar