Bugun "Legiya" "Visla Plock" bilan o'ynaydi. Yaxshiboev debyut qilishi mumkin
20 fev 2021 12:12
Yangiliklar


Bugun "Legiya" "Visla Plock" bilan o'ynaydi. Yaxshiboev debyut qilishi mumkin
Bugun Polsha chempionatining (Ekstraklasa) 18-turidan o'rin olgan o'yinlar bo'lib o'tadi.
Amaldagi mamlakat chempioni Varshavaning "Legiya" klubi Plockning "Visla" jamoasini qabul qiladi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.
Xabaringiz bor, "Legiya" safida o'zbekistonlik Jasur Yaxshiboev faoliyat olib bormoqda. Bugun hamyurtimiz yangi klubi safida debyut qilishi mumkin.
Ayni paytda "Legiya" 17ta o'yindan 33 ochko to'plab musobaqa jadvalining ikkinchi pog'onasida bormoqda. Birinchi o'rindagi "Pogon" klubi hisobida 18ta o'yindan keyin 35 ochko mavjud. "Vislav Plock" esa 22 ochko bilan 16ta klub orasida 9-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar