So’nggi yangiliklar

21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  0 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  1 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  10 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  7 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  3 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2

Bugun "Nasonal", shuningdek, 1966 yilgi Toshkent zilzilasi ro'y bergan soniyalarda "Paxtakor" stadionida gol urgan Tojirov tavallud topgan kun! Yangiliklar

Bugun "Nasonal", shuningdek, 1966 yilgi Toshkent zilzilasi ro'y bergan soniyalarda "Paxtakor" stadionida gol urgan Tojirov tavallud topgan kun!

Bugun "Paxtakor" jamoasining o'tgan asr 60-yillaridagi yana bir mashhur futbolchisi, o'ziga yarasha tarixiy gollar muallifi Vladimir Tojirov tavallud topgan kun.

Agar bugun Vladimir Hasanovich hayot bo'lganida 79 yoshni qarshilardi. Tojirov biroz avval hikoya qilganimiz yana bir "Paxtakor" afsonasi Yuriy Pshenichnikov bilan bir yilda, bir kunda dunyoga kelgan edi. 

Vladimir Tajirov 1940 yilning 2 iyun kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. "Mehnat rezervlari" jamoasi tarkibida futbolchilik faoliyatini boshlagan. Faoliyatining yorqin yillarini "Paxtakor" safida o'tkazgan. Vladimir 7 mavsum davomida "Paxtakor" sharafini himoya qilgan. 1967 yilda Moskvaning "Lokomotiv" klubi sharafini himoya qilgan. Futbolchilik faoliyatini "Frezer" (Moskva) havaskorlar klubida yakunlagan.

SSSR chempionatlarida jami 225 ta uchrashuv o'tkazib, raqiblar darvozasini 8 marotaba ishg'ol qilgan. Volodya faoliyatini himoyachi sifatida boshlab, yarim himoyachi ampluasida tugatgan. Vladimir "Paxtakor" tarkibida Valeriy Muxin bilan ajoyib tandem hosil qilgandi. 

Uning ikki goli shubhasiz, faoliyatini bezaydi. 1964 yilda "Paxtakor" Toshkentda Urugvayning 25 karra chempioni "Nasonal" klubini qabul qiladi va 2:1 hisobida g'alaba qozonadi. Montevideo klubi Evropa turnesidagi ketma-ket g'alabalardan so'ng aynan Toshkentda mag'lubiyat alamini totib ko'radi. Ergash Karimov ishtirokidagi "Uchrashuv" filmi yodingizda tushdimi? O'sha tarixiy o'yindagi hisobni mehmonlar ochishgan. Tojirov esa o'zining aldamchi harakatlari bilan muvozanatni tiklagan. Ikkinchi bo'limda Valeriy Lyubushin g'alaba to'pini kiritgan. 

Ikkinchi tarixiy gol. 1966 yilning 26 aprel kuni Toshkentda kuchli zilzila ro'y bergan. Aynan zilzila chog'ida "Paxtakor" jamoasi 50 000 muxlis ko'z o'ngida Minskning "Dinamo" klubini qabul qilayotgan bo'lgan. O'shanda uchrashuvdagi yagona golni bugungi qahramonimiz o'z hisobiga yozib qo'ygan edi. Uch himoyachi qurshovida turganiga qaramay, Volodya hammadan baland sakrab, boshi bilan darvozani ishg'ol qilgandi. 

Vladimir Tojirov 2011 yilning 17 aprel kuni Moskva shahridagi Tixoreck bulvardagi uyida vafot etgan. Uning Stanislav (1964 yilda tug'ilgan) ismli o'g'li va Dmitriy (1984 yilda tug'ilgan) ismli nevarasi bo'lgan.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика