So’nggi yangiliklar

16:12"Ал Насср" — "Ал Аҳли". Саудия Арабистони Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  1 15:32Суперлига. "Андижон" тарихда илк бор ўз майдонида 6 та гол ўтказди, рекорд эса МҲСКга тегишли  1 15:19"Манчестер Сити" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  7 15:17Ўзбекистон кубоги. "Динамо" — "Шўртан" ўйини 27 август куни ўтказилади  0 14:50Гвардиола "Тоттенхэм"га қарши қандай ўйнашни билмайди. Бугун "Ман Сити" "Тоттенхэм"ни меҳмон қилади   0 14:23Ўзбекистон терма жамоасининг "CAFA Nations Cup-2025" учун қайдномаси маълум  19 14:10Тожикистон "CAFA Nations Cup 2025" учун қайдномасини эълон қилди, унда Суперлигада ўйнайдиган футболчилар ҳам бор  2 13:458 та гол урилган "Андижон" — "Пахтакор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:19Руминия клубидан 94 очко олиб ташланди  10 12:58Қирғиз Республикаси бош мураббийи: "Ўзбекистон қандай даражада эканлигини ҳамма билади"  3 12:37Ўзбекистон ЖЧ-2026даги рақибларини қачон билиб олади? Сунъий интеллект Суперлигада ким чемпион бўлишини айтди – 22 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   1 12:17"Рома" Санчога қарор қабул қилиш учун икки кун вақт берди ва "Болонья"дан Домингес ёки бошқа вариантларга ўтишга тайёр  1 11:50"Бунёдкор" 7 йилдан буён "Қизилқум"ни меҳмонда юта олмаяпти   0 11:28Факт. "Пахтакор" тарихда биринчи марта Андижонда 6 та гол урди   8 10:47Романо Доннарумманинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0

Bugun "Manchester Yunayted" - "Liverpul". Derbi yaqin do'stlar! Yangiliklar

Bugun "Manchester Yunayted" - "Liverpul". Derbi yaqin do'stlar!

Bugun APLning 27-turi doirasidagi markaziy o'yin o'tkaziladi.

SHimoliy-G'arbiy derbi nomi bilan mashhur bo'lgan "Manchester Yunayted" - "Liverpul" uchrashuviga bo'lgan qiziqish hamisha yuqori. Zero bu derbining o'tmishi ajoyib.

MANCHESTER YUNAYTED» - «LIVERPUL»
«Old Trafford», Manchester.
Premer Liga, 27-tur.
Yakshanba, 24 fevral 2019 yil
Boshlanish vaqti: 14:05 (Manchester) - (19:05 Toshkent).

TARKIBLAR HOLATI

«Manchester Yunayted»

«Manchester Yunayted»dagilar Jessi Lingard va Antoni Marsyalning asosiy tarkibga qaytishiga umid qilishmoqda. Darvozaga David De Xea qaytadi. U o'tgan galgi bahsda o'z joyini Serxio Romeroga bo'shatib bergandi.

Diskvalifikaciya: Yo'q
Jarohatlanganlar: Roxo, Valensiya, Darmian.
So'roq ostida: Marsyal, Lingard.

«Liverpul»

Jamoaning asosiy tarkibiga Virjil Van Deyk qaytadi. U "Bavariya"ga qarshi o'yinni diskvalifikaciya sababli o'tkazib yuborgandi. "Qizillar"ning yana bir himoyachisi Deyan Lovren esa jarohati sababli o'yinda qatnashmaydi.

Diskvalifikaciya: Yo'q
Jarohatlanganlar: Oksleyd-CHemberlen, Gomes, Lovren.

«Manchester Yunayted»
So'nggi 5 o'yin (barcha turnirlarda): D-G'-G'-M-G'
4-o'rin, 51 ochko

"Manchester Yunayted" APLdagi so'nggi 9 o'yinining 8tasida g'alabaga erishib, bir marta durang qayd etdi. Bu ularning 2017 yildan buyon qayd etilgan eng uzoq mag'lubiyatsiz seriyadir.

Jamoa bu mavsumda o'z maydonida o'tkazilgan o'yinlarning faqatgina bittasida gol o'tkazmadi. Mankunianliklar ushbu natijasi orqali APL jamoalari orasida "Fulxem" bilan birga so'nggi o'rinda ketmoqda.

Agarda "Manchester Yunayted" yana gol o'tkazib yuboradigan bo'lsa, bu ularning 1972 yildan buyon qayd etgan eng yomon natijasi bo'lib qoladi.

Ole-Gunnar Sulsher APLdagi ilk 9 o'yinida 25 ochko jamg'ardi. Bu boradagi eng yaxshi natija Guus Xiddinkka tegishli edi. U "CHelsi"dagi ilk 10 o'yinida 25 ochko jamg'argandi.

«Liverpul»
So'nggi 5 o'yin (barcha turnirlarda): G'-D-D-G'-D
2-o'rin, 65 ochko


"Liverpul" bu mavsumda faqatgina bir marta mag'lub bo'ldi.

"Liverpul" bu mavsumda 12 safar o'yinida 1 martasidagina mag'lub bo'ldi.

Biroq jamoa APLning kuchli to'rtlik jamoalari maydonidagi so'nggi 7 o'yinda g'alaba qayd eta olmadi. Yurgen Klopp jamoasi bu mavsum barcha safar o'yinlarida gol kiritishni uddaladi. Bunday natijani "Tottenxem" va "Manchester Yunayted" ham takrorlay oldi.

"Liverpul" bu mavsum APLda atigi 8 gol o'tkazib yubordi.

Yurgen Klopp murabbiy sifatida "Old Trafford"dagi so'nggi 3 o'yinida 2 mag'lubiyat va 1 durang qayd etdi.

O'ZARO O'YINLAR

Jamoalar barcha turnirlarda o'zaro 201 o'yinda qatnashishgan. "Yunayted" 80, "Liverpul" esa 66 o'yinda g'alaba erishgan bo'lsa, 55 bahs durang bilan nihoyalangan.

APL doirasida esa jamoalar o'zaro 172 marta to'qnash kelishgan. Uning 68tasida mankunianliklar, 47tasida esa mersisaydliklar g'olib bo'lgan. 47 o'yinda g'olib aniqlanmagan.

"Yunayted" "Liverpul"ga qarshi o'tgan so'nggi 9 uy o'yinining 7tasida g'alaba qozongan bo'lsa, bir marta durang (2017 yil, yanvar, 1:1) va bir marta mag'lubiyat (2014 yil, mart, 0:3) qayd etgan.

HAKAMLAR BRIGADASI:
BOSH HAKAM:
Maykl Oliver(Notumberlend).
Bu mavsumda barcha turnirlarda 21 o'yinda qatnashdi va 65 sariq hamda 2 marta qizil kartochka ko'rsatdi.
QANOTLARDAGI HAKAMLAR: Styuart Bart, Saymon Bennett.
ZAXIRA HAKAMI: Andre Marriner.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика