So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Интер" қийин ўйинда Бергамода "Аталанта"ни минимал ҳисобда мағлуб этди ва жадвалда биринчи ўринга кўтарилиб олди  3 01:49Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди  8 23:30АПЛ. Грейнинг голи "Тоттенхэм"га Лондон дербисида ғалаба тақдим этди  0 23:12Дембеле Globe Soccer Awards томонидан йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди  5 22:11Дембеле, Ямал, Мбаппе, Хакими, Холанд, Педри, Доннарумма ва Кейн IFFHS’нинг 2025 йилги терма жамоасида  7 22:05А Серия. Хойлунднинг дубли "Наполи"га муҳим ўйинда ғалаба келтирди  2 21:3730 декабрь - ОЧЛ 2 қуръаси  1 20:45Артём Довбик Испанияга қайтиши мумкин  0 20:21Эрон Про лигаси. "Истиқлол" ўз уйида мағлубиятга учради, Машарипов қайдномадан ўрин олди  3 20:10БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Абдуллаев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  0 19:54"Бавария" икки муҳим ўйинчиси билан шартномани узайтиради  0 19:01Раҳим Стерлингга АПЛдан янги даъвогар пайдо бўлди  2 18:32А Серия. "Милан" ўз уйида "Верона"ни мағлуб этди  4 16:15"Ливерпуль” Родриго учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум бўлди  3 15:492025 йилнинг "энг яхши ёш футзалчиси" Абдулборий Илёсов: "Бу соврин мени янада кучлироқ қилади"  2

Bugun "Liverpul" - "CHelsi". 23-tur prevyusi Yangiliklar

Bugun "Liverpul" - "CHelsi". 23-tur prevyusi

Angliya liga Kubogi va mamlakat Kubogi bahslaridan so'ng nihoyat Premer-liga bahslari ham etib keldi.

"Arsenal" - "Uotford"

"Arsenal" dekabrdagi ikki ketma-ket mag'lubiyatdan so'ng boshqa xatoga yo'l qo'ymayapti, ular APLning so'nggi 5 uchrashuvida 13 ochko ishlab olishdi va raqiblarning xatosidan foydalanib 47 ochko bilan turnir jadvalining 2-o'rniga chiqib oldi. "To'pchilar"da jarohatlanganlar deyarli yo'q, demak, Venger jamoasi navbatdagi uchrashuvlarda ochko yo'qotmaydi va kamida o'z pog'onasini saqlab qoladi.

"Uotford"ning ishlari yurishmayapti, jamoa 10 dekabrdan beri chempionatda g'alaba qozona olmayapti va turdan-turga turnir jadvalida pastga tushib bormoqda. "Arilar" vaziyatni o'nglash uchun transfer oynasida faol ishlashmoqda. Ular Italiyadan Mauro Sarate, Mbaye Nyang va Tom Kleverlini xarid qilishdi.


"Arsenal" "Uotford"ga qarshi 8 ta bahsning 7 tasida g'alabaga erishgan va ayni damda yaxshi formada hamda o'z uyida o'ynaydi.


"Byornli" - "Lester Siti"

"Byornli" mavsumni yaxshi o'tkazmoqda, ular 22 ta uchrashuvda 26 ochko ishlashdi va bu ochkolarning 25 tasi uy uchrashuvlarida qo'lga kiritilgan. SHon Daych jamoasi uyda agressiv o'yin ko'rsatib, raqib maydonidagi har bir santimetr uchun kurash olib bormoqda. Bu bahsdan oldingi 4 ta uy uchrashuvida "Byornli" 12 ochko ishlagan, to'plar nisbati esa 9:3.

"Lester" o'tgan mavsumdagi fantastik o'yinidan so'ng bu chempionatda umidlarni puchga chiqarmoqda. "Tulkilar"ga yozgi ko'p millionli transferlar ham yordam bermadi. Jamoa qishki transfer oynasida 17,6 mln. evro evaziga Vilfrid Ndidini xarid qildi. "Lester" chempionatning so'nggi uch uchrashuvida g'alaba qozonmadi va hozir APL turnir jadvalining 15-pog'onasini band etib turibdi. Mehmondagi uchrashuvlar statistikasi juda yomon, 11 ta uchrashuvda 3 ta durang, 8 ta mag'lubiyat.


"Lester" 2010 yildan beri "Byornli"ga mag'lub bo'lmayapti, ammo ushbu bahsda seriyaga nuqta qo'yilishi kerak. Mezbonlar uyda juda yaxshi o'ynashmoqda, "tulkilar" esa mehmonda nima qilishni bilmayapti.


"Bornmut" - "Kristal Pelas"

"Bornmut" ham joriy mavsumda uy jamoasiga aylanib qolgan. 2017 yilda "olchalar" 4 ta uchrashuv o'tkazib, ularning birortasida g'alabaga erishishgani yo'q. Bu bahslarda 11 ta gol o'tkazib yuborildi. Ammo "Bornmut" uyda ochko ishlashdan to'xtamayapti.

"Kristal Pelas" hozir yaxshi holatda emas. So'nggi 8 uchrashuvda birorta ham g'alaba yo'q. Bunga sabab: Himoyadagi sut o'yin, mehmondagi ishonchsiz harakatlar, jarohatlar. Buning ustiga, murabbiy o'zgarishi ham "burgutlar"ga yordam bermayapti. "Kristal Pelas" "Bornmut" mehmoni bo'lishdan oldin Premer-ligada ketma-ket 4 ta mag'lubiyatga uchradi.


Jamoalar tarixda bor-yo'g'i 3 marta uchrashishgan va "Bornmut" hozirgacha bu o'yinlarda mag'lub bo'lmagan. Mehmonlarning hozirgi holatini hisobga olsak, "olchalar" ochko ishlab olishadi, bahs esa gollarga boy bo'ladi.


"Midlsbro" - "Vest Bromvich"

"Midlsbro" CHempionshipga qaytmoqchi emas va qishki transferlarda hujum chizig'ini kuchaytirish uchun 20 mln. funt ishlatishga ulgurdi. Hozircha sarflangan mablag'lar foyda keltirmayapti. Ular chempionatning so'nggi 5 uchrashuvida g'alaba qozona olishmadi. Ayni damda "Midlsbro" turnir jadvalida 16-o'rinni egallab turibdi.

"Vest Bromvich" joriy mavsumda Angliyaning eng barqaror jamoasi. Ular top-klublardan tashqari, boshqa jamoalar bilan teng o'yin ko'rsatib, ochko to'plashdan charchashmayapti. Klub yanvardagi transfer oynasida bir yildan ko'proq vaqt davomida maydonga tushmayotgan Saido Berainoni 13,5 mln. funt evaziga "Stok Siti"ga sotdi. "Xall Siti"dan esa 11,5 mln. funt evaziga yarim himoyachi Jeyk Livermor xard qilindi.


"Midlsbro" 2017 yilda biroz sustlashgandek, ammo Karanka jamoasi bu mavsum uyda yomon o'ynayotgani yo'q. "Vest Bromvich" esa mehmonda barqaror o'yin ko'rsatmayapti, shu sababli kamida mezbonlar bu bahsda mag'lub bo'lmaydi.


"Sanderlend" - "Tottenxem"

"Sanderlend" joriy mavsumda omadsizliklar girdobiga tushib qolgan. Avvaliga jamoa deyarli barcha raqiblariga mag'lub bo'ldi. Moyes 10-turga kelib "qora mushuklar"ning o'yinini o'nglay oldi, biroq hozir mezbonlarda jarohatlanganlar soni juda ko'p va ular ketma-ket 5 ta uchrashuvda ochko yo'qotib, ushbu bahslarda bor-yo'g'i 1 ochko ishlab topishdi.

"Tottenxem"da esa ishlar juda yaxshi. "SHporlar" gol urishdan to'xtashmayapti, himoyada yaxshi harakat qilishmoqda va 23-tur oldidan APL turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi. Pochettino shogirdlariga farqi yo'q, ular uy va mehmondagi uchrashuvlarda muntazam ochko olishmoqda. Ular mehmonda o'tgan so'nggi uch uchrashuvda 10 ta gol urishga muvaffaq bo'lishdi.


"Tottenxem" doimo "Sanderlend"dan kuchliroq bo'lgan. Hozir jamoalarni solishtirishga ham hojat yo'q, mehmonlar qiyinchiliksiz "qora mushuklar"ni taslim etadi.


"Suonsi" - "Sautgempton"

"Suonsi" o'tgan turda "Liverpul"ni mahmonda mag'lub etib, mavsumdagi eng yaxshi uchrashuvini o'tkazdi. Bu g'alaba uelsliklarga xavfli hududni tark etishga imkon berdi. CHempionat etakchilaridan birini taslim etgan "Suonsi"da muammolar kamaygani yo'q, himoyadagi o'yin juda sust.

"Sautgempton" chempionatda barqarorlik bilan ajralib turgani yo'q, o'tgan turda "Lester"ni 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan "avliyolar" 4 uchrashuvdan iborat mag'lubiyatli seriyaga chek qo'yishdi. Pyuel shogirdlari 27 ochko bilan turnir jadvalining makazida borishmoqda.


"Suonsi" ketma-ket ikkinchi o'yin hujumda muvaffaqiyatli o'ynashi qiyin, "oqqushlar"ning himoyada xato qilishiga esa shubha yo'q. Bu bahsda omad mehmonlarga kulib boqishi mumkin.


"Liverpul" - "CHelsi"

2017 yil kelishi bilan "Liverpul"ni almashtirib qo'yishgandek. Klopp shogirdlari sakkizta uchrashuvda bor-yo'g'i 1 ta g'alabaga erishishdi. CHempionat uchrashuvlarida esa ketma-ket 3 ta mag'lubiyat. Maydondagi engillik, tezkor hujumlar yo'qolib qolib o'rniga himoyadagi xatolar paydo bo'ldi.  "Liverpul" barcha mag'lubiyatlarni o'z maydonida qabul qilib oldi.

"CHelsi" yil boshida "Tottenxem"dan mag'lub bo'lmagandek ochko to'plashda davom etyapti va har bir o'yinda chempionlik uchun so'nggi bahsdek o'ynashmoqda. "Aristokratlar"ning ishonchli himoyachi, hujumdagi unumdorlik "CHelsi"ga etakchilik qilishda yordam beryapti.


"Liverpul" 2014 yildan beri "CHelsi"ga qarshi bahslarda mag'lub bo'lmayapti. Ushbu o'yin mezbonlar uchun chempionlik poygasiga qaytish uchun so'nggi imkoniyat.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика